Ikkinchi bobni yoritishda quyidagi xulosaga keldik:
O'zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti jarayoniga o’tish davrining ayrim muammolari hali tugagani yo’q, shuning uchun ham biz o’ylaymizki, hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarini va bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi prinsiplariga, shu jumladan balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot shakllari talablariga javob beradigan yangi soddalashtirilgan moliyaviy hisobot shakllarini ishlab chiqish lozim.
Moliyaviy hisobotni tuzishda moliyaviy natijalarning yuzaga chiqishi va shakllanishi bo’yicha hisob qatoriga to’g'ridan-to’g’ri bog’lanuvchanligini belgilash lozim. Moliyaviy natijalarning shakllanishi bo’yicha moliyaviy hisobotda faqat jamlangan ma'lumotlargina aks etmog’i lozim. Ularning yuzaga chiqish o’mi va shakli bo’yicha alohidalashgan shartli moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda berilishi lozim.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish va sof foydani oshirishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati, bugungi kundagi naqadar zarurligi yoritib berildi. Tahlil davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar mantiqan bog'langan tizim asosida tasniflab berildi. Sanab o’tilgan vazifalari ushbu tasniflash bo’yicha uzviy ketma-ketlikda amalga oshirish tahlil ishlarini soddalashtirishda va ishonchli natijalarga erishishda xizmat qiladi.
III.BOB KORXANALARDA MOLIYAVIY NATIJALAR VA ULARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI
3.1Asosiy faoliyat moliyaviy natijalarining shakllanishi va unga ta'sir etuvchi omillar tahlili
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlatirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi. Hozirda dolzarb vazifalarimizdan biri qulay investitsion muhit yaratish va bunda iqtisodiyotning real sektori - firma va kompaniyalarning ta'sir doirasini yanada oshirish hisoblanadi. Investorlarni jalb etadigan eng muhim omillar bu korxonalarning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlari va ular bo’yicha aniqlangan koeffitsientlarning ijobiy va istiqbolli darajada bo’lishini ta'minlash hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan koeffitsientlar tashqi foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy holati to’g'risida ma'lumot beradi, lekin korxona uchun ushbu koeffitsientlarning joriy holatidan ko’ra, ularni shu holatga keltiruvchi sabablarini o’rganish muhim hisoblanadi.Ushbu sabablarni o’rganish esa omilli tahlil usuli orqali amalga oshiriladi. Omilli tahlil bu firma va kompaniyalarning sof o'zi uchun o’tkazadigan tahlil turi hisoblanadi. Zero, barcha tashqi foydalanuvchilar uchun aniqlanadigan ko’rsatkichlarning optimal darajada bo'1ishi muhim hisoblansa, firma va kompaniyalar uchun bu darajaga qanday erishish mumkinligi muhim hisoblanadi va bu omilli tahlil asosida amalga oshiriladi.
Omilli tahlil, ya'ni, natijaga omillar ta'sirini aniqlash iqtisodiy tahlilning 2 ta usuli orqali amalga oshiriladi:
oddiy-an'anaviy usullar;
iqtisodiy-matematik usullar;
Oddiy-an'anaviy usullar ta'sir etuvchi omillar to’g’risida dastlabki xulosalarni bersa, iqtisodiy-matematik usullar har bir omilning aniq summalardagi yoki foizlardagi ta'sirini aniqlashga xizmat qiladi.
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va xarajatlar tahlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan tashqari faoliyatlardan olingan daromad va yo’kotishlari tahlil etiladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlardan olingan daromad va xarajatlar ko’pincha operatsion daromadlar va xarajatlar deb ham aytiladi. Operatsion xarajatlar va daromadlar qatoriga boshqa sotishlardan olingan daromadlar yoki ular bo’yicha yo’qotishlar kiradi.
Korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga quyidagilar kiradi: kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, loyiha va qurilish-montaj ishlarida chalalikni bartaraf etish xarajatlari, maslahat va axborot tizimlariga haq to’lash, auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar, salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog'liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari xarajatlari, shahar obodonchilik ishlari va qishloq xo’jaligiga yordam berish bilan bog’liq xarajatlar, kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar ish haqini hisoblashda e'tiborga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar, ya'ni, moddiy yordam, sog'1iqni saqlash ob’yektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog'lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’yektlarini asrash xarajatlari, vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarini saqlash xarajatlari, bank xizmati uchun to’lovlar, har xil xayriya jamg’armalari, ekologiya, sog'lomlashtirish, madaniyat, xalq ta'limi, ijtimoiy ta’minot va shu kabi tashkilotlarga badallar, byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar va yig’imlar va byudjetdan tashqari jamg'arma1arga ajratmalar, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa xarajatlardan iboratdir.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e'tirof qilingan jarimalar va penyalar; hisobot yilida aniqlangan o’tgan yilga tegishli foyda;
yordamchi xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlardan olingan tushumlar;
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mol-mulklarni sotishdan olingan daromadlar;
da'vo bildirish muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
tovar-moddiy boyliklarni qayta baholanishdan ko’rilgan natijalar; davlat subsidiyalaridan daromadlar;
xolisona moliyaviy yordam; boshqa operatsion daromadlar.
1-jadval ma'lumotlaridan ko’rinadiki, “Nazorat Audit” MCHJ daasosiy faoliyat foydasi o’tgan yilga nisbatan 417 ming so’mga kamaygan. Asosiy faoliyat foydasining kamayishiga mahsulot sotishdan sof tushumning o’zgarishi, sotilgan mahsulot tannarxi o’zgarishi, sotish xarajatlari o’zgarishi, ma'muriy xarajatlarning o’zgarishi va boshqa operatsion daromad va xarajatlarning o’zgarishlari ta'sir qilgan. Quyida omillar ta'sirini aniqlaymiz:
1.Sof tushum ta'siri. Bizga ma'lumki, tushum miqdor va narx o’zgarishiga bog'liq holda o’zgarib boradi. Narx o’zgarishi o’sha regiondagi mavjud inflyatsiya bilan bog’liq bo’lsa, miqdor o’zgarishi esa mahsulot hajmining miqdoriy o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
O'tgan 2021 yilda mamlakatimizda inflyatsiya darajasi 10 % ni tashkil etdi.
Inflyatsiya mavjud bo’lmagan holatda tushum quyidagiga teng bo’ladi:
6,007,326:1.1=5,461,205
Tushumning narx hisobiga o’zgarishi:6,007,326-5,461,205=+546121
Tushumning miqdor hisobiga o’zgarishi:
Ko'rsatkich1ar
|
Satr
raqami
|
“‘q'q‘'d‘
|
Farqi
|
Sof tushumdagi
ulushi, %
O'tgan Hisobot yil yili
|
Farqi
|
O'tgan yil
|
Hisobot yili
|
Mahsulot
sotishdan sof tushum
|
010
|
4007601
|
6007326
|
+1999725
|
100
|
|
100
|
-
|
Sotilgan
mahsulot tannarxi
|
020
|
1754674
|
2128067
|
+373393
|
43
|
|
35
|
-8
|
Yalpi foyda
|
030
|
2252927
|
3879259
|
+1626332
|
56
|
|
65
|
+9
|
Sotish
xarajatlari
|
050
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Ma'muriy
xarajatlar
|
060
|
1102375
|
1591567
|
+489192
|
28
|
|
26
|
-2
|
Boshqa
operatsion daromad va xarajatlar
|
070-090
|
83771
38881
|
76704
19369
|
-7067
-19512
|
2
0.9
|
|
1
0.3
|
-1
-0.6
|
Asosiy faoliyat
foydasi(030- 050-060-
070+090)
|
100
|
1105662
|
2230357
|
+1124695
|
28
|
|
37
|
+9
|
Tushumning asosiy faoliyat foydasiga ta'sirini aniqlaymiz:
A)tushumning narx hisobiga o’zgarishining ta'siri:
B)tushumning miqdor hisobiga o’zgarishi ta'siri:
2.. Mahsulot tannarxining asosiy faoliyat foydasiga ta'sirini aniqlaymiz:
3.Sotish xarajatlarining foydaga ta'sirini aniqlaymiz:
4. Ma'muriy xarajatlarning foydaga ta'sirini aniqlaymiz:
5. Boshqa operatsion daromadlarning foydaga ta'sirini aniqlaymiz:
Albatta asosiy faoliyat foydasining yuqori bo’lishi iqtisodiy sub’yektlarda ijobiy holat hisoblanadi.Lekin xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati natijaviyligini belgilab beradigan muhim ko’rsatkichlardan biri rentabellik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Xorijiy va milliy iqtisodiy adabiyotlarimizda rentabellik ko’rsatkichlarining asosiy qismi moliyaviy natijalarning oxirgi qatori hisoblanadigan sof foydaga nisbatan aniqlanadi. Tahlil davomida rentabellik ko’rsatkichlariga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir qiluvchi omil sifatida sof foyda va unga ta'sir etuvchi omillar o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |