Yuqori organlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kiradi.
Markaziy organlarga vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar kiradi.
Mahalliy boshqaruv organlariga hokimlar, shuningdek, ayrim vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning organlari, bir nechta ma’muriy-hududiy birliklar hududidagi obyektlar: sanoat birlashmalari, boshqarmalari, temi r -
yo‘llar va shu kabilar kiradi.
Har bir korxona, tashkilotda tashkil qilingan kadrlar bo‘limi o‘zining jamoasidagi xodimlarning hisobini olib borish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy bilimlarini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishi lozim. Muayyan vazifani bajarish yuklatilgan xodimga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– psixologik tayyorgarlik;
– maxsus bilim;
– kasbiy qobiliyat;6
– o‘z ishiga sadoqat.
Hozirgi paytda milliy huquqiy davlat qurilishi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan demokratik boshqaruv tizimiga o‘tish, birinchi navbatda xodimlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Hayot mutlaqo yangicha xodimlar siyosati yuritishni taqozo qiladi. Xodimlar siyosatidagi jiddiy xatolardan yana biri markaz tomondan respublikalarga, jumladan, O‘zbekistonga mahalliy sharoitni bilmagan xodimlarning yuborilishi bilan bog‘liq edi.
Mamlakatimiz mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin, qurilajak huquqiy demokratik davlat adolatli, insonparvar jamiyat talablariga mos xodimlar siyosati ishlab chiqilishi lozim edi.
Har qanday soha rivoji moddiy mablagʻ, zamonaviy texnologiya, ilgʻor ishlab chiqarish tizimi, xalqaro aloqalar kabi muhim omillarga bogʻliq boʻlsa-da, bilimli, malakali, jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislar bunda asosiy oʻrin egallaydi. Shu bois, taraqqiy etgan mamlakatlar taʼlim tizimida ana shunday iqtidorlarni tayyorlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Dunyo taraqqiyoti uzluksiz taʼlim, malaka oshirish, tajriba almashish va ilgʻor gʻoyalarni tatbiq etish asosiga qurilgan. Shu tamoyildan kelib chiqqan holda, yoshlarni xorijdagi nufuzli taʼlim muassasalarida oʻqishga saralashni tashkil etish, xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash vazifalarimizning asosini tashkil etadi. mamlakatimiz yoshlarini, jumladan, vazir, hokim, idora va bank rahbarlariga kamida 2 nafardan zaxiraga olingan yosh nomzodni xorijiy davlatlardagi eng nufuzli oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, kompaniya va tashkilotlarda oʻqitish, bilim, koʻnikma va tajribasini oshirish uchun yetarli imkoniyatga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |