Hozirgi kunda korxonalarni moliyaviy natijalarini shakllanishi, ular hisobini yuritishni takomillashtirish hamda birmuncha yangiliklar kiritish va shu bilan birgalikda hisob-kitob ishlarini ixchamlashtirish mumkin.
Qayd qilib o tish joizki, moliyaviy natijalarning shakllanish va ularni hisobga olish tartibi bozor munosabatlari rivojlanishi bilan vujudga kelgan tarkibiy o’zgarishlar natijasida takomillashtirishga muhtojdir.
Korxona va tashkilotlarda moliyaviy natijalar va tahlilini tashkil qilish va takomillashtirishning zaruriyati shundaki, moliyaviy natijalar ular faoliyati samaradorligini belgilab berishi bilan birga xo’jalik yurituvchi sub’yektning yashovchanlik ko‘rsatkichidir.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o tilgan yo’l - oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalari hisobi va tahlilini nazariy va amaliy jihatdan tadbiq etish va uni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishbitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga muvofiq bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilar:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning roli va ahamiyatini oshirish, ularning moliyaviy natijalarini tashkil etishning mohiyatini o rganish.
moliyaviy natijalar hisobini tashkil etish va korxonalarda yuritishning anlitik hisobini tadbiq etish va ko’nikmaga ega bo’lish
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning tuzilish qoidalari va ularning tadbiq etishning mazmun mohiyatini tadbiq etish.
korxonalarda moliyaviy tanijalar hisobini yuritishda xalqaro tajriba va xalqaro standartlar asosida tashkil etilishini o rganish.
moliyaviy natijalarga ta sir qiluvchi omillar tahlilini tashkil etish va uni takomillashtirish yo nalishlarini tadbiq etishni o rganish.