Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


Turizm jurnalistikasining OAVlaridagi o'rni va ahamiyati



Download 3,02 Mb.
bet3/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI333

1.2 Turizm jurnalistikasining OAVlaridagi o'rni va ahamiyati

O'tgan yillar mobaynida O'zbekistonga kelayotgan turistik oqimning kamligi viza muammosi hamda turistik sohaga investitsiyalar jalb qilishning qiyinligi bilan ham izohlanardi. O'zbekiston kabi madaniy zonaga sayyohlarning kamnamoligining eng asosiy sababi bu mamlakat (yoki uning biror bir mintaqasi) imidjining ijobiy emasligida edi. Ammo, Prezidentimiz tashabbusi bilan turizm sohasiga oid bir qancha farmon va qonunlar kiritildi va qaytadan ko'rib chiqildi. Xususan, so'nggi yillarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, shu jumladan, Toshkent shahrida "Nyatt Regency Tashkent" va "Lotte City Notel Tashkent Palace" brendli mehmonxonalar ochilishi, Andijon, Urganch va Toshkent shahrida madaniy-ko'ngilochar bog'larning tashkil etilishi, "Angren-Pop" temir yo'li ochilishi, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlariga tezyurar poyezdlar uchun elektrlashtirilgan temir yo'llari ochilishini aytib o'tish joiz.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. Bu vazifani bajarishda turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining ham hissasi katta.

Qo'mitaning asosiy vazifalari turistik salohiyatni tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik tarmog'i maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta'minlash; turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari, turizm sohasida faol reklama va axborot siyosatini olib borish, tarixiy-madaniy merosni keng targ'ib qilishga, O'zbekiston Respublikasining turistik obro'sini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy sayyohlik mahsulotlarini va brendlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga targ'ib qilishga qaratilgan.16

Hudud imidji, uning chet el va mamlakatning ishbilarmonlari doirasidagi obro'si har qanday umumdavlat va mintaqaviy, tashqi iqtisodiy va siyosiy loyihalarni ilgari surishda eng muhim omillardan hisoblanadi.

"Yaxshi nom" mamlakat, mintaqa, shaharlardagi ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Bu ayniqsa, investitsiyalarni jalb qilishda juda qo'l keladi. U yoki bu hududning yaxshi imidji undagi ko'plab muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi. Umuman olganda, doimiy mijozlar ongida turistik hudud obrazi uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bu o'sha hudud vakillari bilan muloqotda bo'lish, o'sha hudud haqida ijobiy tasavvurlarni: insonning jon qadriyatlari, filmlar ko'rish, adabiyotlar o'qish, elektron kanallardan ma'lumot olish va boshqa harakatlar orqali hayotiy tajriba orttirish jarayonida; hudud vakillari bilan o'zaro hamkorlik va muloqot qilganda;

turli marketingli texnologiyalar yordamida hududni maqsadli ravishda ilg'or joylar qatoriga olib chiqish; turistlar havfsizligini ta'minlash, turizmning atrof muhitga salbiy ta'sirini pasaytirish va tabiatni asrash bo'yicha tadbirlarni o'tkazish orqali, hududda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta'minlash orqali shakllantirish mumkin.

Turistik hudud obraziga muayyan jihatlar xos bo'ladi. Ularning birinchisi – o'zgaruvchanlik. Turistlar tomonidan hududni o'zlashtirish davomida vaqt

o'tishi bilan o'sha hudud obrazi shakllanadi va o'zgarib boradi. Hudud obrazi o'zgarishi jarayoni 3 bosqichda kechadi.17

Birinchi bosqichda hudud tanishroq bo'lib va ommaviylashib boraveradi. Mazkur bosqichning davomiyligi hududdagi mavjud resurslar sifati va hudud bozorining chaqqonligi bilan (ya'ni shu joyning haridorgirligi bilan) belgilanadi. Keyin ikkinchi murakkab bosqich boshlanadi. Bu bosqich uchun jamoatchilik nazarida shakllanib bo'lgan hudud obrazi xos. Bu bosqichning davomiyligi mazkur turistik hududda namoyon bo'luvchi ichki va tashqi omillarga bog'liq. Uchinchi bosqich, bu tanazzulga yuz tutish bosqichi bo'lib, bunda turistik hudud obrazi so'nib boraverishi kuzatiladi.

Turistik hudud obrazining ikkinchi xususiyati - bu uning tarixiyligi, ya'ni ushbu hududning ma'lum darajada biror bir tarixiy voqea yoki ijtimoiy vaziyat bilan bog'liqligi. Uchinchi xususiyat – bu xalqaro maydonda shakllanib bo'lgan stereotiplar orasida nisbiy barqarorligi bilan ajralib turishi.

Mutaxassislar turistik huduning boshqa xususiyatlari jumlasiga turistik hudud obrazini tashkil qiluvchi xususiyatlar kompleksliligi, ushbu hudud to'g'risidagi nuqtayi nazarlar plyuralizmi, mintaqadagi taraqqiyotning ob'ektiv ko'rsatkichlariga bog'liqlik kabilarni ham kiritadilar .18

Turistik hudud imidji shakllanishiga oid tadqiqotlarda o'sha hududga xos atributik belgilar va ramzlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ramz bu ko'pchilik tomonidan tan olingan shartli ashyoviy tanishtiruvchi belgi hisoblanadi. Hududning rasmiy belgilari qatoriga bayroq, gerb, madhiya va valyuta kiradi. Hududning norasmiy ramzlari jihatiga an'anaviy xunarmandchilik tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va milliy taomlar, milliy kiyimlar, juda tanish me'moriy, arxeologik yodgorliklari, ishlab chiqarish ob'ektlari hamda noyob darranda va parrandalar, o'simliklar, xalq madaniy bayramlari, o'tmishdagi va hozirda mashhur bo'lgan insonlar (guruhi) va boshqa narsalar kiradi. 19Rasmiy va norasmiy simvolika turistik hududning obrazini shakllantiruvchi imidj resurslari sifatida namoyon bo'ladi. Hududning imidj resurslari deganda OAV orqali juda oson taqdim etiladigan ma'lum hududning muayyan belgi va ramzlari, arxitiplari tushuniladi.

Hududning turistik jozibadorligi, eng avvalo, tabiiy va tarixiy-madaniy turistik resurslardan tarkib topadi. Bunda jozibadorlik doimiy xususiyat bo'la olmaydi, chunki u doimo qator omillar ta'siriga mahkum, bu, shubhasiz, turizmning moddiy-texnik bazasiga borib taqaladi.

Turistik hudud imidjini shakllantirishda hududning geografik obrazi rivojlanishidagi tasavvurlardan ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, hudud imidjini OAV tomonidan taqdim etilgan geografik obrazning bir qismi deb hisoblash mumkin.

Jamoatchilik onggida esa bir hudud imidji turlicha shakllanadi. Zero odamlar hudud haqida u bilan bog'liq bo'lgan turlicha axborotga, turlicha tajribaga ega bo'ladiar. Turistik hudud imidjini yaratish, rivojlantirish va targ'ib qilishda maqsadli auditoriyani tizimli o'rganish asosiy bosqich sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur bosqich hukumat organlari, qo'shni ma'muriy sub'ektlar, yirik tadbirkorlar va tashkilotlar, turli yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy aholi vakillaridan iborat ma'lum maqsadli auditoriyalarni ajratib olishni taqozo etadi. Turistik hudud imidjini shakllantirishning mazkur bosqichida bozor tadqiq va tahlil qilinadi, hudud va uning raqobatchilarining hududga oid qisqa va uzoq muddatli aspektlari aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich hududdagi murakkab savdo-sotiq siyosatining maqsadlari bilan bog'liq bo'ladi. Jumladan, bunda turizm bozori, undagi turistik mahsulotlarning tarqalish usullari haqida tasavvurga ega bo'lish juda muhim.

Belgilangan maqsadlar turistik hudud imidjini shakllantirishning uchinchi bosqichida amalga oshiriladi. Bunda turistik hududning jozibadorligini alohida ta'kidlovchi ishlab chiqilayotgan turistik mahsulotning tipik qiyofasini yaratish;

millat, yosh, daromad, ta'lim, oilaviy holat kabi ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda potentsial (doimiy bo'la oladigan) iste'molchi obrazini yaratib bozorni taqsimlash;potentsial turist ehtiyojlarini qondira oladigan va hudud uchun maksimal daromad keltiradigan turistik tovarlar va xizmatlar kompleksini ishlab chiqish talab etiladi.

Turistik hudud imidjini shakllantirishning oxirgi bosqichida hududdagi turistik mahsulotni sotishning turli usullari tanlanadi va qo'llaniladi. Bu yerda mahsulot tayyorlanadi, uni shakllantiriladi, narxlari belgilanadi va (masalan, reklama aktsiyalari kabi) sotish yo'llari aniqlanadi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda turistik hudud imidjini shakllantirish va targ'ib qilish turistik sohadagi mintaqaviy siyosatning dolzarb tamoyillaridan hisoblanadi. Hudud imidjini yaratish va uni OAV orqali targ'ib qilish, uni tanuvchan qilishga, hududga ko'pchilik diqqat-e'tiborini qaratilishiga, uning infrastrukturasining yaxshilanishiga, samarali targ'ib qilinishiga sabab bo'ladi.Biror bir turistik hududning bunday imidjni shakllantirishda OAVning ahamiyati beqiyosdir. Biror bir imidjni ongli ravishda yaratish yoki unga biror bir zarur tuzatishlar kiritish kerak bo'lganida, ya'ni ijtimoiy yoki siyosiy buyurtma berilganida, ularning roli yanada oshadi.

Hozirgi jahon hamjamiyatida hudud, mintaqaning raqobatbardoshligiga ular, ya'ni shu joylar haqidagi axborot resurslari muhim hisoblanadi. Bunda ommaviy kommunikatsiya vositalarining roli katta ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik turli OAV dan olingan axborot, ma'lumotlarga asoslanib, sodir bo'layotgan voqea-hodisalar yoki narsalar, joylar haqida o'z fikr-mulohazalarini shakllantiradi.

Shubhasiz, axborot hukmron bo'lgan davrda OAVning biror hudud haqida tasavvurlar shakllantirishda hissasi juda katta bo'ladi. Chunki OAV har qanday bir voqea hodisani turlicha talqin qilib berishi mumkin. Bunda turli resurslardan foydalanish ham ko'zda tutiladi. Masalan, O'zbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish o'rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko'payishida muhim o'rin tutmoqda. Aynan turizmning mazkur jihatlarini dron jurnalistikasi imkoniyatlaridan foydalanib yoritish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me'moriy obidalari, zamonaviy shaharlarini qush qanot qoqqan balandlikdan, panorama formatida suratga olish, dunyoga mashhur tarixiy obidalarni ajratib ko'rsatish O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini oshishiga olib kelishi muqarrar. Masalan, 2019-yil 21-23- fevral kunlari Buxoro shahrining yoshlar markazida ziyorat turizmi bo'yicha bo'lib o'tgan birinchi xalqaro Forumida 120 dan ortiq Islom dunyosidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, tegishli idoralar, din ulamolari, oliy o'quv yurtlari, sayyohlik ma'muriyatlari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi bo'yicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari va turoperatorlar ishtirok etadi. Shu bilan birga, ziyorat-turizmi bo'yicha forum hamda respublika turistik salohiyatini keng yoritish maqsadida, 14 nafar xorijiy OAV vakillari, jumladan, Euronews (Fransiya), Al Jazeera (Qatar), "Al-Axram al-iktisadi" (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), "Kommersant" (Rossiya), "Al-Vajxat" (Ummon), Al Hayat (Saudiya) gazetalari xodimlari ham ishtirok etishdi. Aynan Euronews va Al Jazeera telekanallari tomonidan tayyorlangan lavhalarda drondan foydalanildi .20

Samarqand O'zbekistonda turizmni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shayotgan qadimiy shaharlardan biridir. O'tgan yillar mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug'bek observatoriyasini ta'mirlash hamda rekonstruktsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog' va xiyobonlar barpo etildi. Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001 yili YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta'minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko'rsatayotir. Buxoro – dunyo sayyohlarining e'tiborini o'ziga tobora keng jalb etayotgan eng qadimiy shaharlarimizdan. Istiqlol yillarida bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shahar husniga husn qo'shdi. Turizm infratuzilmasi rivojlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Ark, Mir Arab, Ulug'bek madrasalari, Minorai Kalon, Chorbakr va Labihovuz majmualari, Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G'ijduvoniy qadamjolarida keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini dunyo bo'ylab keng targ'ib qilish maqsadida "Al-Jazira" telekanalining bir guruh ijodiy jamoasi 2019 yilning 21-23-fevral kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumiga taklif etilgan edi.Ushbu ijodiy guruh tashrifi davomida Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida tasvirga olish ishlarini olib bordi.

Joriy yil 14-apreldan boshlab ushbu telekanalning Arab tilidagi efiri orqali "O'zbekiston" nomli ko'rsatuv namoyish etila boshlandi. Ko'rsatuvning birinchi sonidan Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi va Mushafi Usmon, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband yodgorligi hamda ushbu shaharda o'tkazilgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumidan tayyorlangan lavhalar joy olgan. Ushbu ko'rsatuv "Al-Jazira"ning ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining ma'lum qilishicha, "Al-Jazira" telekanali bir hafta davomida yurtimizning diniy ulamolari va qomusiy allomalari, shuningdek, ziyorat turizmi va turizmning boshqa turlari, boy madaniy merosining rang-barang namunalari haqida ma'lumot beruvchi turkum ko'rsatuvlar efirga uzatiladi. Shu munosabat bilan Samarqand o'lkasi internet tarmoqlaridagi axborot resurslari orqali turistik mahsulot sifatida tahlil qilindi.

Samarqand viloyati hokimligining axborot xizmati rahbari Mannob Ibodullayevning aytishicha, "Al-Jazira" telekanali O'zbekiston nomli ko'rsatuvini efirga uzatganidan so'ng Samarqand hududida sayyohlar boradigan manzillar soni ortib bormoqda. Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli (Sherdor, Tillakori, Mirzo Ulug'bek madrasalari), Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, shohi Zinda yodgorligi, Xo'ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir Devonbegi kompleksi, Xo'ja Ahror Valiy masjidi, Urgut tumanidagi G'avsul A'zam, Xo'ja omon, Chor Chinor ziyoratgohlari, Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi har doim mahalliy va xorijlik mehmonlar bilan gavjum.

Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyati Payariq tumanidagi Imom -Buxoriy majmuasini, albatta, ziyorat qiladi. 2018-yilning birinchi choragida Imom Buxoriy majmuasini 311 ming nafardan ortiq sayyohlar, jumladan, 2000 nafarga yaqin xorijliklar ziyorat qilgan. Bu o'tgan yilning shu davridagiga nisbatan 146 ming nafarga ko'p demakdir.

Qolaversa, xavfsiz turizm bo'yicha reyting Fransiyaning Insurly portalida e'lon qilingan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sog'liqni saqlash darajasi, jinoyatchilik bo'yicha ahvol, jumladan terrorchilik ham va transport hodisalari hisobga olingan. 2020-yilda sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha 1-o'rin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveytsariyaga berildi. 2-o'ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq Ko'rildi. 3-o'rinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ball berilgan. Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o'ntaligiga shuningdek, Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.O'zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o'rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo'nalishda O'zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo, O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi.

Shuningdek portalda ta'kidlanishicha, O'zbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo'q. Reytingdagi 46-o'rin O'zbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi o'ringa olib chiqdi.21

Rossiyalik Blogerlar o'zbek milliy taomlarini dunyoga tanitishda OAVdan foydalanmoqdalar.. "Summerdays" YouTube kanali yurituvchilari rossiyalik Blogerlar Denis va Tanya Andijonga sayohat qildi.Denis va Tanya gastronomik turizm bo'yicha blog yuritib, o'z obunachilarini o'zbek oshxonasining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirib boradi.Bu ikkala bloger Andijon shahriga kelgan kunidayoq mashhur "Andijoncha choyxona palovi"ning tayyorlanish jarayonini suratga oldi va o'z kanaliga joylashtirdi. Ushbu videolavha allaqachon 186 ming martadan ortiq tomosha qilindi. Viloyatga kelganlariga to'rt kun bo'lgan Blogerlar bugungacha Izboskan tumanidagi xonadonlardan birida shavla tayyorlash, Andijon tumanidagi xonadonlardan birida "uy oshi" tayyorlash, Shahrixon shahridagi pichoqchi hunarmandlarning milliy pichoq tayyorlash jarayonlari haqidagi videolavhalarni o'zlarining YouTube kanallariga joylashtirdi. Videolavhalar 540 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Denis va Tanya shuningdek Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish va ular haqida ham ko'rsatuv tayyorlashni ham rejalashtirgan. Ma'lumot uchun: Denis va Tanyaning "Summerdays" YouTube kanali obunachilari soni 171 ming nafardan ziyod bo'lib, kanalga joylangan videoroliklar 40 million martadan ortiq tomosha qilingan. Bu ularning O'zbekistonga birinchi kelishlari emas. Ular avvalroq Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida ham bo'lib, o'z obunachilarini mazkur viloyatlarning o'ziga xos taomlarini tayyorlash jarayoni bilan tanishtirgan.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, yaxshi ma'noda mintaqa imidjini shakllantirishda OAVga u yoki bu dam olish joylari haqida qanday ma'lumotlar kelib qolgani muhim. Barqaror siyosiy vaziyat, qulay iqlim, yuqori darajadagi servis xizmati, rivojlangan infrastrukturalarning barchasi mintaqani sayyohlar uchun jozibador qilib ko'rsatadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish