4-Masala
Hisobot davrida mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 450200 ming so’mni tashkil etdi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflarni 2 foizga kamaytirish, tovar mahsuloti hajmini esa 3 foizga oshirish ko’zda tutilgan. Rejalashtirilgan mahsulot tannarxini aniqlang.
5- Masala
Korxona jihozlar ishlab chiqaradi. Bir jihoz narxi 18000 ming so’m. O’zgaruvchan xarajatlar ulushi 12000 ming so’m. Zararsizlik nuqtasini toping.
6- Masala
Quyidagi omillar hisobiga mahsulot tannarxining kamayishini aniqlang (“indeks” uslubini qo’llagan holda).
Hisobot davrida material bahosi o’zgarmagan holda sarf me’yori 5 foizga kamaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi 10 foizga, mehnat unumdorligi 7.5 foizga, o’rtacha ish haqi 3.5 foizga oshishi ko’zda tutiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida materiallar ulushi - 60 foiz, ish haqi xarajatlari – 20 foiz, boshqaruv -12 foizni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |