Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari


Bituruv malakaviy ishining ob’yekti



Download 0,85 Mb.
bet2/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#783361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yangii

Bituruv malakaviy ishining ob’yekti. O zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo jalik yurituvchi sub yektlar va Oltin Jun xususiy korxonasining hisob tizimi, moliyaviy natijalar to g risidagi hisobotlarini tuzilish va yuritishdagi holati va uni takomillashtirib borish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishda o rganilgan ilmiy natijalar va amaliy xulosa takliflar xo jalik subyektlarida moliyaviy natijalar hisobini va tahlilini tashkil etilishini takomillashtirish bo yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, yuzaga kelayotgan muammolarni yechimini topishda hissa qo shishi ishning amaliy ahamiyatini asoslaydi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xajmi. Bitiruv malakaviy ish tarkibiy tuzilishiga ko’ra kirish, 3ta bob,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxtidaniboratdir


I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KOXONALARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA TAHLILINING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI.

    1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy natijalar hisobining mohiyati va ahamiyati.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko rsatish va boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishni ko paytirish jamiyat manfatiga ham mos keladi.Chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual foydaning ko payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor ishtirokchilarining, ayniqsa investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi. Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat foydani ko proq keltiradigan bo lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib, barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish, rentabellik darajasini oshirib, ko proq foyda olishga intiladilar. Agar mazkur sohada kapital o zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o z o rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan olib, boshqa yanada daromadliroq bo lgan tarmoqqa yo naltiradilar.
Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq iste moli tufayligina ro yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, mahsulotlar, ko rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab bo lsagina ular iste molga yo l oladi, boshqacha qilib aytganda sotiladi. Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining mazmuni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda qilishning boshqacha usuli bo lishi mumkin emas. Foyda mexanizmining ta siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste molchi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo l orqaligina foyda olishni biladi.
Foydani yuqori darajaga ko tarish bozor iqtisodiyotidagi eng muhim kuchdir.Foydaning kamayishiga juda ko p omillar ta sir qiladi.Bu omillarni aniqlash, salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida uchraydigan to siqlarni bartaraf qilish usullarini ishlab chiqishda bizga tahlil yordamga keladi.Masalan, foydaning ko payishiga ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga bog liq. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarning jalb qilinishi, xodimlarni moddiy va ma naviy jihatdan rag batlantirish, ish sifatini yaxshilash va boshqalar ijobiy ta sir ko rsatadi. Demak, buning natijasida ijobiy moliyaviy natijaga erishish mumkin.
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yuritayotgan korxonalarda xo jalik muomalalarini hisobi, auditi va tahlilini tashkil etishda O zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to grisida gi qonuni, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa me yoriy-huquqiy hujjatlar muhim rol o ynaydi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalardan biri bu hisob xizmatini, jumladan moliyaviy natijalar hisobini to g ri yo lga qo yishdan iboratdir. Shuningdek, Buxgalteriya hisobi to g risida gi O zbekiston Respublika Qonunining 7-moddasida ham quyidagi jihatlar xarakterlanadi. Ya ni, ushbu Qonun belgilovi bo yicha korxonada hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini, hisob-kitoblar o z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va yuritish mas uliyati bevosita korxona rahbariga va bosh buxgalteriga yuklatiladi.
Moliyaviy natijalar - bu xo jalik yurituvchi sub yektning ma lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o ziga qarashli mablag ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo li bilan aniqlanadi.
Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo lishi ularning faoliyati davomida olgan foydasining to g ri shakllantirilishi bilan bog liq. Chunki, korxonalar foydasi shu yerda ishlovchilarning moddiy ta minlanishi, dividendlar to lanishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilish kabilarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, tabiiy resurslar) va xo jalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste molga sotilganda, tovar bo lib hisoblanadi.
Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo lib maydonga chiqadilar.Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
Agar tushum xarajatlardan yuqori bo lsa, moliyaviy natija foyda olinganligidan dalolat beradi.Xo jalik yurituvchi sub yektlar doimo foyda olishni o z oldiga maqsad qilib qo’yadi, lekin bunga doim ham erisha olmaydi. Tushum xarajatlarga teng bo lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo ladi, xolos bu holat mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajmi deyiladi. Bunda zarar ko rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi, faqat xarajatlar qoplanadi. Korxona xarajatlari tushumidan ko’p bo’lsa, u zarar ko radi, yani salbiy moliyaviy natijaga erishadi.Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga solib qo’yadi.
Foydani bozor munosabatlarining o ta muhim kategoriyasi sifatida talqin etish mumkin.Birinchidan, foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi.Lekin, yagona foyda ko rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo’lmaydi.Bunday universal ko’rsatkichning bo lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun, korxonaning ishlab chiqarish, xo jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqdori va o zgarishga korxonaning xarajatlariga bogliq bo lgan hamda bog’liq bo’lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag’batlantiruvchi funksiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir vaqtning o zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O’ z-o’zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to lovlar to langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag’batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Ikkinchidan, foyda turli darajadagi byudjetlarni rag batlantirish manbalaridan biri bo lib hisoblanadi. U soliqlar ko rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o z faoliyatini bajarishni ta minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to grisidagi Nizom ga muvofiq xo jalik yurituvchi sub yekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning qator ko rsatkichlar bilan tasniflanadi.
“Xarajatlar tarkibi to’grisidagi Nizom” ga binoan foydaning turlari quyidagicha aniqlanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
YAF= SST-IT
bunda, YAF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
-asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda,bu mahsulotni sotishdan olingan yalpifoyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tavofut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YAF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ -asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
UF -umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar),bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hiosblab chiqiladi:
UF = AFF+MD-MX,
bunda,
UF -umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlarda ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF+FP-FZ,
bunda,
STF- soliq to’laganungacha olingan foyda;
FP-favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ- favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
Yilning sof foydasi,u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’yekt ixtiyorida qoladi,o’zida daromad (foyda)dan,to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF-DS-BS,
bunda,
SF - sof foyda;
DS- daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq;
BS-boshqa soliqlar va to’lovlar.
Foyda olishga intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi.Zararlarning ham o’z o’ri bor.Ular mablag’larni yo’naltirishda,ishlab chiqarishni tashkilda qilishda va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi.
Foydaga iqtisodiy kategoriya sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi. Lekin, korxonaning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashtirishida hamda baholashda,korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda foydaning aniq ko’rsatkichlarni ishlatiladi. Foyda bu korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo'1magan foydalari (zararlari) yig’indisidir. Mahsulot sotish deyilganda, nafaqat, natural- moddiy shaklga ega bo’lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda korxonaning barcha xo’jalik operatsiyalaming buxgalteriya hisobi va balans moddalarini baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bogliqki, korxona ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil yakuni bo’yicha tuziladigan balansida aks etadi.
Foyda korxonaning oxirgi moliyaviy natijasi hisoblanadi.U korxona daromadining bir qismini tashkil qiladi. Ko’pgina odamlar foyda va daromad tushunchalarini adashtirishadi. Aslini olganda, foyda bu daromaddan turli xil chegirmalari va boshqa xarajatlar ayrib tashlangandan so’ng korxona ixtiyorida qoladigan daromadning bir bo’lagi. Korxona va tashkilotlar foydani turli maqsadlarda sarf qilishlari mumkin va bu korxona ta'sis xujjatlari, korxona rahbari yoki aksiyadorlar yig’ilishi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida foyda ko’rsatkichini to’g’ri aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur daromad hisobidan maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar, rezerv fondi tashkil etadi, kapital qo’yilmalar moliyalashtiriladi va ijtimoiy tadbirlar amalga oshiriladi.
Moliyaviy natijalar miqdoriga juda ko'p omillar ta'sir etadi: inflyatsiya sur'ati, valyuta kurslarining o’zgarib turishi va boshqalar. Shuning uchun ham korxonalarda buxgalteriya hisobini to’g’ri yuritish va olingan foyda miqdorini to’g’ri aniqlash lozim. Zararga ishlaydigan korxonalar esa oxir oqibatda “sinadi” - inqirozga yuz tutadi.
Faoliyat yuritishning hozirgi sharoitida buxgalteriya hisobini uslubiyati va tashkil etishda muhim o’zgarishlar, sezilarli islohotlar olib borilmoqda. Faoliyat yurituvchi sub’yektlarning o'z xo’jalik muomilalarini aks ettirishda huquqlari kengaytirildi. Ular mustaqil ravishda (qonunda belgilangan, ruxsat etilgan) ishlab chiqarish zahiralarini baholash usullarini, mahsulot (ish xizmatlar) tannarxini hisoblash usullarini tanlaydilar, hisob siyosatini ishlab chiqadilar, buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishni aniq uslubiyatlarini, shakllarini, texnikasini aniqlaydilar. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi vaqtda markazlashtirilgan usulda faqat buxgalteriya hisobining umumiy qoidalari o’rnatiladi, ularni aniqlash hamda bajarish mexanizmi esa har bir korxona va tashkilotda o’zining faoliyat yuritishi sharoitlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot rivojlanishning asosi, korxona faoliyati samaradorligi ko’rsatkichi, uning yashovchanligi manbaidir. Foydaning o’sishi korxonaning kengaytirilgan ishlab chiqarishini shakllantirish, ijtimoiy va moddiy ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy asosi bo’lib xizmat qiladi. Umumdavlat ehtiyojlarining qondirilishi soliq to’lovlari vositasida amalga oshiriladi. Korxona iqtisodiy ehtiyojlarining amalga oshirilishiga asos bo’lib, korxona ixtiyorida qoluvchi foyda hisoblanadi va uning rivojlanishining asosiy manbaidir. Shu sababli, moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydaning ishlatilishi bo’yicha xo’jalik muomilalarini tekshirishning asosiy maqsadi foyda (zarar)ni aniqlashning to’griligini hamda byudjetga to’lovlarni o’tkazish bo’yicha hisoblashishlarning to’g’riligiga amal qilinayotganligini aniqlash hisoblanadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish