Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari


-rasm. “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog’liq bo’lgan barcha schyotlar korrespondensiyasi



Download 0,85 Mb.
bet7/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#783361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yangii

3-rasm. “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog’liq bo’lgan barcha schyotlar korrespondensiyasi.

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi yangi hisobot shaklini oldingisiga qaraganda o’zgarishini quyidagilar taqozo etadi:


bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobotdan yangi foydalanuvchilar, dastavval aksionerlar, shuningdek, boshqa investorlarning vujudga kelishi;
korxona menejerlarining yangi axborotlarga bo’lgan talablarini vujudga kelishi;
moliya bozorlarining asosiy talablari va xo’jalikni boshqarish extiyojlariga javob beradigan foyda to’g’risidagi xisobot tuzilmasini ishlab chiqish zaruriyati va shu kabilar.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi yangi xisobot shaklini amalga tadbiq etish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar quyidagilardan iborat:
bundan buyoqqa sotilgan maxsulot tannarxiga faqat mazkur xisobot davrida sotilgan maxsulotga tegishli ishlab chiqarish toifasidagi xarajatlar qo’shiladi. Qolgan xarajatlar operatsion xarajat moddalari bo’yicha davr xarajatlariga qo’shiladi;
ilgari korxona tasamıfida qolgan foyda hisobidan qoplanadigan moddalar xozir xarajat moddalari hisoblanadi, lekin korxonaning soliqqa tortiladigan bazasidan chegirilmaydi.
Xarajatlar tarkibi to’g'risidagi Nizom moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari bilan mahkam bog'1angan bo’lib, uning ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun foydaliligiga bevosita ta'sir qiladi.
Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom korxonaning ish faoliyati samaradorligini ta'riflovchi bir qancha asosiy ko’rsatkichlami hisoblashga uslubiy yondashishni ta'minlaydi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1.Yalpi foyda (YAF);
2.Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi (IT);
3.Sotishdan olingan yalpi foyda (SYAF);
4.Davr xarajatlari (DX);
5.Asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF);
6.Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (MF) yoki zarar (MZ);
7.Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (UF);
8.Favqulodda foyda (FP) yoki zarar (FZ);
9.Solik tulangungacha olingan foyda (STF);
10.Sof foyda (SF).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi foydalanuvchilar, aksiyadorlar va menejerlarni aynan shu axborotlar qiziqtiradi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan ichki foydalanuvchi korxona menejerlarining talablari bir-biriga bog'liq ikki asosiy guruh omillari bilan belgilanadi: boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish vazifalari va tashqi foydalanuvchilar talablari.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan mahsulot(ish,xizmat)lar sotish samaradorligi, aktivlarning samaradorligi, xususiy kapitalning samaradorligi va bir aksiyaning samaradorligi qiziqtiradi.
Shuningdek, umumiy ko’rsatkichlar ichida davr xarajatlarining salmogi xam muhim ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkichlar tashqi foydalanuvchilarga korxonani moliya bozorida raqobatbardoshlilik va uning moliya-xo’jalik siyosatini ratsional olib borayotganligini baholash imkoniyatini beradi.
Moliyaviy hisobotni yuqorida aytib o’tilgan va boshqa ko’rsatkichlar tashqi investorlar uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini tushungan korxona menejerlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bu ko’rsatkichlarni yuqori darajada ushlab tashqi investorlar va boshqa qiziquvchi(xaridorlar va mol yuboruvchi) tomonlar uchun o'z korxonasining ko’rkam qiyofasini saqlab qolishga harakat qiladi.
Ichki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejerlar daromad va xarajatlarning aniq tasnifıni bilishi va bu axborotlarni tahlil qilish uchun ularni qulay shaklda tezkor olish kerak.
Daromad va xarajatlarning aniq tasnifi shuning uchun zarurki:
Birinchidan: davr ichida daromadning asosiy qismi qaysi manbadan olinganligini aniqlash uchun;
Ikkinchidan: mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini davr xarajatlaridan ajratib olish uchun;
Uchinchidan: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni ajratib olish uchun. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 3 - Buxgalteriya Hisobi Milliy
Andazasi “Moliyaviy natijalar to’g'risidagi hisobot”ga binoan joriy buxgalteriya ma'lumotlari bo’yicha tuziladi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish