Biznes boshqaruv asoslari


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 93,43 Kb.
bet5/17
Sana06.02.2022
Hajmi93,43 Kb.
#433511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari 1-10

2. Boshqarishning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o’rinni egalaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlarish xaqi, iqtisodiy rag’batlantirish va boshqalar), ya’ni xo’jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir.
3. Jamiyat rivojlanishi bilan mulkchilik munosabatlari takomillashib, eng xilma-xil turlari va shakllarini oldi.

Mulkchilik turi va shakli bevosita bog'liq bo'lib, ijtimoiy hayotning aniq tarixiy shartlari bilan oldindan belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, mulk turi ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimning mavjudligi bilan belgilanadi.Ma'lumki, mulk turlarining bunday tasnifi u bilan to'liq mos kelmasa ham, shakllanish deb ataladi. Mulkchilikning har xil shakllari mulkchilik turlariga mos keladi. Xususiy mulk ishlab chiqarish vositalari va natijalari jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan joyda sodir bo'ladi. Kollektiv (guruhli) mulk mehnat va mulkning jamoaviy birligini, ya'ni jamoaning har bir a'zosi ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlarning egasi bo'lgan ularning holatini ifodalaydi. Jamoat mulki - bu umumiy narsadir, ayrim ob'ektlarning butun jamiyatga tegishli bo'lishi. Ushbu mulk shakli, qoida tariqasida, davlat mulki shaklida harakat qiladi. Xususiy mulk ustun bo'lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mulki quyidagilar natijasida vujudga kelishi mumkin.

- milliylashtirish (mulkni xususiy mulkdan davlat mulkiga o'tkazish), qoida tariqasida, sotib olish usuli bilan amalga oshiriladi); - davlat byudjeti mablag'lari hisobiga yangi ob'ektlarni qurish; - davlat tomonidan xususiy kompaniyalarning nazorat paketini sotib olish. Mulkchilikning har bir shakli mulkchilik sub'ektlarining xususiyatiga qarab bir necha shaklda mavjud

Har bir mulk shaklining eng samarali qo'llanilishining o'ziga xos yo'nalishlari mavjud. Davlat mulki bozorni rag'batlantirish imkoniyatlari cheklangan sohalarda muvaffaqiyatli ishlaydi. Aksiyadorlik va jamoaviy mulk mablag'larni konsentratsiyalash zarur bo'lgan hollarda maqsadga muvofiqdir. Aktsionerlik - bu qimmatli qog'ozlarni chiqarish va sotish yo'li bilan tashkil etiladigan guruh egaligi. Kollektiv va kooperativ mulkchilik umumiy mulkchilikdir, bu omillar va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish, birgalikda egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etishning kollektiv guruh xususiyatini nazarda tutadi. Bunday mulkning xususiyati shundaki, garchi u aktsiyalarga bo'linsa ham, mulkdorlarning jamoaviy (guruhi) umuman yagona va yagona egadir. Ayrim a'zolar badal shaklida o'tkazilgan mol-mulkka egalik huquqidan mahrum bo'lishadi. Xususiy mulk iqtisodiy faoliyat uchun zarur mablag'larni yakka tartibda to'plash va to'plash mumkin bo'lgan joylarda qo'llaniladi

4. Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy
mulk shaklida berilishidir.
Xususiylashtirish yakka xususiy mulk va shu mulkka asoslangan korxonalar tashkil etish
yo’li bilan yoki guruhiy korporativ xususiy mulk, ya’ni ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro
birlashgan mulk sohiblari mulki asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish miqyosi va uslublari, muddati turlicha bo’lib, ular asosan har bir
mamlakatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq.
Xususiylashtirish miqyosi avvalo, u yoki bu mamlakatda xususiy sektorni qay darajada
milliylashtirish darajasiga bog’liq. Milliylashtirish uslubidan kam foydalangan AQSh, GFR,
Yaponiyada xususiylashtirish tendentsiyasi ancha sust bo’lgan holda Buyuk Britaniya, Frantsiya,
ayniqsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda bu nihoyatda keng miqyosda amalga oshirildi.
Xususiylashtirishning uslublari turli-tuman bo’lib, ularni uchta guruhga bo’lish mumkin
yoki boshqacha aytganda, xususiylashtirishning uch usuli bo’lib, muvofiq ravishda qator
uslublarni o’z ichiga oladi.
1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish:
a) mehnat jamoalariga bepul topshirish;
b) barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish;
v) aholining ayrim sotsial qatlamlariga bepul berish;
g) har bir jamiyat a’zosining davlat mulkiga qo’shgan hissasiga, ya’ni mehnat stajiga
qarab bo’lib berish;
d) foyda keltirmayotgan korxonani istisno tariqasida mehnat jamoasiga bo’lib berish.
2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish:
a) mehnat jamoalariga sotish;
b) barcha jamiyat a’zolariga sotish;
v) auktsionlarda (kim oshdi) fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish;
g) korxonalarni mehnat jamoalariga ijaraga berish va keyinchalik butunlay sotish;
d) xorijdan qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish;
e) ayrim sotsial qatlam: tadbirkorlar va menejerlarga sotish;
yo) davlat korxonalarini xususiy investrlash yoki mulkni to’g’ridan-to’g’ri sotib olish
yoki aktsiya paketini sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi;
j) davlat korxonasini alohida bo’linmalarga ajratish yoki bo’lish va qayta qurish yo’li
bilan qismlarga bo’lib sotish va hokazolar.
3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish bilan sotishni birgalikda qo’shib olib borish. Bu
usulning ham qator uslublari bo’lib, u yuqoridagi har ikki usulga xos uslublarning turli
kombinatsiya-laridan iborat.

Download 93,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish