Kondratev sikli
«uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu
nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shgan. Uning
tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini
qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya'ni
tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir
qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi.
I-sikl: 1787-1814 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar – pasaytiruvchi
to‘lqin.
II-sikl: 1844-1851 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar –
pasaytiruvchi to‘lqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks
ettirishi hisoblanadi.
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat
revolyusiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini –
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi
siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo
qilishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning
hamma sohalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining
o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyasiya to‘lqini yoki
turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e'tiborga olish
zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy
faolligiga turli darajada ta'sir ko‘rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq
muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari
ko‘proq zarar ko‘radilar.
402
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda investitsion
tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va shunga o‘xshash tovarlar
ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar
siklning inqiroz fazasida og‘ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning
yuksalish fazasida o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar
ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni
to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon'yunktura
sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy
mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan
ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya'ni siklning jonlanish va yuksalish
fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq eskirgunga qadar
almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o‘zining eskirgan
uskunalarini ta'mirlab, ularni ishga tushiradi. SHu sababli bu davrda ishlab
chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish
quvvatlari mavjud bo‘lgan ayrim korxonalar, hatto iste'mol qilingan asosiy
kapitalining o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste'molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta'sir
ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste'molchilar
oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday
sharoitda ham oila a'zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat
mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya'ni qisqa muddatda foydalanadigan iste'mol
tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid
qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar
ma'lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol
hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. SHu sababli talabning kamayishi birinchi
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta'sir ko‘rsatadi. Bunga teskari
bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi
o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining
pastligi bilan tavsiflanadi. SHu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura
olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish
darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi,
to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va
mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
403
Do'stlaringiz bilan baham: |