395
19-BOB. IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA
MAKROIQTISODIY BEQARORLIK
Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, ya'ni bozor iqtisodiyoti uchun xususiyatli
bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga
umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning
sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga
hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratiladi.
«Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon
moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan
chiqish yo‘llarini izlashdan iborat»
1
. SHunga ko‘ra, bob davomida hozirgi davrda
ro‘y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib
chiqish sabablari va ta'sir yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratiladi.
19.1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi
va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari
ta'sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-
vaqti bilan ob'ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta'siri ostida takror
ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo
bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon
bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda
iqtisodiyotning siklli
rivojlanishi
deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga
harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi
yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e'tibor qaratdilar. Bu
hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma'lum izchillik ham aniqlandi. Siklli
rivojlanishning ob'ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta'siri
nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan,
A.SHpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks,
J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta'kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni
yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar
V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va
L.S.Tarasevich umumiy tahriri
ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib
o‘tilgan
2
. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф
этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 4-б.
2
Қаралсин: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад.
В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 465-485-б.
396
qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl
Do'stlaringiz bilan baham: |