Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


-MAVZU: KIYINGI YILLARDA TARIXIY ROMANCHILIK TARAQQIYOTI



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

6-MAVZU: KIYINGI YILLARDA TARIXIY ROMANCHILIK TARAQQIYOTI.


REJA: 
1.Istiqlol davri tarixiy romanlari rivoji. 
2.Tarixiy romanlar va ularning xususiyatlari. 
3.Tarixiy romanda tarixiy shaxs obrazi va badiiyati.
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechirdi.Jamiyat hayotida ro'y 
berayotgan voqealar tezobligi,zidiyatlari,kqlami bilan romannavislarni biroz shoshirib qo'ydi. 
Aslida roman qperativ, hozirjavob janr emas. U voqealarning tinishi,saragi sarakka, puchagi 
puchakkaajralishini kutadi, voqelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab qiladi. Shu boisdan 
istiqlol davrining ilk bosqichida romanjanri o'z qrnini adabiyotning hozirjavob ,chopqir janrlari 
bo'lgan she'riyat va publitsistiga bqshatib berdi.o'zi esa ro'y berayotgan voqea-hodisalarni 
jiddiy kuzata va tinishini kuta boshladi. Romanga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun jahon 
adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima qilinib, targ'ib etila boshlandi. B.Pasternakning
"Doktor jivago", A.Ribakovning "Arbati bolalari", N.Dumbadzening "Abadiyat qonuni", 
Ch.Aytmatovning "Asrga tatigulik kun", "qiyomat", M.Bulgakovning "Usta va Margarita", 
Markesning "Yuz yil tanholikda" kabi o'z vaqtida nashr etilmagan romanlar shular 
jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida jiddiy yangilanish belgilari ko'zga 
tashlana boshlandi. Isteododli yozuvchi q. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar". M. M. 
Dqstning "Lolazor", O. Yoqubovning "Adolat manzili" romanlari adabiyotimizda yangi sahifa 
ochdi. Bu romanlar haqida maolumot beraman. Shundan sqng ,birin-ketin E. Samandarovning 
"Daryosini yo'qotgan qirg'oq", "Tangri qudug'i", U. Nazarovning "Chayon yili", M. 
Mansurovning "Mangu jang", "Gunohi azim", O. Muxtorning "Egilgan bosh", "Ming bir 
qiyofa", "Ko'zgu oldidagi odam", T.Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanlari dunyoga 
keldi va katta eotibor qozondi.
Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o'zgardi. Endi adiblardan tariximizni ro'y-rost, 
bezak va qora bqyoqlarsiz tasvirlash talab qilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis adiblarning 
4-avlodi "labbay" deb javob berdi. Ular o'z oldida tarixiy mavzuda ko'plab talantli asarlar 
yaratish vazifasi turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab yetdilar va 
ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalqimiz uzoq tarixda kqrsatgan jasoratlari, 
qahramonligi to'g'risida hali yetarli so'zlab berilgani yo'q. Zero, adib I.Rahim kuyinib 
yozganidek, "Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida, qtib ketgan qahramonlarimiz ruhi 
oldida va hozir ham ibrat bo'lib yashayotgan qsha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor bo'lib 
kelmoqda. Bu qarzni uzishni ham Vatanni himoya qilishdek jangovr burchi miz deb" 
bilishimiz lozim. 
Biz tariximizni sevamiz, hurmat qilamiz, usiz yashash qiyin. Chunki R.Hamzatov 
aytganidek, qtmish xalqimizning shahodatnomasidir. Maolumki,
tariximizning sahifalari qonli fojialar va dahshatli dramalarga ham boydir. Biz albatta, ana shu 
fojia va dramatik holatlarni ham, ularni yenggan, omon chiqqan, o'zining ulug'vor va oliyjanob 
ruhini asrab qololgan, har doim adolat, haqiqat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan, ularning bir 
kun emas, bir kuni albatta barqaror bo'lishiga qattiq ishongan ajdodlarimizning nurli yqlini, 
optimizmini, barkamol, sog'lom irodasini ham kqrishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy 
asarlarni mutolaa qilganda ulardagi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning markazida turgan yengilmas 
ajdodlarimiz qudrati va irodasini qidiramiz. Chunki tarix g'ildiragini xalq harakatlantiradi. 
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz, dastavval A.qodiriyni, Oybekni esga 
olamiz. Har ikki tarixiy romannavis o' adabiyotida o'ziga xos yqnalishni boshlab berganlar. 
Agar A.qodiriyning "qtgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari markazida asosan 
tarixiy voqealar tursa, Oybekning "Navoiy" romanida tarixiy shaxs birinchi qringa chiqdi. 
Tarixnavis adaiblarning 3-tqlqini har ikki ustoz sanoatkorlarning anoanalarini uyg'unlashtirib 
tasvirlashdi va natijada tarixiy roman 70 yillarda yuqori bosqichga kqtarildi. Bu parvozda 
O.Yoqubov, P.qodirov, Mirmuhsin, M.qoriyev kabilarning xizmati katta bo'ldi.
Tarixga murojaat qilishning o'ziga xos murakkag' tomonlari bor. Aval yozuvchi qalamga 
olinayotgan davrni chuqur qrganishi, tarixiy haqiqatga tqla amal qilishi, ayni paytda tarixiy 


shaxslar hamda voqealarning zamonaviy ruhini aniqlab olishi va haqqoniy tasvirlashi lozim. 
Tarixiy materiallar ipi zamon bilan uzviy bog'lanmas ekan, binobarin, u o'z ruhi, g'oyasi bilan 
bugungi kunimizga xizmat qilmas ekan, bunday tarixiy asar o'z vazifasini uddalay olmagan 
bo'la di. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-tqlqini 
mamlakatimiz tarixining shu paytgacha qorong'i bo'lib kelgan tomonlarini yoritishga 
kirishdilar. Bular orasida M.Alining "Sarbadorlar", B.Ahmedovning "Amir Temur" nomli 
xronologik, M.Karimning "Mohlaroyim", M.qoriyevning "Ibn Sino", X.Begmatning 
"Mehrig'onim qaydasan?", A.Dilmurodning "Maxmud Torobiy" singari romanlari eotiborga 
loyiqdir. Zero, tarixda ham, adabiyotda ham unutilganlar, oq dog'lar qolmasligi uchun harakat 
boshlandi. Bir paytlar yakkahokim kompartiya "qtmishni ideallashtirish, noinsofiy va notarixiy 
yondashishga, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitoblar 
sahifalarida shu vaqtga qadar ko'zga tashlanib turishiga" chek qo'ygan edi. Tarixiy voqealar va 
shaxslarning paydo bo'lishi "ayrim yozuvchilarning mulohazasizligi, tarix haqiqatiga zid ish 
tutishi" deb bahalanardi. 
Shukurki, istiqlol bunday cheklashlarga barham berdi. Dastlab buyuk bobokalonlarimizni 
g'ubordan tozalash, tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda ulutlarimizni 
ulug'lashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta tantanalar bilan nishonlashga alohida eotibor 
berildi. Har yili biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi, faoliyati yil 
davomida chuqur qrganila boshladi. Amir Temur yili, Yassaviy yili, Ulug'bek, Bahovuddin 
Naqshband, "Alpomish" dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular jumlasidandir. Amir 
Temur hayoti va faoliyati to'g'risida tarixchi olim, akademik B.Ahmedovning "Amir Temur" 
nomli tarixiy-xronologik romanining dunyoga kelishi katta voqea bo'ldi. Unda muallif buyuk 
tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning boshqarishining tirik guvohi bo'lgan Sharafiddin 
Ali Yazdining "Zafarnoma" asari asosida voqea-xodisalarga yondashadi. Amir Temur va 
sarbadorlar munosabiti to'g'risida M.Alining "Sarbadorlar" delogiya romani yaratildi. Unda 
sohibqiron Amir Temurning Turkiston tuprog'ida birinchi bo'lib mo'g'ullarga qaqshatqich zarba 
bergan sarbadorlarga xayrixohligi haqqoniy tasvirlangan. Xullas, mustaqillik tariximizga 
noxolis yondashish, uni bqyab, bezab kqrsatish tamoyillariga barham berdi. 
Bu davrda ko'proq zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi. Bu romanlar orasida ayniqsa, 
T.Murodning "Otamdan qolgan dalalar", O.Muxtorning
"Egilgan bosh", "Ming bir qiyofa", "Ko'zgu oldidagi odam", "Ffu", "Tepalikdagi xaroba", 
"Ayollar mamlakati va saltanati" kabi romanlari mashhur bo'ldi.
Omon Muxtor hozirgi adabiy jaryon - istiqlol davri adabiyotining eng sermahsul adibi 
sifatida shuhrat qozondi. U qisqa muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jihatidan 
adibga shuhrat keltiribgina qolmadi, ayni paytda bu romanlarning shakli va mazmunidagi talay 
yangiliklar adabiy jamoatchilik eotiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga qayralib 
borayotganligi bilangina emas, balki har bir romanining shaklining o'ziga xosligi, nutqiy 
ko'rinishlarining rang-barangligi, syujet va kompozitsiyasining betakrorligi, qahramonlarining 
yangiligi, orginalligi, fikrlashi va duyoqarashining o'ziga xosligi, xulosalarining muhimligi 
bilan ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni - shartlilik asosiga 
qurilgani, bayon manerasining yangiligi, voqealarning hayotiyligi, ayni paytda hayotda ro'y 
berishi mumkin bo'lmagan uydirmalar bilan chatishib ketishi, syujetning shiddatli davom 
etishi, kutilmagan almashinuvlar zanjirining o'zaro bog'liqligi bilan qimmatlidir. 
TAYaNCh IBORALAR: 
1. Roman tabiati. 
2. Romanning yangilanish jarayoni. 
3. Tarixiy roman va zamon. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Bugungi nasrimizdagi izlanishlar qanday ro'y beryapti? 


 2. Epik tur janrlarini sanab bering? 
3. Roman janrining o'ziga xosligi nimada ko'rinadi? 
4. Roman janrining rivojlanish yqlini izohlang. 
5. Hozirgi adabiy jarayonda roman janrining qrni qanday darajadi? 
6. Romanning tarixga munosabati haqida nima deya olasiz? 
7. XX asrda tarixnavis adiblarning necha avlodi shakllandi? 
8. Istiqlol davrida tarixga munosabat va tarixiy romanlar haqida nima deya olasiz? 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish