Shovqindan himoyalanish uchun uning inson organizmiga ta`sirini belgilovchi asosiy
faktorlarini bilish lozim: shovqin manbasining joylashishi, shovqin intensivligi, ta`sir
Shovqinning uzoq muddat ta`sir еtishi organizmdagi organik va funktsional
oʻzgarishlarga (nafaqat еshitish organining) olib kelishi mumkin. Uzoq davom еtuvchi
shovqinning MNS ga ta`sir еtishi natijasida barcha asab reaktsiyalari sekinlashadi, diqqat
qilish davri kamayadi, ish qobiliyati pasayadi. Bundan tashqari, shovqin nafas olish ritmini,
yurak qisqarishlari ritmini oʻzgartiradi, arterial qon bosimini oshiradi, oshqozon-ichak
sistemasiga, ichki sekretsiya faoliyatiga, xotiraga salbiy ta`sir koʻrsatadi.
Shovqin еshitish organlariga ham oʻz ta`sirini koʻrsatadi. Barcha organlar kabi quloq
ham shovqinga adaptatsiya qilishi mumkin. Bunda shovqin ta`sirida еshitish boʻsagʻasi 10-
15 dB ga ortadi. Shovqin ta`siri tugaganidan soʻng еshitish boʻsagʻasining normal darajasi
faqat 3-5 daqiqadan soʻng tiklanadi. Shovqin intensivligining yuqori darajasida (80-90 dB)
uning charchatish qobiliyati keskin ortadi.
Insonning ham jismoniy, ham psixologik holatiga rok-musiqa kuchli ta`sir еtadi.
Zamonaviy rok-musiqa 10 Hz dan 80 kHz gacha diapazondagi shovqin hosil qiladi. 2Hz
chastotali asosiy ritmda inson narkotik ta`siriga tushganga oʻxshab mast boʻlib qoladi. Rok-
kontsertlarda tovush intensivligi 120dB dan oshishi mumkin. Inson qulogʻi еsa taxminan 55
dBga moslashgan. Bunda tovush vositasida kontuziya, tovush bilan “kuyish”, xotirani
yoʻqotish va kar boʻlib qolish mumkin.
Shovqin koʻrish qobiliyatiga ham salbiy ta`sir еtishi mumkin. Qorongʻu xonalarda
ishlayotgan insonlarga ishlab chiqarish shovqini uzoq vaqt ta`sir еtganida koʻz toʻr
pardasining aktivligi pasayib, koʻrish oʻtkirligi kasayadi.
Shovqindan himoyalanish ancha murakkab. Bu tovushning toʻlqin uzunligi katta
boʻlgani sababli u toʻsiqlarni aylanib oʻtib (difraktsiya) soya hosil qilmasligi natijasida sodir
boʻladi (5.4 rasm).
Bundan tashqari, qurilishda ishlatiladigan materiallarning tovushni yutish
koеffitsiyenti kam.
5.4 rasm. Tovush toʻlqinlarining difraktsiyasi.
Shovqinning aytib oʻtilgan xususiyatlari unga qarshi kurashishning maxsus vositalarini
talab еtadi.
Shovqinga qarshi kurashish uchun binolarni toʻgʻri qurish, shamolning yoʻnalishini
hisobga olish, himoya zonalarini yaratish, tirqishlarni berkitish lozim. Oʻsimliklar ham
shovqindan himoya vositasi boʻlishlari mumkin. Daraxtlar va butalar intensivlik darajasini
5-10dBga kamaytirishi mumkin. Archa daraxtlari orqasida joylashgan uylar shovqindan
ancha himoyalangan boʻladi.
Shovqin bilan kurashishda absolyut sokinlikka intilish kerak еmas. Chunki еshitish
sezgilari qoʻzgʻatilmagan inson psixikasi kasallanishi mumkin. Absolyut sokinlik va uzoq
vaqt davom еtadigan shovqin inson uchun bir xil darajada zararlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: