Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari



Download 276,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana06.07.2022
Hajmi276,11 Kb.
#747750
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Latifjonov Shoyadbek - Xiva xonligining Rossiya imperiyaasi bilan aloqlari




 
 
 
REJA 
KIRISH………………………………………………………………………2-3 
I - BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy 
diplomatik munosabatlari 
1.
XVI - XVII asrlarda Xiva xonligi va Rossiya munosabatlar………………4-12 
2.
XVIII asrda Xiva xonligining Rossiya bilan diplomatik munosabatlar……13-20 
II-BOB. Xiva xonligining Rossiya tamonidan zabt etilishi va uning oqibatlari 
2.1
XIX asr davomida Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida munosabatlarning 
keskinlashuvi…..…………………………………………………………21-24 
2.2
Xiva 
xonligi 
va 
Rossiya 
aloqalarining 
manbashunosligi 
va 
tarixshunosligi…………………………………………………………….25-28 
Xulosa………………………………………………………………………...29-30 
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………31 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Xiva xonligi va Rossiya podsholigining aloqalari 
qadim davrlarga borib taqaladi. Xonlik tashkil topmasdan oldin ya’ni faqatgina 
Xorazm davlati davrida ham aloqalar olib borishgan. Hozirgi kunda xonliklar 
tugatilib, umumiy bir yakdil davlat Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibiga 
kiribdiki, aloqalar Rossiya federattsyasi bilan ko’p tamonlama olib borilmoqda. 
Shunga asoslanib magistrlik dissertatsiya mavzusi tanlab olindi. Mustaqil 
O’zbekiston va Rossiya Federattsiysi o’rtasidagi aloqalar hozirgi kunda ham 
davlatimiz uchun muhimligi va azaldan ikki davlat o’rtasidagi aloqalar turli 
davrlarda turli xil ko’ronishlarda davom etganligi bu mavzuning dolzarbligini 
tashkil qilai. Sababi shuki, ikki davlat o’rtasidagi dastlabki aloqalarini bilmay turib, 
ko’r-ko’rona aloqalar qilib bo’lmaydi. Ko’r-ko’rona aloqalar davlatimiz 
havfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ma’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida Xiva xonligi vujudga kelgan. 
Mazkur tadqiqotda XVI-XX asr boshigacha Xiva xonligining Rossiya bilan 
diplomatik aloqalari masalasi o’rin olgan. Rossiya imperiyasining Turkistonni 
dastlab josuslik yo'li bilan uzoq yillar o'rganib chiqishi, so'ngra o'ta jirkanch 
usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat, mustamlakachilik sirtmog'ining o'lka 
bo'yniga solinishi kabi tarix haqiqati O rta Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi. 
Chunki xalqimiz undan xabardor bo'lganda, o'z-o'zidan Sho'ro imperiyasining 
mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan bo'laradi.
«O’rta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi ibora, 
ya'ni «qo'shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga zid 
ish qilib, «o'lka qo'shib olingan» iborasini qo'llab, uni ko'r-ko'rona soxtalashtirdilar. 
Natijada bu g'oyani rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Shu davr mobaynida keng 
hajmli, ammo zamini bo'sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar uzluksiz chiqib turdi. 
Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib, milliy ong, mustaqillik 
kO’rtak yoza boshlagandan keyingina to'xtadi. Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, 
olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi 
podshohlik Rossiyasi o'rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy 
o'lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma'naviyatini oyoq osti qilishning 
takomillashgan shakli ekanligini teran faxmlar edi. Sobiq sho'ro saltanati yillarida 
eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo'lgan tariximiz 
soxtalashtirildi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: «O'zbekistonning, o'zbek 
xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-
yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O'zgalar yozib 
bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan 
xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g'ayratlarini 
Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. 



Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo 
bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir»,- deb juda o'rinli o'qtirgan edilar. XIX 
asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi hukmronligi 
davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. 
Mahalliy aholini xo'rlash va qatag'on etish oktyabr to'ntarishi tufayli hokimiyatga 
kelgan sho'ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog'onalarga ko'tarildi. 
Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-
odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko'rdi.

Download 276,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish