Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari



Download 276,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana06.07.2022
Hajmi276,11 Kb.
#747750
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Latifjonov Shoyadbek - Xiva xonligining Rossiya imperiyaasi bilan aloqlari

2.2
 
Xiva xonligi va Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi 
XVI-XIX asrlar Xiva xonligi siyosiy tarixi va savdo aloqalarining yozma 
manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi eng avvalo chet el manbalaridan 
boshlanishini ta’kidlashimiz lozim. Jumladan, Xiva xonligida 1558-1559- yillarda 
bo’lgan Angliyaning “Moskva” savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinsonning 
ma’lumotlari Xiva xonligining shu davrlardagi iqtisodiy aloqalarini aks ettirsa, 
ikkinchi tarafdan xonlikning tashqi savdo aloqalarining ko’lamini aks ettiradi. 
Tadqiqotning keyingi manbalaridan Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi 
tarokima” va “Shajarayi turk”idir. “Shajarayi tarokima” asarning tanqidiy matni, 
ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958-yili 32 A.N.Kononov (1906 
- 1986) tarafidan Sankt-Peterburgda chop etilgan
1
.
Mazkur asardan dunyo xazinalarida bizga ma’lum yettita nusxasi mavjud. 
Ulardan ikkitasi Rossiyada va qolgan beshta nusxasi Toshkentdagi Aburayhon 
Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida saqlanadi. Abulg’ozixonning ikkinchi 
asari “SHajarayi turk” nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-
1664-yillarda yozilgan. Unda Xorazmning XVI - XVII asrning birinchi yarmidagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etiladi. Har ikkala asar ishning maxsus paragraflarida 
keng tahlil qilinadi. “Firdavs al-iqbol” nomli asar muallifi bo’lgan Munis Xorazmiy 
Abulg’ozi Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik asosda yozgan yirik 
muarrix hisoblanadi. Uning qo’lyozmalari voqea va hodisalar bayoniga xolisona 
yoshdoshganligi va yoritilayotgan voqealarning haqqoniyligiga erishganligi bilan 
ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva xonlari shajarasini 1812-yilgacha 
yoritgan. Muarrixning 1829-yilda vafot qilishi natijasida to’xtab qolgan ishlarni 
jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan. Ogahiy “Firdavs al-iqbol”ning 
ikkinchi qismini yakunlagandan keyin “Riyoz ud-davla” (“Baxt-saodat bog’lari”), 
“Zubdat at-tavorix” (“Tarixlar qaymog’i”), “Jomi’ al-voqeoti sultoniy” (“Sulton 
voqealari yig’indisi”), “Gulshani davlat” (“Davlat gulshani”), “SHohid ul-iqbol” 
(“Iqbol shohidi”) kabi tarixiy asarlar yozgan. Ularda 1813-1872-yillar oralig’idagi 
xonlik hayoti, yirik siyosiy arboblar to’g’risidagi ma’lumotlar xronologik tarzda 
mohirona joylashtirilgan. “Munis va Ogahiyning asarlari adabiy hamda tarixiy asar 
sifatida biroz nuqsonlari bo’lsada deb yozgandi V.V.Barto’ld,-bu asarlar 
bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro va 
Qo’qon xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan hamma 
asarlardan ustun turadi”.
Xiva xonligi tarixini to’laqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida, 
shubhasiz, Muhammad Yusuf Abdulkarimbek o’g’li Bayoniy yuqori o’rinlardan 
birini egallaydi. 1911 -yilda Xiva xoni Asfandiyorxon amaldor Avazberdi eshon 
o’g’li Tolib xo’ja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros 
1
Maxmud ibn Vali. More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (geografiya). Vvedeniye, perevod, primechaniya, 
ukazateli B.A.Axmedova. T.: 1977. 


26 
qolgan ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan tilda 
yozishni buyuradi. Natijada 1914-yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar yaratiladi. 
Unda bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr boshlarigacha bo’lgan 
davrda Xorazm zaminida ro’y bergan voqealar aks ettiriladi. Keyinchalik muallif 
o’z izlanishlarini davom qildirgan bo’lsa-da, ammo 1923-yildagi vafoti oqibatida, 
mo’ljallagan rejalari amalga oshmasdan qolgan. Bayoniyning 508 varaqdan iborat 
“SHajarayi Xorazmshohiy” asari qo’lyozmasini o’rgangan M.Yo’ldoshev shunday 
deb yozgandi: “Bu asar bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning 
ko’pligi jihatidan Munis va Ogahiyning ko’p tomlik qo’lyozmalaridan ko’p marta 
ustun turadi”.
“Xonlar tarixi”, “Sayyid Muhammadxon tarixi”, “O’rta Osiyo”, “Xivada 
osori-atiqalar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi”, “Xiva shahri va uning atrofining 
ma’muriy bo’linishi”, “Tarix bo’yicha Risola” (Jumaniyoz Xoji Xorazmiy al-
Xivaqiy ibn Boboniyoz qalamiga mansubdir); “Xiva xonligi bo’yicha tarixiy 
ma’lumot”, “Xorazmni o’rganishga oid hujjatlar” (Matkarim Otajonov tomonidan 
yozilgan); “Xorazm tarixi”, “Xorazm xonligi haqida tarixiy hujjatlar”, “Xorazmni 
boshqargan xonlarning avlodlari, kelib chiqishi, shajarasi, mol-mulki, o’zbek 
podsholarining yurish-turishlari va urf-odatlari”, “Xorazmdagi quldorchilik 
voqealariga oid”, “Asfandiyorxon hukmronlik qilgan davrlarda bo’lib o’tgan ba’zi 
bir voqealar haqida” (muallifi Bobojon Safarov), “Saodat gulshani” asarlarining 
mavzu bo’yicha materiallari tadqiqot doirasiga kiritildi. Yuqorida tilga olingan 
xorazmlik solnomachilari va muarrixlari asarlarida Xiva davlati tarixiga doir 
quyidagi ma’lumotlar mavjud: - Xiva xonligining siyosiy hayotini yorituvchi 
ma’lumotlar; qo’shni davlatlar siyosiy tarixini yorituvchi, aniqlik kirituvchi faktlar; 
yerga egalik munosabatlari; sug’orish ishlari; soliq masalalari; xonlikdagi ma’muriy 
boshqaruv, unvon va mansablar; xonlikning elchilik (diplomatik) munosabatlari; 
savdo aloqalari; xonlikning etnik tarkibi, etnik va etnomadaniy jarayonlari, jug’rofiy 
ma’lumotlar, obodonchilik masalalari, madaniy hayotga doir ma’lumotlar. Ishda 
xorazmlik tarixchilarining xonlikda bo’lib o’tgan siyosiy jarayonlarni yorituvchi 
ma’lumotlar, Xivaning qoraqalpoqlar va qo’shni davlatlar bilan olib borilgan 
aloqalariga ham ahamiyat berildi. Bu asarlarda Xorazmdagi siyosiy, ijtimoiy va 
xo’jalik hayoti, madaniyati tilga olingan.
Endi mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar va mavjud adabiyotlarni tahlil 
qiladigan bo’lsak, ularni quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish maqsadga 
muvofiqdir: 1. XX asrning 20 yillarigacha yaratilgan tadqiqotlar va adabiyotlar. 2. 
Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar. 3. Mustaqillik davrida olib borilgan va 
davom ettirilayotgan izlanishlar, tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlar. 4. Xorijda 
amalga oshirilgan tadqiqotlar. Birinchi guruhga oid yaratilgan asarlar XIX asr - XX 
asrning boshlarida O’rta Osiyoga, jumladan Xiva xonligiga turli yillarda kelgan 
sayyohlar, olimlar, harbiylar va boshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, 
mamlakatning o’sha davr tarixi, xo’jaligi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini 


27 
o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bular qatorida N.Murav’yov, 
M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Veselovskiy, G.Danilevskiy, 
D.Gladishev, X.Vamberi, V.Vel’yaminov, Zernov, A.Kaul’bars, A.SHile, 
Ye.Jelyabujskiy, A.Samoylovich, Grishfel’d kabi olim va sayyohlarning esdalik va 
asarlarini tilga olish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida 
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi madaniy muhitning asosi bo’lgan 
kitobat va kutubxona ishiga ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlarning ta’siri 
bo’lganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Rus sharqshunosligida Xiva xonligining 
siyosiy tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va 
boshqa masalalar xolisona o’rganilmadi
1
.
Rus sharqshunoslari asarlarida bu masala bo’yicha bayon etilgan fikrlariga 
e’tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilevskiy, N.Murav’yov, A.Sobolev, 
N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta’sirida bo’lib, o’zining 
mustaqil fikri yo’q, ertadan kechgacha aysh-ishrat bilan shug’ullangan shaxs sifatida 
kursatilgan, xonlikda ma’muriy bo’linish bo’lmagan, saroyda hech qanday kengash 
faoliyat ko’rsatmagan, xonlikda harbiy-feodal tuzum qaror topgan, degan salbiy 
fikrlarni bayon qilganlar. Xiva tarixchilari Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarida 
hamda Xiva xonlari arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar Xiva xoni Muhammad 
Rahimxon I (1806-1825) davridayoq davlat boshqaruvining ma’muriy-hududiy, 
moliyaviy, harbiy va diniy-ma’rifiy negizlari yaratilganligini, bu esa o’z navbatida, 
Xorazmda davlatchilik rivojida muhim bosqich bo’lganini tasdiqlaydi. L.Kostenko, 
A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, Grishfel’d kabi mualliflarning asarlari XIX 
asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligi aholisi, etnik tarkibi, asosiy mashg’ulotlari, 
xonlikda yashagan xalqlar va ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumotlar 
bilan qimmatlidir. SHu o’rinda A.Kun va A.Samoylovichlarning asarlari va 
esdaliklari mavzuni yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi guruhga kirgan asarlar orasida V.Bartold, B.Lunin, P.Ivanov, 
Ya.G’ulomov, A.Boltaev, M.Yo’ldoshev, A.Muhammadjonov va T.Ne’matov, 
Q.Munirov, H.Ziyoev,T.To’xtametov, Q.Raxmonov, N.Komilov 48 va 
boshqalarning ishlarini tilga olish mumkin . Bu adabiyotlar mavzuni yoritishda tahlil 
qilinib, kerakli xulosalar chiqarishda yordam berdi. Uchinchi guruh tadqiqotlarini 
mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar tashkil qiladi. SHular orasida Xiva xonligi 
tarixi bilan bog’liq SH.Vohidov, A.Erkinov, M.Rahmonqulova, H.Aminov, 
D.Nozilov, A.Mirzarahimovlarning maqolalarini ham qayd qilish lozim.
Tadqiqot ishining tegishli bo’limlarida ushbu tadqiqotlardan ham foydalanib, 
xulosalar berildi. Xiva xonligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni Xorazm 
tarixchilarining asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, A. Abdurasulov, 
K.Nurjonov, 
K.Xudoyberganov, 
D.Rahim 
va 
SH.Matrasul, 
N.Qobulov, 
N.Polvonov, P.Yusupovlar bilan birga kutubxona tarixi to’g’risida, A.Kormilitsin, 
1
Xorazm tarixi. 2 jild. - Urganch, 1997. 


28 
O.Qosimova Xiva adabiy muhiti borasida, B.Mannonov, S.Hasaniy kabi olimlar 
kitoblarini, «Xiva ming gumbaz shahri», «Xivaning 2500 yillik yubileyiga 
bag’ishlangan «Xiva jahon madaniyati durdonasi» kabi risolalarni ham aytib o’tish 
lozim. Mazkur olimlarning asarlarida Xiva xonligi ijtimoiy - siyosiy hayoti, 
xonlarning shajaraviy tarixi, xonlikning XX asrning 20 yillaridagi hayoti, xonlikning 
tugatilishi, «Yosh xivaliklar» harakati hamda xonlikdagi madaniy rivojlanish, ya’ni 
Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin ham Xivada tarixnavislik, tarjima maktabi
kitob va kitobat san’ati, matbaa faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek xalqi tarixini o’rganib va chuqur tahlil qilib 
yozilgan bir qancha asarlar, jumladan, «Istoriya O’zbekistana (XVI pervaya 
polovina XIX vv.)» , ikki jildlik «Xorazm tarixi» , «O’zbekistonning yangi tarixi» 
(1, 2 kitoblari) , «Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsional’noy 
nezavisimosti», «Tarix shohidligi va saboqlari (CHorizm va sovet 
mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtirilishi)», kabi 
asarlardan mavzuga oid masalalarni yoritishda keng foydalanildi.
Mavzuni yoritishda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bir qancha ilmiy 
tadqiqot ishlaridan ham foydalanildi. Ular qatorida M.Abdurahmonov, 
M.Madaminov, N.Polvonov, M.Qayumov, K.Xudoyberganov, F.Ernazarovlarning 
dissertatsiyalari va avtoreferatlari bor. O’rta Osiyo, jumladan, Xiva xonligi tarixi 
bo’yicha yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari chet ellik olimlarning 
bir qancha asarlarini ham tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan, 
Yu.Bregel’, M.Olvort, S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini 
ko’rsatish mumkin. Xorijiy tadqiqotchilarning asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr 
boshlarida Xiva xonligi tarixi yoritilgan qismlari o’rganildi. Ular to’rtinchi guruhni 
tashkil qiladi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotga tortilgan mavzu 
bugungi kunga qadar alohida mavzu sifatida mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy 
adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt o’tganligiga qaramay, bu borada shu kunga 
qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini ko’rsatdi. Rossiya 
davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus tarixchilarining 
an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda, bu asarlardan 
tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan qiyoslash asosida 
foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik ma’lumotlardan ob’ektiv 
xulosalar chiqarish mumkin. 


29 
Xulosa 
Xiva XVI asrda tashkil topgan bo’lib, shu davrdan boshlab mustaqil davlat 
sifatida qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ko’p tarmoqlama 
diplomatik aloqalarni amalga oshirib, borgan. Jumladan Eron, Hindiston, 
Afg’oniston, Turkiya kabi, ko’pgina sharq davlatlari bilan aloqada bo’lgan. Asosan 
savdo-tijorat ishi bilan shug’ullanishgan. Xiva xonligi strategik jixatdan qulay 
o’rinda joylashganligi, tabiati, ob-havosi, tuprog’i unumdorligi sababli, bu xonlikda 
ytishtirilgan maxsulotlar ham juda sifatli va rang-barang, jimjimador bo’lgan. Bu 
esa ko’pina davlatlarda Xorazmga ya’ni Xiva xonligiga qiziqish uyg’onishiga sabab 
bo’lgan. Ayniqsa dastlab, Rossiya podsholigi so’ngra Angiliya davlatlrining 
qiziqishlari ortib borib, ikkala mamlakat o’rtasida Xiva xonligi masalasida 
kelishmovchiliklar vujudga keladi.
Ikkala davlatning maqsadi ham Xiva xonligi bilan yaqin aloqada bo’lib, 
xonlikni o’ziga qaratish va ichki bozarni egallab olish bo’lgan. Shunga qaramasdan 
Xiva xonligi XVI-XX asrlar davomida Rossiya podsholigi bilan uzviy savdo 
aloqalarini olib borgan. Asrlar davomida xonlik bilan podsholik o’rtasidagi 
munosabatlar xonlar va podsholar almashi bilan o’zgarib, aloqalar goh yaxshilanib, 
goh yamonlashib turgan. Kurs ishi hodisalardan shumday xulosa kelib chiqadiki, 
Xiva xonligi va Rossiya podsholigi o’rtasida XVI-XVIII asrlarda ko’p tamonlama 
aloqalar yo’lga qo’yilagan. Asosan ikki tamonga ham ko’p foyda keltiradigan 
aloqalardan biri bo’lmish iqtisodiy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan.
Savdo karvonlari tashkil qilinib, yo’llarda karvonlar to’htab dam oilishlari 
uchun karvonsaroylar ham tashkil qilingan. Karvonsaroylar faqat dam olish joyi 
emas savdo qilish maskaniga ham aylangan. Shu o’rinda bir narsani alohida takidlah 
kerakki, Rossiya imperiyasi savdo qilish jarayonida Xiva xonligi to’g’risida turli xil 
ma’lumotlarni to’plab borgan. Chunki kelajakda bu yerlarni imperiya mulkiga 
aylantirishni ko’zlagan edi. Xiva xonligini bosib olishdan ikki maqsad bor edi.
Birinchisi Xonliklar orqali Hindistonga boradigan savdo yolini qo’lga kiritish, 
ikkinchisi esa xonlik hududidagi oltinlarga ega bo’lish. Xulosa shuki, Rossiya XVI-
XVIII asrlar davomida O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida turli xil bahonalar bilan 
o’ziga kerakli bo’lgan ichki va tashqi ma’lumotlarni qo’lga kiritgan. Rossiya-Xiva 
xonligi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning rivojlanish darajasi bo’yicha 
quydagi xulosalar kelib chiqdi. XIX asrning 30 yillaridan boshlab Rossiy va Xiva 
xonligi o’rtasida olib borilgan diplomatik munosabatlar mazmuni o’zgarishi 
kuzatiladi. Perovskiy boshchiligida Xiva xonligi tamon harbiy ekspeditsiya jo 
’natilib, Rossiya tamonidan Xiva xonligi chegaralariga yaqin hududlarda harbiy 
qal’alar qurilishi boshlanadi. Shu tariqa Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib 
olishga tayyorlana boshlaydi.


30 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib Rossiya Xiva xonligini bosib 
olishga kirishadi. Uch yo’nalishda bosib olish harakatlarini boshlab yuboradi. Shu 
tariqa Rossiya qurol-yarog’larining eskiligi va hamjixatlik bo’lmaganligi sababli 
O’rta Osiyo xonliklaridan yaana biri bo’lmish Xiva xonligini ham bosib olib, 
Gandimyon sulx shartnomasini tuzadi. Xiva xonligi hududiy va siyosiy jixatdan 
Rossiya imperiyasiga qaram davlatga aylanib qoladi. Xalq o’z erkinligi va asta-
sekinlik bilan tili, ma’naviyati va madaniyatidan mahrum bo’lib boradi.
Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus 
tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda, 
bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan 
qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik 
ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin. Xulosa o’rnida, shuni aytish 
mumkinki, Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida turli tarixiy davrlarda qanday siyosiy 
vaziyat hukm surishiga qaramay, bu mamlakatlarning xalqlari doimo o’zaro 
iqtisodiy savdo aloqalarida bo’lganlar.

Download 276,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish