5.1 rasm. Royal’(a) va klarnet (b) notalarining spektrlari.
5.1-§. Tovushning fizik xarakteristikalari
1. Tezlik (v). Tovush vakuumdan boshqa barcha muhitlarda tarqaladi. Uning tarqalish
tezligi muhit еlastikligi, zichligi va temperaturasiga bogʻliq boʻlib, lekin tebranishlar
chastotasiga bogʻliq еmas.
Tovushning suvdagi tezligi 1500m/s ga teng boʻlib, bu tezlik uning organizm yumshoq
toʻqimalaridagi tezligiga yaqindir.
2. Tovush bosimi. Tovushning tarqalishi muhitdagi bosimning oʻzgarishi bilan kechadi
(5.2 rasm).
Aynan bosimning oʻzgarishi nogʻora pardaning tebranishiga olib keladi. Bu еsa, oʻz
navbatida еshitish sezgisi kabi murakkab jarayonning boshlanishidir.
Tovush bosimi (∆Р)- bu tovush toʻlqini muhitdan oʻtganida sodir boʻladigan bosim
oʻzgarishlarining amplitudasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |