Qissa qahramonlarining nomlari ularning laqablari bilan aytiladi. Qissadagi
Akaning ismi biror o’rinda tilga olinmaydi. Asarda Amaki, Nazoratchi, Go’rkov
kabi qahramonlar ham bor-ki, ularning timsolida kitobxon yaqin o’tmish
kishilarining qiyofasini ko’radi. Toshmurod alam achchig’ida hamda bemehrligi
tufayli Amakining buzog’ini o’g’irlab qamaladi. qishloq odamlarining bu voqeaga
o’ziga xos munosabati orqali ularning ichki dunyosi eks ettirilgan:
“Qo’ni-qo’shnilardan hech qaysisi o’g’rilardan negadir nafratlanishmas,
qaytaga ularga ichlari achishib, oh-voh qilishar, ezilishar, go’yoki o’g’irlanganlar
emas, o’g’irlatganlar aybdordek: go’yoki pashshadek narsani fildek qilib
melisagacha ko’tarib borgan amakidan yozg’irishardi; chunki, amaki da’vosidan
voz kechsa ham, melisalar voz kechmasligi oldida bir jondor xuni hech narsa
emasligini aytishardi. Hyech birining gunohi yo’q, deyishardi; hamma gunoh
ularni o’g’irlikka majbur qilganlarda, deyishardi-yu, bu majbur qilganlar kim ekan,
degan savolga jo’yali javob aytisholmasdi; hammasiniyam nazarida, u katta kuch
ko’zga ko’rinmas, u qandaydir uzoqda, juda uzoqda bo’lib tuyular, u hammani
ko’rib-bilib, hol-ahvolidan xabardor bo’lishi kerak holda hech kimni
ko’rmayotganligi, hech kimning hol-ahvolidan xabar olmayotganligi odamlarni
ajablantirardi, xolos”.
Bu keltirilgan parchadan soddadil qishloq odamlarining ruhiyatini his qilish
mumkin.
Qissada Nazoratchi obrazi g’oyat chuqur badiiy tahlil etilgan, chunki u
sho’rodan qolgan odamlarning tipik vakili, manqurtga aylanayotgan notavon
kimsa:
“Mels nazoratchining ismi edi. O’z nomini eshitib u g’alati bo’lib ketdi. Bu
nomni u o’ziga yigirma yoshida, askarlikda ekanligida tanlagan edi. Keyin
qulog’iga azon aytib qo’yilgan ismini ana shu nom bilan alishtirib olmoqchi
bo’lganini komandirlariga aytganida, ular bu shovvoz askarning topqirligiga;
zamon bilan billa-billa nafas ola bilishiga qoyil qolishib, uni muborakbod
etishgandi. Uni ana shu nom bilan atashib, shu nom bilan yangi hujjat olib
berishgandi. Hujjatni polk komandirining shaxsan o’zi topshirgan, polkning barcha
zobit askarlari oldida uni tabriklab, quchoqlab o’pgandi. Odamda sobit e’tiqod
bo’lsa, yigirma yoshida ham ismini o’zgartira oladi, degandi. Keyin polk orkestri
jo’rligida batalonlar, rotalar, vzvodlar shaxdam qadamlar bilan «Shiroka strana
moya rodnaya...» degan qo’shiqni aytib o’tishgan, nazoratchining qalbi quvonchga,
ko’zi yoshlarga to’lib polk komandirining qabatida turgandi”
1
.
Bundan ko’rinadiki, Nazoratchining ongida sho’ro davrining zo’ravonlik,
o’zgalarni mute qilish g’oyasi chuqur ildiz otgan. U ushbu ong bilan yashab
kelayapti. Qamoqxona boshlig’i ham sho’ro davrining mustabid siyosatini zo’rlik
bilan o’zgalarga singdirayotgan kimsa. U Toshmurod nazoratchining o’g’li
ekanligini biladi, ammo unga zarracha achinmaydi, xatti-harakatlari bilan tosh
qalbini oshkor etib qo’yadi:
“Ikkinchidan, - davom etdi boshliq hamon bosh barmog’ini bukib turarkan,
- konvoyning aytganlaridan chiqilmasin, uning nazoratisiz hech qayerga
Do'stlaringiz bilan baham: