Bob. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik


muntazam yoki aksincha tarzda



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana31.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#522275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA

muntazam yoki aksincha tarzda 
yuz berishiga ko‘ra
davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin. 
Davriy inqirozlar
ma'lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. 
Oraliq inqirozlar
to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir 
fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom 
etadi. 
Nomuntazam inqirozlar
biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. 
Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga 
tushib qolishi mumkin. 
3. 
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra
inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga 
bo‘linadi. Tovarlarni 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
turli naf keltiradigan 
ne'matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon 
bo‘ladi. 
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi
davrida muvozanat buzilib, etishmovchilik 
natijasida tang ahvol kelib chiqadi. SHunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga 
tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham 
sabab bo‘ladi.
 
19.4. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish 
sabablari va salbiy oqibatlari 
 


406 
2008 yilda o‘zining ko‘lami va salbiy ta'sir oqibatlari jihatidan ancha jiddiy 
bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. Prezidentimiz «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 
va choralari» nomli asarlarida mazkur inqirozning mazmun-mohiyati hamda kelib 
chiqish sabablarini quyidagicha bayon etdilar: «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma 
SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. 
So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy 
tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga 
aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar 
indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib 
keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish 
va iqtisodiy o‘sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va 
boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»
1

Bundan ko‘rinadiki, dastlab AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan 
mazkur inqiroz etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish 
qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining 
jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi 
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSH bozorlari bunday likvidli ko‘chmas 
mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning 
ustiga investitsion banklarning AQSH ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy 
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining 
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi. 
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga 
to‘yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit 
siyosatini o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zaxira 
tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini 
ipotekaga nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha 
qarzdorlar to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat 
mahsulotlari va energiya resurslari narxlarining o‘sishi aholining kreditni qaytarish 
bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. 2000-2007 yillar 
mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki 
barobarga oshdi, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord darajada, 
ya'ni bir barreli 147 dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini 
qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi 
bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish 
holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning 
ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif 
ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. 
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar
vujudga kelgan moliyaviy inqirozning 
haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 4-б.


407 
ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya'ni «o‘z-o‘zini 
boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga 
va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham 
izohlamoqdalar.
SHu o‘rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – 
moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning 
keskin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan 
ma'lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga 
chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi 
o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning 
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga 
ham o‘z ta'sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, 
keyinchalik 
ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib keldi. 
Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valyuta 
tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy 
munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyotida 1976 
yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o‘tgach, pulning oltin 
mazmuni yo‘qolib, asosan AQSH dollari etakchi valyutaga aylangach, uning 
muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo‘lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv 
jarayonining jadallashuvi ta'sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat'iy valyutaga 
bo‘lgan talabning yanada kuchayishi AQSH tomonidan hech qanday tovar bilan 
ta'minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib 
yubordi. Ma'lumotlarga ko‘ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli 
to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 
baravar, agar pulning aylanish tezligini ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur 
bo‘lgan pul miqdoridan, ya'ni pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar 
ko‘payib ketganligini anglatadi.
SHu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan 
quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy 
sabablaridan hisoblanadi: 
-
noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini 
surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning 
odatga va kundalik holatga aylanishi;
-
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi 
mutanosiblikning keskin buzilishi;
-
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar 
berilishi; 
-
moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit 
xulosalari taqdim etilishi; 
-
moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy 
ko‘rsatkichlarga asoslanganligi; 
-
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarni vujudga kelishi 
va hokazo.


408 
Prezidentimiz o‘z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil 
va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi 
mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish 
natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta'kidlab o‘tdilar. YA'ni, 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish