5 – Masala
Korxonaning tayyorlov sexida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 120 kishini, 1-razryadli ishchining tarif stavkasi 418 so’m, bir ishchining rejadagi ish vaqti fondi 1820 soat, ishchilarning o’rtacha razryadga to’g’ri keladigan o’rtacha tarif koeffitsienti - 2,3 ga teng bo’lsa, vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan tarif ish haqi fondini aniqlang.
6 – Masala
Agar reja bo’yicha yillik ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imi 289358 ming soatni, o’rtacha soatlik tarif stavkasi 565 so’mni, qo’shimcha ish haqi koeffitsienti 0,0985 (9,85 foiz)ni tashkil etsa, asosiy ishchilarning yillik ish haqi fondini aniqlang.
7 – Masala
Agar amaldagi ish haqining minimal miqdori 130240 so’mni, sanoat ishlab chiqarish xodimlariniig umumiy soni 459 kishini, o’rtacha malakaviy koeffitsient 6,27, qo’shimcha ish haqi fondi koeffitsienti 0,0952ni tashkil etsa, barcha toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to’lash fondini aniqlang.
8 – Masala
Mehnatga haq to’lashning tarifsiz shakli bo’yicha yillik rejaviy ish haqi fondini aniqlang. Korxonaning foydasi 120000 ming so’m, mehnatga haq to’lash uchun foydaning 20foizi sarflandi, foydadan soliq ajratmalar miqdori 60000 ming so’mni tashkil etadi.
9 – Masala
Ishchilarning asosiy ish haqi fondi 66550 ming so’mni tashkil etadi. Ishlab chiqarish normalarini bajarish koeffitsienti 1.13 ga teng. Korxonada 3 smenali ish rejimi. Tungi smena ish soatining 1 soatga qisqartirish bo’yicha ishlaydi. Demak, bunda tungi soatlarda ishlash ulushi sutkaning 0.34 (8/23) ga teng. Ishbay ishchiga turli soatda ishlaganligi uchun uning tarif stavkasini 1/7 qismi asosida ish haqi to’lash belgilangan. Tungi soatlar uchun to’lov miqdorini aniqlang.
10– Masala
Kunlik ish haqi fondini aniqlang. Soatlik ish haqi fondi 580 000 ming so’m. Korxonada 30 nafar o’smir ishlaydi, ularning ish kuni davomiyligi 7 soatni tashkil etadi. Ularning o’rtacha tarif stavkasi 690 so’m. Ish kunlari soni 240 kun.
11 – Masala
Mehnat ta’tili uchun to’lov fondini aniqlang. Agar kunlik ish haqi fondi 12470 ming so’m bo’lsa, o’rta mehnat ta’tili kuni 17 kun, bir ishchining samarali ish vaqti fondi 240.
12 – Masala
O’smirning soatlik tarif stavkasi 450 so’m. U 22 smena 7 soatdan ishlaydi. O’smirning ish haqi va qo’shimcha to’lov summasini aniqlang.
Qo’shimcha shart: o’smirning smenalik mahsulot ishlab chiqarish normasi 50 ta, 22 smena 7 soatdan ishlagan holda 1100 ta mahsulot tayyorladi. Uning ishbay ish haqi va qo’shimcha to’lov summasi aniqlansin.
13 – Masala
Ishchi hisobot oyida tungi smenada 34 soat ishladi. Qo’shimcha to’lov 20 foizni tashkil etadi. Tarif stavkasi 1120 so’m bo’lib, jami 160 soat ishlagan. Ish haqi va qo’shimcha to’lov summasi aniqlansin.
14– Masala
Ishbay ratsenkalari asosida to’g’ri ish haqi fondini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |