Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


 Расулов А. Тинч оқар дарё. // ЎзАС. 2003 йил, 9 июл



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

1
 Расулов А. Тинч оқар дарё. // ЎзАС. 2003 йил, 9 июл. 
2
«Миллий тикланиш» газетаси, 1998 йил, 19-май. 
 


bir qator hikoyalar dunyoga keldiki, ular Xurshid Do’stmuhammadning tabiri bilan 
aytganda bugungi «uyg’onish badiyatining» nodir namunalari sirasiga kiradi. 
«Har bir millat o’z uyg’onish davrini o’ziga xos yo’sinda boshdan kechirgan» 
deb yozadi taniqli badiyatshunos faylasuf A.Losev va uyg’onish badiyatining bosh 
alomatlaridan biri qadimgi qadriyatlarga tashnalikning kuchayishi ekanini 
ta’kidlaydi. Insoniyat tarixidagi eng ko’xna qadriyatlar tabiat qonunlariga 
uyg’unlashib ketishi bilan farqlanadi. Bu ulkan haqiqat N.Eshonqul hikoyalarida 
o’ziga xos tarzda o’z talqinini topdi. Ayniqsa, o’zbek xalqi tabiatidagi eng qadimiy 
va eng tabiiy tuyg’u kindik qoni to’kilgan ona zaminga muhabbat tuyg’usi 
hisoblanadi. N.Eshonquling «Ozod qushlar», «Maymun yetaklagan odam», 
«Tobut», «Xayol tuzog’i» kabi ko’plab hikoyalarida ozod vatanning ozod sohibi 
obrazlari turkumi yaratildi. 
Vatanparvarlik o’zbek adabiyoti uchun yangilik yoki favqulotda mavzu emas, 
lekin shuni aytish kerakki biz nazarda tutayotgan bugungi davr o’zbek 
hikoyachiligida ona Vatanga sadoqat tuyg’usi aql-idrok bilan anglangan, tahlildan 
o’tkazilgan intellektual salohiyat darajasiga ko’tarildi. «Chin Vatan» tushunchasi 
davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta idrok etildi, bu tushunchani har kim 
o’zicha kashf etmay turib kishini tom ma’nodagi insonlik martabasiga ham, 
vatanparvarlik salohiyatiga yetisha olmasligi ham ayon bo’ldi. Sanab o’tilgan 
N.Eshonqulning hikoyalarida psixologik tahlilning, o’z-o’zini taftish etishining – 
murosasiz ruhiy kolliziya kuchliligining bosh sabablaridan biri ham shunda edi. 
O’tmishni, Vatanni, jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlarni tahliliy idrok etish 
darajasiga ko’tarilishi uchun sermushohada tafakkur zarur. Adib hikoyalarining 
ikkinchi kashfiyoti ana shunda, ya’ni tafakkurli kishilar obrazini yaratishga 
urinishda ko’rinadi. Ayni paytda inson fojeasining tub ildizi fikrsizlikda ekani, 
o’zligini anglamagan banda na dunyoni, na davlatni anglamoqqa qodir ekani tesh 
tegmagan timsollar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, qahramon 
shuurini tahlil etishga kirishgan hikoyanavis zamondosh inson botinida ham 
yozuvchi «qadami» yetmagan xududlarning mavjudligini ko’ra olgani va uni zabt 
etishga chog’langanligi bilan e’tiborlidir. N.Eshonqul hikoyalarida dunyoni, 
insonni qayta nazardan o’tkazar ekan, shaxs ehtiyojlari va manfaatlarini birinchi 
o’ringa qo’yadi. Har qanday qadriyat shaxs manfaati nutqai nazaridan baholanadi. 
Bunday hollarda insonning, shaxsning eng nozik, eng bokira kechinmalari ham 
tarixiy hodisa ahamiyatiga teng ko’rinadi. Zero, dunyoni va insonni qayta tahlil 
etishga kirishgan lirik qahramon inson shuuri va qalbidagi eng xususiy xilqatlarga 
ham tap tortmay kirib boraveradi. Bu eng erka tuyg’u va istaklarni oshkora qilish 
joizmi? Yo nojoiz deb ikkilanmaydi, balki nima mavjud ekan, hammasini 
ko’rsatishga harakat qiladi. Ya’ni mavjudmi, bas, ular rad etilmaydi. Balki badiiy 
mushohada, mulohaza mavzuiga aylantiriladi. Bundan tashqari shuni e’tirof etish 
kerakki, Nazar Eshonqul hikoyalari tili o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda 
asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof 
etilmaydi. Aksincha, bu yumushni o’quvchining o’ziga qoldiradi, uni 
mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, asarda kimlar ulug’lanayotgani, 
qoralanayotgani ko’pincha bevosita emas, bavosita ifodalanadi. Majoziy, ko’chma 
ma’noli tasvirlar ta’rifu tavsiflarga tez-tez murojaat etilib, ularning ustuvorligi 


ta’minlanadi. Eng muhimi, tasvirlardagi majozlar ko’chma ma’noli vositalar 
qahramonlarning betakror ruhiy dunyosini yoritishga xizmat qiladi. Filologiya 
fanlari doktori, professor N.Xudoyberganov yozuvchining «Xayol tuzog’i» 
hikoyasi haqida fikr bildirar ekan, uning quyidagi jihatlariga urg’u berib o’tadi: 
«hikoyani sinchiklab o’qiganda, Voqif haqiqatparvar, cho’rtkesar, betga chopar 
qalamkash bo’lgani uchun ko’p joylarda qoqilib-surilib, nuqul pand yeb yurgani, 
nihoyat qalbi-yu ruhiningmas, balki faqatgina korin ehtiyojini qondirishdan boshqa 
iloji qolmagani tufayli o’zining emas, boshqalarning ixtiyoriga ko’ra amallab kun 
kechirganiga alohida urg’u berilganligini sezasiz. Uning xayol tuzog’iga tushib 
qolishi bamisoli aqldan ozganday yurish-turishlari, nihoyat qandaydir fojeaga duch 
kelib, bedarak yo’qolishi tasodifiy xol emas...»
1
. Agar hikoyaga e’tibor beradigan 
bo’lsangiz, bu jihatlar quyidagicha imo-ishoralar bilan o’quvchiga yetkazilgan: 
«Faqat ba’zi tanishlar bedarak ketishdan oldin Voqifning qandaydir bino, qon, 
bolta haqida gapirib yurganini g’ira-shira eslashdi va o’sha paytdayoq aqldan oza 
boshlagan edi, degan taxminni ro’kach qilishdi»
2
tarzida ko’rsatib o’tiladi. Asar 
o’quvining mushohadaga tortadi, sobiq tuzumning jirkanch ekanligi, 
odamkushlikni kasb qilib olganini oddiy uchta so’z – «bino», «qon», «bolta» kabi 
betakror timsollar orqali o’quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Asarda ana shu 
narsa ko’rinadiki, Voqif bu tuzumning, jamiyatning jirkanchligini ko’ra olganligi 
bois ham u bu hayotda qiynaladi, turli to’siqlarga duchor etiladi. Shu jihati bilan 
asar yozuvchi Toxir Malikning «Shaytanat» asaridagi shoir Asqar Qosim obrazini, 
uning takdirini eslatadi. 
Voqyea-hodisalarni, asar mohiyatini turli ramzlar, timsollar orqali ochib 
berish yozuvchidan yuksak mahorat, iste’dod va bilim talab qiladi. Shu jiHatdan 
N.Eshonqul hikoyalari yuksak cho’qqini zabt etgan, desak mubolag’a bo’lmaydi. 
Yozuvchining o’zi bu jihatga to’xtalar ekan, shunday deydi: «Miflar inson 
tafakkurining ilk badiiy mevalari. Olamni ramzlar, timsollar orqali tasavvur qilish 
bu ijodning boshlanishi edi. Inson tabiati tashqi olamni ramzlar orqali qabul 
qilishga moslashgan. Odam hissiyoti har qanday hodisaning o’zini emas, uning 
ramzini qabul qiladi. Miflar yaratilgan davrda shuuri-idrok birinchi o’rinda edi va 
ularning tili ham ramzlar tili bo’lib qoldi. Biroq insoniyat taraqqiyoti aqliy idrokni 
birinchi o’ringa olib chiqdi, shuuriy hissiy idrok ong osti hislariga aylandi. Freyd 
ijodkorlik – aynan aqliy idrokdan emas, dastlab hissiy, shuuriy idrokdan paydo 
bo’ladi, shoirlik xissiy idrokning ong yuziga qalqib chiqishidir, deb tushuntiradi. 
Shu ma’noda Freyd ham Yung, Xaydegan, Fromm ham inson «men»i miflar 
yaratilgan davrdagi «men»dan farq qilmaydi, deyishadi». 
Bugungi nasrdagi yangi jarayonlar, ma’naviy, shakliy-uslubiy izlanishlar 
ko’proq N.Eshonqul hikoyalarida o’ziga xos tarzda aks etmoqdaki, u yozuvchi 
ta’kidlaganidek, o’tmish ajdodlarimiz yaratgan qadimiy adabiyotdan kuch 
olayotgan bo’lsa, ajab emas. Bu yozuvchining ilk hikoyasi «Maymun yetaklagan 
odam»dayoq o’z ifodasini topgan edi. Mazkur asar zamondosh, asrdosh obrazini 
yaratish yo’lidagi yetmish yillik tajribalarning muayyan intixosi va ayni zamonda 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish