Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari


-rasm. Daromad va xarajatlarni tan olish ko’rinishlari2



Download 0,85 Mb.
bet6/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#783361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yangii

2-rasm. Daromad va xarajatlarni tan olish ko’rinishlari2
Mahsulot, ish va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda(zarar) hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning xaqiqiy tannarxi orasidagi farqi mikdorida aniqlanadi va quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9010-“Tayyor maxsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”;
9020 –“Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”;
9030 - “Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar”;
9040 - “Sotilgan tovarlami qaytarilishi”;
9050 - “Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushumda aks ettiriladi:
korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot;
sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar;
sanoat tusiga ega bo’lmagan ishlar va xizmatlar; butlash uchun sotib olingan buyumlar;
savdo, ta'minot korxonalarining tovarlari;
transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish buyicha xizmatlar; yengil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borib berish xizmatlari;
aloqa korxonalari xizmatlari va hokazo. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9110- “Sotilgan maxsulot tannarxi”;
9120 - “Sotilgan tovarlar tannarxi”;
9130 - “Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi”.
Sanoat korxonalarida buyurtmachilarga jo’natilgan mahsulot(ish,xizmat)lar uchun hisoblashish xujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo’natilgan mahsulot(ish,xizmat)larning haqiqiy(agar haqiqiy tannarxi aniqlanmagan bo’lsa - reja) tannarxiga 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” yoki 2810 - “Ombordagi tayyor mahsulot” schyoti kreditlanib, 9110 - “Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi” yoki 9130 - “Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi” schyoti debetlanadi.
Korxonalarda mahsulot(ish,xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar hann bo’lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9310 - “Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olinadigan daromadlar”;
9320 - “Boshka aktivlaming sotilishi va turli chiqimidan olingan daromadlar”;
9330 - “Undirilgan boqimanda, jarima va burchsizliklar”;
9340 - “O'tgan yi1 foydasi”;
9350 - “Operativ ijaradan olingan daromad”;
9360 -“Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromad”;
9370 -“Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardaromadlari”; 9380 - “Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390 - “Boshka operatsion daromadlar”.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi 2 - “Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” buxgalteriya hisobi milliy andozasi bilan tartibga solinadi.
Maxsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagan va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar davr xarajatlari deb yuritiladi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9410 - “Sotish xarajatlari”;
9420 - “Ma'muriy xarajatlar”;
9430 - “Boshqa operatsion xarajatlar”;
9440 - “Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari”.
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
 tashish xarajatlari va transport vositalari bekor turib qolganligi uchun langan jarimalar;
 savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;
 maxsulot(ish,xizmat)ni sotish bilan bog’liq mehnatga haq to’lash xarajatlari(ma’muriy-boshkaruv xodimlaridan tashkari);
ularning ijtimoiy sug’urta ajratmalari
savdo extiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; gaz, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari;
tovarlami saqlash, ularga ishlov berish xarajatlari;
savdo reklamasi xarajatlari;
tovarlaming norma doirasida va undan ortiqcha yuqotilishi;
o’rash-joylash materiallari xarajatlari;
mol-mulkni majburiy sug'urta qilish xarajatlari;
bank xizmatlariga to’lovlar va boshqa xarajatlar.
Ma'muriy xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:
boshqaruv xodimlariga mehnatga haq to’lash xarajatlari; S ijtimoiy sug'urta ajratmalari;
xizmat yengil avtotransportini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari;
boshqaruvning texnik vositalarini saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
ijara,aloqa uzellariga ko’rsatilgan xizmatlari uchun haq to’lash(ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa);
asosiy vositalarni saqlash, ularni tuzatish, shuningdek, eskirish xarajatlari;
majburiy sug'urta qilish xarajatlari;
boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha belgilangan norma doirasida va undan ortiqcha xarajatlar, shu jumladan, vakillik xarajatlari;
umumiy ovkatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari va shu kabilar.
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
yangi tashkil etilayotgan korxonalarda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari;
maslaxat va axborot xizmatlariga haq to’lash
auditorlik xizmatlariga haq to’lash;
o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarini asrashdan ko’rilgan zarar;
kompensatsiya va rag'batlantirish tusidagi to’lovlar;
bir yula to’lanadigan mukofotlar va taqdirlashlar;
vaqtincha mexnat layoqatini yuqotgan taqdirda qonun xujjatlari bilan belgilangan, xaqiqiy ish xaqi miqdorigacha qo’shimcha haq;
malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimida o’qigan vaqtda ish haqi to’lash;
ikki va undan ko'p bolalari yoki 16 yoshgacha nogiron bolasi bo’lgan ayollarga qonunchilikka muvofiq qo’shimcha mexnat ta'tili haqini to’lash;
xodimlarga tovarlar, maxsulotlarni bepul berish va ishlar, xizmatlar bajarish;
xodimlarning xarajatlarini koplash;
posobiyalar, pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mexnat faxriylariga bir yula to'1anadigan nafaqalar;
xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam; S bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar;
ekologiya, sog'lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash va xokazolarga badallar;
zararlar, jarimalar, penyalar;
byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar;
moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi doirasidagi va normadan ko’proq, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yuqotishlar hamda kamomadlar;
ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor maxsulotni eng past baxolash usuli yoki sotishning sof qiymati bo’yicha qayta baxolash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar;
idishlarga doir muomalalar bo’yicha zararlar; S sud xarajatlari;
to’lanishi shubxali qarzlar bo’yicha zaxiraga ajratmalar;
qonunchilikka muvofiq da'vo bildirish muddati o’tgan va undirishi noreal bo'lgan boshqa qarzlar bo’yicha debitorlik qarzlarni xisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar;
hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalari bo’yicha ko’rilgan zararlar;
tabiiy ofatlar tufayli ko’rilgan qoplanmaydigan yo’qotishlar va zararlar, shu jumladan, tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog'liq xarajatlar;
aybdorlari aniqlanmagan kamomadlardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo'1magan xollarda ko’rilgan zararlar;
xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan 3 va undan ko'p yil mobaynida ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko’rilgan zararlar, asosiy vositalar va boshqa mulklarning hisobdan chiqarilishi, tekin berilishi va boshqacha yo’qotishlardan ko’rilgan zararlar;
soliq qonuni va boshka qonunlarni buzganlik uchun jarimalar va boshqa operatsion xarajatlar.
9440-“Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari” balansli schyotda va 010-“Vaqtli tafovutlar bo’yicha xarajatlar” balansdan tashqari schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
xo’jalik yurituvchi yangi sub’yektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni uzlashtirish xarajatlari;
yangi ishga tushiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari;
boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo’yicha xarajatlar;
seriyali va keng ko’lamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologiya jarayonlarini tayyorlash va uzlashtirish xarajatlari;
yangi texnologiyalami yaratish va qo’llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog’liq bo’lgan maxsulotlar sifatini oshirish bo’yicha xarajatlar;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish xarajatlari va boshqa shu turdagi xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat buyicha daromadlar hisobi “Asosiy xujalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMA, “Ijara xisobi” nomli 6-son BHMA, “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-sonli BHMAlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi mumkin:
9510 - “Royaltidan olingan daromadlar”;
9520 - “Dividentlar ko’rinishidagi daromadlar”;
9530 - “Foiz ko’rinishidagi daromadlar”;
9540 - “Kurs farqlaridan olingan daromadlar”;
9550 - “Moliyalanadigan ijaradan olinadigan daromadlar”;
9560 - “Qimmatli qog’ozlarni qayta baxolashdan daromadlar”;
9590 - “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshka daromadlar”.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan, to'1ov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar;
Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;
Chet el valyutasi bilan muomalalar bo’yicha salbiy kurs farqlari;
Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho”ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baxolashdan ko’rilgan zararlar;
O'z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog'1iq xarajatlar;

Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shuningdek, salbiy diskont.


Moliyaviy faoliyat buyicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun quyidagi schyotlar ochilgan:
9610 - “Foiz ko’rinishidagi xarajatlar”; 9620 - “Kurs farqlaridan zararlar”;
9630 - “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”; 9690 - “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.
Favqulodda foyda - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo'1gan, hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir.
Favqulodda zarar - bu xo’jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi xodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro'y beradigan kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir.
U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Favqulodda foyda va zararlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9710 - “Favqulodda foyda”;
9720 - “Favqulodda zarar”.
Yakuniy moliyaviy natija hisobot davrida korxona buxgalteriya hisobida xisobga olingan hamma operatsiyalar asosida aniqlanadi. Korxona balansida ko’rsatiladigan moliyaviy natija, ya'ni sof foyda 3 qismdan iborat bo’ladi:
1.Asosiy mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasidan olinadigan moliyaviy natija (9010 - “Tayyor maxsulotni sotishdan olinadigan daromad” schyoti ma'lumotlari asosida aniqlanadi);
2.Asosiy vositalar va boshka aktivlar (material boyliklar, qimmatli qog’ozlar, nomaterial aktivlar va boshka moliya qo’yilmalari) realizatsiyasidan olinadigan natija (9310 - “Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlar” va 9320-“Boshqa aktivlar realizatsiyasidan va boshqa hisobdan chiqarishlardan olingan foyda” schyotlari ma'lumot1ari asosida aniqlanadi);
3.Realizatsiya bilan bog'liq bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan moliyaviy natija (realizatsiya bilan bog’liq bo’lmagan daromad va nobudgarchiliklar to’g’ridan-to’g’ri “Moliyaviy natijalar” schyotida aniqlanadi).
Ishlab chiqarish korxonalari yalpi(balans) foydasi tarkibida asosiy o’rinni maxsulot(ish,xizmat)lar realizatsiyasidan olinadigan foyda tashkil qiladi. Bu foyda 3 guruh omillar ta'sirida tarkib topadi:
1.Sotilgan maxsulotning hajmi va turi(assortimenti);
2.Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar darajasi;
3.Sotilgan mahsulotning baho darajasi.
Realizatsiya bilan bog'1iq bo'1magan daromad, xarajat va nobudgarchiliklarga quyidagilar kiradi:
Hamkorlikdagi korxonalarda daromaddan olinadigan ulush, mulkni ijaraga berganligi uchun olinadigan daromad;
Korxonaga qarashli aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar uchun olinadigan divident;
Valyuta kursining ijobiy yoki salbiy farqlari(valyuta schyotlari va chet el valyuta operatsiyalari buyicha);
Korxona balansida hisobda bo’lgan uy-joy kommunal xo’jaligidan foydalanishdan olinadigan daromad (4110 - “Alohida bo’linmalardan olinadigan schyotlar” schyoti ma'lumotlari asosida aniqlanadi);
Iqtisodiy sanksiyalar ko’rinishida olinadigan va to’lanadigan summalar(shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalar);
Tugatilgan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha xarajatlar.
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija” schyotida hisobga olib bori1adi.Ushbu schyot tranzit bo’lib, aktiv-passiv schyot xarakterga ega.Schyotning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya'ni soliq to’langunga qadar bo’lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810 - “Daromad(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar”, 9820-“Boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar” schyotlarida foyda(daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida xisoblangan soliqlar va yig’imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi:
D-t 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija”
K-t 9810, 9820.
Ushbu muomalalardan so’ng 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija” schyotida qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda(zarar)sini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710 - “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotiga o’tkaziladi:
Sof foyda summasiga:
D-t 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija”
K-t 8710 - “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)”
Zarar summasiga: D-t 8710 - “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)” K-t 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija”
9900 - “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog’liq bo’lgan barcha schyotlar korrespondensiyasi quyidagi 3-rasm ko’rinishida keltirilgan:
Moliyaviy hisobot korxona faoliyati to’g'risidagi axborotning asosiy manbai bo'lib hisoblanadi. Korxonaning ichki ishlab chiqarish buxgalteriya hisobi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'1magan aksiyadorlar va boshqa investorlarga o’xshagan bir qancha tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot axborot olishning yagona manbaidir. Hisobotning asosiy shakllari bo’lib, korxonaning balansi va moliyaviy natijalar to’g'risidagi hisoboti hisoblanadi.
Xarajatlar tarkibi to’g'risidagi Nizom moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bilan uzviy bog’langan bo’lib, moliyaviy natijalar to’g'risidagi oldingi hisobotning mohiyati va tuzilishini jiddiy o’zgarishiga olib keldi.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish