Biznesni rejalashtirish



Download 210 Kb.
bet4/17
Sana12.07.2022
Hajmi210 Kb.
#782467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
бизнес режа масалалар туплами янги (4)

T/r

Bo’lim nomi

Bo’lim mazmuni

1.

Rezyume

Biznes reja mazmunining qisqacha ifodasi

2.

Loyihani ifodalash

Kompaniya va uni boshqarish xarakteristikasi, loyiha mazmuni, amalga oshirish bosqichlari, marketing tadqiqotlari yakunlari, tashkiliy – huquqiy shaklni tanlashni asoslash

3.

Ishlab chiqarish rejasi

Kapital va joriy xarajatlarni asosiy guruhlarining qisqacha xarakteristikasi (loyihani amalga oshirish kalendar grafigiga bog’lagan holda)

4.

Moliyaviy reja

Moliyalashtirish xarakteristikasi va pul oqimlari prognozi jadvali

5.

Xulosalar

Loyihaning kuchli va kuchsiz tomonlarini ifodalash

Biznes reja tuzilmasi

T/r

Bo’lim nomi

Bo’lim mazmuni

1.

Rezyume

Biznes reja mazmunining qisqacha ifodasi

2.

Loyihani ifodalash

Kompaniyani ifodalash. Loyihaning maqsad va vazifalari. Xizmatlarni ifodalash. Loyihani amalga oshirish grafigi. Loyihaning xususiyatlari va afzalliklari

3.

Marketing rejasi

Bozor tahlili. Bozorni segmentlash. Raqobat. Marketing strategiyasi. Sotuvni istiqbollash.

4.

Ishlab chiqarish rejasi

Texnologiya. Moddiy resurslar. Asosiy fondlar. Xodimlar va boshqaruv tuzilmasi. Kapital va joriy xarajatlarni asoslash. Investitsiya rejasi



Biznes reja tuzilmasi

T/r

Bo’lim nomi

1-bo’lim

Tadqiqot rezyumesi

2-bo’lim

Loyihaning asosiy oynasi

3-bo’lim

Bozor tahlili va marketing strategiyasi

4-bo’lim

Xom - ashyo materiallari

5-bo’lim

Amalga oshirish joyi, qurilish maydoni va ekologik baholash

6-bo’lim

Injinerlik loyihalar va texnologiya

7-bo’lim

Ishlab chiqarishni tashkil etish va ustama xarajatlar

8-bo’lim

Inson resurslari

9-bo’lim

Ishlarning smeta qiymatini rejalashtirish

10-bo’lim

Moliyaviy baholash

11-bo’lim

Xarajat va foydaning iqtisodiy tahlili



Ishlab chiqarish dasturi


1-Masala
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt 325.6 ming so’mga teng bo’lgan asosiy mahsulotni ishlab chiqardi. Sanoat xarakteridagi ishlar 41.15 ming so’m bo’lib, o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar hajmi 23.7 mln so’m bo’lib, ulardan 80 foiz korxona maqsadi uchun foydalanilgan. Yil oxiriga borib tugallanmagan ishlab chiqarish 5 ming so’mga oshadi. Tovar va yalpi mahsulotni aniqlang.
Masala quyidagi tartibda yechiladi:
Dastlab tovar mahsuloti aniqlanadi.
Tovar mahsuloti = 325.6+41.15+23.7*0.2 = 371.49 ming so’m
Yalpi mahsulot = 371.49+5.0 = 376.49 ming so’m


2-Masala
Sex 1 soat davomida 45 kg mahsulotni ishlab chiqaradi. U hisobot davomida bir maromda ishlamadi. 1-yarim yillikda bir smena, 2-yarim yillikda esa ikki smena ishladi, 1-yarim yillikda 120 kun, 2-yarim yillikda 180 kun ishladi. Sexning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.


3-Masala
Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.


4-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 3500 million metr mato bo’lib, jihozning soatlik unumdorligi 3,8 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 256 kunga teng bo’lib, 2 smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 5 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,4 foizni tashkil etadi.


5-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 4200 metr mato bo’lib, jihozning soatlik unumdorligi 4,2 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 255 kunga teng bo’lib, 2 smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 6 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,35 foizni tashkil etadi.
6-Masala
Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.


7-Masala
Hisobot davrida korxona “A” turdagi mahsulotdan 2000 dona “B” mahsulotdan 3000 dona ishlab chiqardi. “A” mahsulotning narxi 1800 so’m, “B” mahsulotning narxi 2580 so’m. Chetga amalga oshiriladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar qiymati 3700 ming so’m; Yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati 7500 ming so’m, yil oxiriga 5300 ming so’mni tashkil etadi. Shuningdek, asosiy mahsulot bilan birga 12000 ming so’mlik tara ishlab chiqarilgan bo’lib, undan 8000 ming so’m tashqari uchun mo’ljallangan. Yalpi, tovar mahsuloti hajmini aniqlang.
8-Masala
Korxona 520 ming so’mlik asosiy mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirgan bo’lib, chetga ishlab chiqarish xarakterida bajariladigan ishlar qiymati 48 ming so’m bo’lib, rejalashtirilgan yildagi yarim tayyor mahsulotlar qiymati 50 ming so’m, undan 50 foiz korxona uchun foydalaniladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi yil oxirida 38 ming so’mga ko’payadi. Yil boshida omborda sotilmagan mahsulot qoldig’i 80 ming so’m, yil oxirida esa 30 ming so’mni tashkil etishi rejalashtirilgan. Sotilgan, tovar va yalpi mahsulot hajmini aniqlang.


9-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmini aniqlang.
60000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, chetga 1500 ming so’mlik xizmatlar ko’rsatilib, tashqariga 90000 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, o’z ehtiyoji uchun 20200 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilgan. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati yil boshiga 34000 ming so’m bo’lib, yil oxiriga esa 48000 ming so’mni tashkil etadi.


10-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja va assortiment bo’yicha bajarilishini aniqlang.

Mahsulot
turlari

Ishlab chiqarish,
ming so’m

Reja

Haqiqat

A

81.45

80.23

B

92.73

93.5

C

44.8

44.8

D

-

20.32

E

31.6

-

F

26.85

47.34




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish