43.
|
Tabiiy monopoliyalardan oddiy monopoliyalarning qanday farqi bor?
Tabiiy monopoliya - bu texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʼlgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʼlmagan tovar bozorining holatidir (“Tabiiy monopoliyalar toʼgʼrisida”gi Qonun, 3 modda).
Oddiyroq qilib aytganda tabiiy monopoliya subʼekti sifatida tan olinishi uchun quyidagi ikkita talabga javob berishi kerak:
1) texnologik xusussiyatlar tufayli sohada raqobat muhitini yaratishning ilojisi yoʼq;
2) sohada bitta xoʼjalik subʼektidan koʼp faoliyat olib borilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz.
Аmaldagi “Tabiiy monopoliyalar toʼgʼrisida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan quyidagi sohalar tabiiy monopoliya hisoblanadi:
· neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;
· elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish;
· temir yoʼllar infratuzilmasidan foydalanish hisobga olingan holda temir yoʼllarda tashish;
· umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari;
· suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati;
· aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari.
Maʼlumot uchun, 2020 yil 1 aprel holatiga mamlakatimizda 136 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tabiiy monopoliya sifatida roʼyxatga olingan.
Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.[1]
|
|
44.
|
Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablarning mazmunini tushuntirib bering.
Aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishda monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish talablari “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasida belgilangan.
Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.
Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga;
aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
|
45.
|
Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini tartibga solish usullari haqida maʼlumot bering va misollar keltiring.
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar deganda, vakolatli davlat organining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, tovar bozorlarida tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni tartibga solish, iste’molchilar, davlat va tabiiy monopoliya subyektlari manfaatlarining mutanosibligini ta’minlash bilan bogʻliq munosabatlar tizimi tushuniladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |