Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


BOB TURIZM-BUTUNJAHON SIYOSIY IQTISODIYOTINING AJRALMAS QISMI



Download 3,02 Mb.
bet2/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI333

1BOB TURIZM-BUTUNJAHON SIYOSIY IQTISODIYOTINING AJRALMAS QISMI.

    1. Turizm siyosati iqtisodiyotning strategik sektori sifatida

"Turizm - iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqazo etmoqda"5

Sh. Mirziyoyev

XX asrning oxiriga kelib xalqaro turizm ko'pgina davlatlar geosiyosiy va iqtisodiy strategiyasining yetakchi jihatlariga aylangan. Sayyoramizda yashayotgan milliardlab odamlardan 1 mlrdi yiliga xorijiy mamlakatlarda turistik maqsadlarda bo'lib kelishadi. 6Rossiya federatsiyasi kabi yetakchi davlatlarning BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar, jumladan, turizm sohasida nufuzli xalqaro tashkilotlardan bo'lgan - xalqaro turistik tashkilot bilan o'zaro hamkorligi turistik faoliyatni davlat miqyosida boshqarishning ustivor yo'nalishlaridan biri sifatida tan olinmoqda.

Xalqaro turizmning rivojlanishida ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning ham roli katta. Ana shunday tashkilotlardan biri BMT qoshida tashkil etilgan UNWTO (ya'ni Butunjahon turistik tashkiloti, 1975-yil) hisoblanadi. U turistik siyosat va amaliy turizm sohasidagi global forumdir. BMT rahbarligida UNWTO turistik almashinuv jarayonida yuzaga keladigan xalqaro aloqalar va shaxsiy do'stona munosabatlar, xalqaro hamdo'stlikni yaxshilashning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi va yer yuzidagi xalqlar o'rtasidagi tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. 7

Xalqaro amaliyotda turizmni xalqlar o'rtasidagi tinchlik va o'zaro hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim omil sifatida talqin etish odatiy holga aylangan.

Dastlabki kunlaridanoq mazkur xalqaro tashkilot turizmni rivojlantirishga yordam berish maqsadida tashkil qilingan edi. Uning zimmasiga 2 xil vazifa yuklatilgan:

1) turizm sohasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, xalqaro turizmning huquqiy bazasini BMTning dasturiy talablari asosida shakllantirish;

2) turizmning hamma uchun mumkinligini ta'minlash, ko'rsatiladigan turistik xizmatlar sifatini birxillashtirish (unifikatsiyalash), turistlar himoyasi va havfsizligini ta'minlash, yaxshi ekologik shart - sharoitlar yaratish va boshqalar. 8

Mazkur tashkilot BMT tizimiga kirgan dastlabki kunlaridanoq o'zini hukumatlararo rasmiy tashkilot sifatida namoyon etdi va turizm sohasidagi davlatlararo munosabatlar siyosiy xarakterga ega bo'lishiga asosiy e'tiborini qaratdi. Bu, albatta, xalqaro munosabatlarning barqarorlashuviga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Turizmdan siyosiy maqsadlarda foydalanish, O'zbekiston bilan UNWTOning o'zaro hamkorligi bir necha bloklardan, ya'ni:

1) turizmning siyosiy jihatdan ahamiyatliligini aniqlash;

2) UNWTO ning zamonaviy dunyodagi o'rni va rolini aniqlash;

3) O'zbekiston xalqaro turistik almashinuvdagi muammolari va ziddiyatlarini tahlil qilish;

4) O'zbekistonning o'z siyosiy obro'sini ko'tarish va ijobiy turistik imidjini yaratish maqsadida UNWTO bilan hamkorlik aspektlarini belgilab olish kabilardan iborat.9

Tadqiqotlar davomida turizmning jamiyatdagi turli sohalar, ya'ni iqtisod, ijtimoiy munosabatlar, siyosat, madaniyatga ta'sir ko'rsata oladigan ijtimoiy-iqtisodiy fenomen, hodisa sifatida talqin etlishi aniqlandi. Turizmning siyosiy salohiyati uning davlat ichidagi siyosiy barqarorlikka ta'sir ko'rsata olishi, xalqaro maydondagi davlatlarning tashqi o'zaro hamkorligi davlatlarning siyosiy ta'sir ko'rsatish ko'rsatkichi va nufuzining oshishida salmoqli omilga aylanadi.

Xalqaro turizm yurtimizda XIX asr oxiri va XX boshlarida paydo bo'lgan va ommaviy ijtimoiy hodisa sifatida rivojlangan.10Turizmdan davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatining omili sifatida asosan Sovetlar davrida keng foydalanilgan. SSSRda xalqaro turizm ustivor va iqtisodning daromadli sohasi bo'lmagan bo'lsada, lekin uning g'oyaviy-siyosiy roli sovet rahbarlari uchun ahamiyatli bo'lgan. Undan tashqi siyosat, diplomatiya, savdo sotiqdan qanday bo'lsa, xuddi shunday tarzda foydalanilgan va bundan, asosan, siyosiy maqsad ko'zlangan, ya'ni, masalan, bir tomondan, sotsialistik ishlab chiqarishning afzalliklarini namoyish etish, ikkinchi tomondan, sovet xalqining mustahkam shakllanib bo'lmagan ongini "G'arbning halokatli ta'siridan" izolyatsiyalash kabi.

XX asrning 90-yillarida va XXI asrning birinchi o'n yilligida yurtimizda turizmning rivojlanishidagi ishtiroki sezilarli darajada chegaralab qo'yildi va bu sohaning huquqiy bazasini bozor munosabatlariga moslashtirish bilangina cheklanib qoldi. Davlat turizmni na iqtisodiy jihatdan qo'llashga va na siyosiy rolini oshirishga xissa qo'shdi. Ancha vaqtgacha turizmga nisbatan davlat ichki va tashqi siyosatining istiqbolli yo'nalishi sifatida qaralmadi.

Faqat yangi yuzyillikning boshidangina mamlakatimiz turizm sohasida faoliyatni jadallashtirdi va UNWTO bilan hamkorlikni ham rivojlantirib yubordi. Jumladan, yaqin o'n yilliklarda mamlakatda nufuzli sport tadbirlarini o'tkazish huquqini egallash, turizm sohasini rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda mamlakat siyosiy rahbarlari turizmning iqtisodiy salohiyati, siyosiy ahamiyatini anglay boshlashdi, turizmning tabiatan o'ziga xos bo'lgan iqtisodiy o'sish va siyosiy ta'sir o'tkazish quroli sifatida xizmat qilishini tan ola boshlashdi. Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o'rta turistik korxonalarning xizmat ko'rsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb qilish maqsadida 1998 yil, O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqa olib boradi. Diyorimizda "Kumushkon" turistik bazasi, "Sanzar" kemping majmuasi, Chorvoq, Chimyon, Beldirsoy dam olish oromgohlari va yuzdan ortiq xususiy korxonalar ishlamoqda. Mamlakatimizda ko'plab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan mehmonxonalar soni tobora o'sib bormoqda. Turistlarni jalb qilishga qaratilgan e'tibor yurtimizning ijobiy turistik imidjini ta'minlash hamda 2008- yildagi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqiroz fonida bo'lsa ham turizm iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilishini ko'rsata oldi.

G'arb siyosatshunoslarining fikricha, turizmning siyosiy tamoyillari uning iqtisodiy mohiyatining asosiy unsuri hisoblanadi. Bunday nuqtayi nazardan olib qaraganda turizm siyosatning davomi, butun jahon siyosiy iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Bunday yondashuv turizmdan siyosiy ta'sir o'tkazish quroli sifatida foydalanish imkonini beradi. Masalan, Rossiyadagi turistik harakatlarning rivojlanishida uning Fransiya bilan hamkorlikda Shimoliy Kavkazda tog'chang'isi kurortlarini qurilishi bugungi kunda Rossiya davlatining siyosiy nufuzining ortganligidan dalolat berayotgan siyosiy vaziyat sifatida talqin etilmoqda.11



Turizm, shunday qilib, nafaqat iqtisod, balki muhim siyosiy resurs, davlat undan o'z manfaatlari yo'lida, o'zining tashqi siyosiy imidjini yanada yaxshilash, xalqaro maydondagi obro'si va nufuzini mustahkamlash maqsadida foydalanishi kerak. Sharoitlar yarata olishi, turizm sohasidagi tadbirkorlikni rag'batlantirish va boshqa ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatning nafaqat sayyohlar uchun jozibadorligini, balki uning xalqaro maydondagi obro'sini ham oshishini ta'minlovchi davlatning ichki va tashqi siyosati unsurlaridan biri hisoblanadi.

Shu davrgacha Respublikamizda turistik faoliyatning qadriga yetishmagan. 1990-yillarda ham, hozirgi ming yillikning boshlarida ham mamlakatimiz xalqaro turizmning iqtisodiy va siyosiy salohiyatidan amalda foydalanib ko'rmagan. Buning asosiy sababi O'zbekiston rahbariyatining YUNVTOning xalqaro turizm sohasiga oid malakali tavsiyalariga nisbatan e'tiborsiz bo'lgani hamda mamlakatda turizm bo'yicha hozirda olib borayotgan siyosatining izchil bo'lmaganligidadir. Bu yerda bir tomondan turist uchun O'zbekistonning jozibodor imidjini yaratish, bag'rikengligi ochiqko'ngilliligi bilan chet ellik turistlarning mamlakatga kelishini murakkablashtiruvchi xatti harakatlar o'rtasidagi aniq ziddiyatlarning mavjudligi ko'zga tashlansa, ikkinchi tomondan, mamlakatda tashqi turistlar uchun O'zbekistonning jozibadorligini yanada oshirish bo'yicha kompleks reja ishlab chiqilmagan.

O'zbekiston tarixida turizmdagi siyosiy jihatlar ommaviy turizm rivojlanishi barobarida bu masala shu darajada namoyon bo'la boshladiki, bunda turizm davlat ta'siri ostiga tushib qoldi. Davlatning turizmning tashkiliy, boshqaruv, huquqiy masalalariga aralashuvi, jalb qilinishi turizmni siyosiylashtirib yubordi va siyosiy ta'sir etuvchi omilga aylantirdi.

XX asrning 90 yillarida davlat turizm sohasiga yetarli e'tibor qaratmay qo'ydi va uni bozor munosabatlariga moslashishiga majbur qildi. Bunda uni na iqtisodiy va na siyosiy jihatdan qo'llab quvvatlay oldi. Bu davrda ham turizmga nisbatan ichki va tashqi siyosatining istiqbolli yo'nalishi sifatida qaralmagan.

O'zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi olib borardi. 1992-yil, 27-iyulda tuzilgan bu tashkilotning asosiy vazifasi turizm infrostrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirish va boshqalardan iborat bo'lgan.

"O'zbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqqan:

Klassik yo'nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent). Bu yo'nalish eng qadimigi yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog'liq.

Ekologik turizm yo'nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin va Buxorodagi qo'riqxonalar). Bu yo'nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblangan tashriflar bilan bog'liq.

Arxeologik turizm yo'nalishi (Qoraqalpog'iston, Surhondaryo, Samarqand hududlari bo'ylab). Bu yo'nalish O'zbekistonning eng qadimgi topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo'yadi.

Ekstrimal turizm (Chimyon, Farg'ona vodiysi, Orolbo'yi, Buxoro, Navoiy viloyati).

Diniy turizm (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent). Bu turizm yo'nalishi mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog'liq.

Shuningdek, mustaqillikning ilk yillarida turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, turistlar va turistik faoliyat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasining "turizm to'g'risida" gi qonuni qabul qilingan.

Biroq yaqin o'n yil ichida O'zbekistondagi tashqi va ichki turizm darajasining pastligi va qisqa muddatda kutilgan iqtisodiy samaraga erishish imkonini bermadi. Bu mamlakat rahbariyatining UNWTO tavsiyalarini bajarishda shoshmasligi va noizchilligi bilan izohlanishi mumkin.

Yangi ming yillik boshidan mamlakatimiz UNWTO bilan hamkorlikda turizm sohasida faol ishtirok eta boshladi. Bunda mamlakatning obro'li sport tadbirlarini o'tkazish huquqiga ega bo'lish, turizm sohasini rivojlantirishga oid tezkor va istiqbolli dasturlar ishlab chiqish bo'yicha ilk qadamlar qilingan, turizmning jozibadorligi va yurtimizning tashqi siyosiy nufuzini mustahkamlash jarayonidagi roli, siyosiy va iqtisodiy ahamiyati e'tirof etilgan bo'lsada, biroq mamlakatimizning mustaqillikka endi erishgani tufayli turizm sohasida siyosiy jihatdan ahamiyatli bo'lgan qarorlar chiqarishga tayyor emas edilar.

Shu bilan birga diyorimizning UNWTOning faoliyatida ishtirok etishidagi siyosiy samarasi davlat uchun bugungi kunda iqtisodga qaraganda ahamiyatliroq desa bo'ladi. Mazkur mamlakatdagi turizmning ravnaq topishida UNWTO mamlakat uchun, eng avvalo, madaniyatli turistik bozor infrastrukturasini yaratish bo'yicha malakali tavsiyalar manbai hisoblanadi, sifatli turistik xizmatlar ko'rsatish, turistlar havfsizligini ta'minlashda minimal standartlarda shakllantirish bo'yicha xalqaro tajriba tashuvchisidir. UNWTO tadbirlarida faol ishtirok etish mamlakatning xalqaro turistik hamjamiyatidagi siyosiy nufuzini oshishiga olib keladi, milliy turistik industriyaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga, O'zbekiston xalqaro aloqalari boshqa mamlaktlardagi milliy turistik ma'muriyatlar bilan har tomonlama o'zaro hamkorlik kengayishiga olib keladi.

Hozirgi davrda O'zbekiston bilan UNWTO o'zaro hamkorligining rivojlanishi nuqtayi nazaridan olib qaraganda O'zbekiston Respublikasi uchun UNWTOning u bilan "turizmni barqaror rivojlantirish" kontsepsiyasini amalga oshirish ustivor hisoblanadi. Ushbu masalaning yechimi turizm va atrof muhitni kompleks ravishda o'zaro bog'liqlik asosida rivojlantirishdadir. Ta'kidlab o'tilgan kontsepsiyani davlat ishtirokisiz amalga oshirish mumkin emas. Zero u turizm industriyasi va uning iste'molchilari korxonalari bilan bir qatorda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.12

Bundan tashqari, globallashayotgan dunyo sharoitlarida turistik bozorni qo'llab quvvatlash, boshqarish va nazorat qilish, turizmdan ongli va maqsadli ravishda foydalanish xalqaro nufuz va iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash manfaatlari yo'lida xizmat qilibgina qolmay, balki turistik manzillarda siyosiy barqarorlikni, turistlar orasida mamlakatimizga bo'lgan ijobiy fikrni ilgari surishga yordam beradi.

Turli siyosiy turistik klasterlarda beqarorlikni keltirib chiqarish uchun turistlar (va mahalliy aholi) o'rtasida millatchilik va mamlakatga yot bo'lgan mafkurani singdirish hamda ekstremistik kayfiyatlarni shakllantirish uchun va turistik xizmat sohasida korrupsion sxemalarni qo'llab katta daromad topish uchun shaxsan boyish maqsadlarida foydalanish mamlakat imidjini ijobiy ko'rsatishga keskin xalaqit beradi.

O'zbekistonning UNWTO faoliyatida ishtirok etish asosida ham turizm sohasidagi siyosatini takomillashtirish bo'yicha asosiy tavsiyalar quyidagilardan iborat:

- ajnabiy turistlar uchun O'zbekistonning jozibadorligini oshirish bo'yicha kompleks reja ishlab chiqish. Unda O'zbekistonning UNWTO formatida obro'li hisoblangan turizmni barqaror rivojlantirish kontsepsiyasini amalga oshirishda to'liq ishtirok etishni taqozo etuvchi boshqaruvchilik, tashkilotchilik va nazorat qilish rolini aks ettirish. Rejada quyidagilar hisobga olinishi kerak:

- mamlakatga viza bilan kirishni soddalashtirish bo'yicha choralar ko'rish;

- mamlakatning turizm uchun yaxshi va qulay va noyob turistik imkoniyatlarga ega mamlakat sifatida ravnaq topishi uchun harajatlarni oshirish;

- O'zbekistonning ajnabiy turistlar havfsizligini ta'minlash bo'yicha majburiyatlari; chet elda o'zbek turizmini rivojlantiruvchi markazlar tarmog'ini yaratish va turistlarga axboriy va boshqa xilda yordam berish;

- uzoq chet eldan mamlakatga turistlarni jalb qilish maqsadida samarali xarakterga ega bo'lgan mamlakat turistik mahsulotini oldinga olib chiiqish strategiyasini ishlab chiqish;

- sport, turizm va yoshlar siyosatini hamohanglikda, birgalikda olib borish. Bunda bir qancha oliy o'quv yurtlari bilan talaba almashishdagi ketadigan harajatlar ichiga chet el talabalarini bepul yurtimizning so'lim va qadimiy go'shalariga sayohat qildirish ko'proq nazarda tutiladi.

- O'zbekistonning siyosat, iqtisod, sport va madaniyat sohalarida UNWTO faoliyatidagi ishtiroki samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqish va h.k.;

- O'zbekistonda ixtisoslashtirilgan turizm ishlari bo'yicha turizm sanoatini davlat tomonidan qo'llab turish, yo'nalishlari va darajalarini qonunan aniqlashtirish vazifasi yuklatilgan qo'mita tuzish;

- turistlarga xizmat qilish sohasida band bo'lgan korxonalar (mehmonxona, sanatoriylar va pansionatlar, turistik komplekslar, ovqatlanish joylari, parklar va b.) uchun soliq imtiyozlari, ijtimoiy va bolalar turizmiga jalb qilingan sub'ektlar uchun esa sug'urta va moliyaviy imtiyozlar tizimini ishlab chiqish;

- O'zbekistonning ichki ishlar vazirligi tizimida chet el va mahalliy turistlariga nisbatan tartib buzarliklar oldini olishga ma'sul maxsus "turistik politsiya" bo'linmalarini tashkil qilish;

- O'zbekturizmning chet elda keng vakolatxonalari tarmog'ini yoki O'zbekistonni turizm uchun qulay mamlakat sifatida targ'ib qiluvchi bo'linmalarini shakllantirish;

- Turistik xizmatlar sifati standartlarini o'rnatish bo'yicha UNWTOning malakali tavsiyalari va amaldagi normativlari, turistik kadrlarni kasbiy tayyorlash darajasi, joylashish joylarining tasnifi, mutaxassislarni tayyorlash tizimini tatbiq etish va amalga oshirilishini izchil ta'minlash. Bunday holat, albatta, o'zbek turizmida o'ziga xos muammolar borligidan dalolat beradi. Ularni sanab o'tamiz.

Eng birinchi muammo – bu o'z mamalakatida xordiq chiqarishning juda qimmatliligi. Bu mehmonxonalar va pansionatlardagi narxlarning balandligi, aviatashishlarning qimmatliligidir. Bu muammolardan xorij turoperatorlari mohirona foydalanishadi. Ya'ni ular o'zbek turizm bozoriga arzonroq Turkiya, Misr, Gresiya, Italiya, Ispaniyada arzon dam oladigan joylarni taklif etadilar. U yerlardagi servis xizmatlari darajasi ham afsuski, o'lkamizdagi dam olish maskanlaridan ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Narxlari ham ancha arzon. Ushbu muammoni hal etish juda dolzarb vazifa hisoblanadi. Zero turizm bozori narxi oshib boraveradi.

Ikkinchi muammo - bu gid-tarjimonlik bilan shug'ullanish huquqi bo'lmasa-da, chet tilini biladigan ayrim kishilarning xorijiy sayyohlarga hamrohlik qilib, ularga o'z bilganicha ma'lumot berish holatlari ham uchrab turganligi. Bu esa yurtimiz tarixi, madaniyatining turlicha talqin etilishi, sobiq tuzum mafkurasi ta'siri ostida yaratilgan, hech qanday tarixiy manbaga ega bo'lmagan "hikoya" va "rivoyat"lar tildan-tilga o'tishiga sabab bo'lmoqda.

Uchinchi muammo - bu onlayn bronlash paydo bo'lgani. Bir tomondan, bu turist uchun qulay bo'lsa, ikkinchi tomondan agar unga biror bir xizmat ko'rsatilmasa, kompensasiyasini qayerdan olishni bilmaydi. Bu yerda ham Qonunchilik miqyosida ish ko'rish kerak.

To'rtinchi muammo – turoperator dempingi. Raqobat sharoitida turoperatorlar tannarxiga nisbatan arzon bo'lgan turlarni sotishga majbur bo'ladilar.

Beshinchi muammo – mamlakatdagi infrastrukturaning yomonligida. Arzon mehmonxonalarning yetishmasligi, noqulay infrastruktura chet elliklarni bu mamlakatga kelishdan cho'chitadi.

O'zbekiston byudjeti turizm hisobidan sezilarli darajada to'lishi mumkin edi, biroq yuqorida sanab o'tilgan bir qancha kamchiliklar ajnabiy sayyohlar va mahalliy aholini diyorimizning eng go'zal joylaridan bahramand bo'lishlarini yetarli darajada cheklaydi. Bu yerda chet el va mahalliy sayyohlar uchun mo'ljallangan zamonaviy turistik mahsulot imidjini yaratish, faol shakllantirish zarur.

Mamlakatimizning turizm salohiyatini, birinchi navbatda, investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g'oya, texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari hamda imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Isroil, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, yurtimizga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a'zolari uchun O'zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e'tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanishi muhim yangiliklardan bo'ldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyoning bir qator davlatlari va yaqin Sharq mamlakatlarining hamda Hindiston, Kanada, yangi Zelandiya, AQSh kabi 39 mamlakat fuqarolari uchun O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O'zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini, hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni ko'zda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning 2018-yil 10-fevraldan e'tiboran soddalashtirilgan tartibi kiritildi.13

Sohada me'yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O'zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog'liq infratuzilmani rivojlantirish, yangi sayyohlik ob'ektlari tashkil etish, bir so'z bilan aytganda, milliy turizm salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.14

Xususan, Prezidentning "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-sonli qarori (2019-yil 5-yanvarda), Prezidentning "turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PP-4095—sonli qarori, Prezidentning PF-5781-sonli "O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (2019-yil 13-avgust) bunga yaqqol misol bo'la oladi. O'zbekistonda birinchi marta 2019-2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, turizmni 2025-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va eng muhimi, sohaning maqsadlari aniqlandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019-yilning sakkiz oyi mobaynida respublikaga 4,3 miliondan ortiq chet ellik sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2018- yilning shu davriga nisbatan (3.4 million sayyoh) 26,7 foizga ko'pdir Turistik xizmatlarning eksporti esa, 854,5 milion dollarni tashkil etadi. 2018-yilning shu davriga nisbatan (666,8 million dollar) turistik xizmatlar eksporti 28 foizga oshdi. 2019-yil oxiri kelib respublikaga 6,5 milliondan ortiq chet ellik sayyoh tashrif buyurdi, bu o'tgan 2018-yilga nisbatan (5,3 million) 15 foizga ko'pdir.15

Shuningdek, turizm sohasidagi sub'ektlarga soliq va bojxona imtiyozlari hamda afzalliklari berildi. Turizm infratuzilmasini takomillashtirish, soha korxonalariga qo'shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish bo'yicha ham dolzarb tadbirlar amalga oshirilmoqda. Unga ko'ra, yaqin istiqbolda xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda, respublikamizning barcha hududida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob'ektlari, eng avvalo, mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya ob'ektlari bunyod etilishi boshlandi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish