2.5. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini monopoliyaga qarshi organ tomonidan tartibga solish Monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:
monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga yuboradi;
raqobatga qarshi xatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlarga narxlar asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhlarining ustunlik mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, ularni qoʻshish yoki birlashtirishda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ustama narxlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari va ustunlik mavqeyini egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini narxlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda boshlangʻich narxlar shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tanlov (tender) va birja savdolari oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyxatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;
ustunlik mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bogʻliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar narxlari ustidan monitoring olib boradi.
46.
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi shart boʻlgan isteʼmolchilarga misollar keltiring va buning sabablarini tushuntiring.