Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


II BOB O'ZBEKISTON IMIDJINI SHAKLLANTIRISHDA TURIZM SIYOSATINING BOSMA NASHRLARDA YORITILISHI



Download 3,02 Mb.
bet5/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI333

II BOB

O'ZBEKISTON IMIDJINI SHAKLLANTIRISHDA TURIZM SIYOSATINING BOSMA NASHRLARDA YORITILISHI

2.1. "UZBEKISTAN_TRAVEL" jurnalining tahlili

Turizm sohasi bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo'yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Davlat daromadining o'sishida ham turizmning ahamiyati katta. So'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yil yanvarida yurtimizga kirib kelgan sayyohlar soni 437 265 nafarni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yilning yanvar oyida 538 360 nafarga o'sgan.26 Quyidagi raqamlar bir yil mobaynida sayyohlarning yurtimizga kelishi 23,1 foizga o'sganini ko'rsatadi.

Turizm xizmatlarini eksport qilish iqtisodiyotda qo'shimcha talab yaratib, aholini ish bilan ta'minlaydi va xorijiy valyuta tushumini oshiradi. Shu orqali turizm sohasi iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida muhim rol o'ynaydi.

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta'kidlanishicha, mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta'sir ko'rsatadi. U mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta'minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko'rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug'ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon turizm tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2018 yilda jahon sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 4 foizga oshib, 1.7 trillion dollarni, xalqaro sayyohlik tashriflari soni esa 5 foizga o'sib, 1.4 milliardni tashkil qildi. Bunga sabab bo'luvchi asosiy omillar sifatida rivojlanayotgan mamlakatlardagi arzon narxlar va ular tomonidan viza jarayonlarini soddalashtirilishi hisoblanadi .27

O'zbekistonda ham 2019-yil davomida turizmni rivojlantirish bo'yicha jadal ishlar davom ettirildi. Shu jumladan, viza rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha to'siqlarni bartaraf etish va sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish bo'yicha qator choralar Ko'rildi. Natijada, 2019 yil yakunlariga ko'ra turizm xizmatlari eksporti 2018 yilga nisbatan 26.1 foizga o'sib, 1.3 milliard dollarni tashkil qildi va sohaning xizmatlar eksportidagi ulushi 39.3 foizga yetdi28.

So'ngi davrda xalqaro turizm jahon xo'jaligini eng yirik va yuqori daromad keltiruvchi sohalardan biriga aylanib, katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. Uning hissasiga investitsiyalar umumiy hajmining yettidan to'rt qismi, barcha soliq tushumlarining beshdan to'rt va xizmatlar bo'yicha jahon savdosining uchdan bir qismi to'g'ri kelmoqda. Xalqaro turizm ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish katalizatori sifatida transport va aloqa, savdo, qurilish, qishloq xo'jaligi, xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish singari iqtisodiyotning tayanch sektorlariga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Turizm sohasi hozirgi paytda, 250 mln. ya'ni jahondagi har sakkiz xodimdan birini ish bilan ta'minlab turibdi.

Milliy turizmni rivojlantirish, chet ellik fuqarolarni yurtimizning tarixiy obidalari va so'lim go'shalari bilan tanishtirishda O'zbekiston ommaviy axborot vositalariing xizmati katta. Mana shunday OAV laridan biriga aylangan "Uzbekistan_Travel" jurnali O'zbekistonning matbuot va axborotlashtirish agentligi tomonidan 20/11/2020 (0915-son) 29 ro'yxatga olingan. Yurtimizdagi sayyohlar va ishbilarmonar uchun ingliz tilida nashr etilgan ilk nashrlardan bo'lib, unda sayyohlik salohiyati, mamlakatning ijtimoiy va madaniy hayotidagi voqealar, san'at, gastronomiya, urf-odatlar, meros va odamlar to'g'risidagi sifatli ma'lumotlar keltiriladi. Jurnal juda sodda va tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Uni ingliz tilini o'rganishni yaqinda boshlagan o'quvchi ham o'qib tushunishi mumkin. Bu uning asosiy yutug'i hisoblanadi. Qolaversa, yorqin ranglar, mahorat bilan suratga olingan va jilvakor varaqlarga muhrlangan suratlar kishini chet tilini bilmasada yurtimizning tarixga boy manzaralarini, bugungi so'lim go'shalaridan tortib, o'zini ko'z-ko'z qilishga arziydigan inshaotlari haqida anchaniga ma'lumot ola olishini ta'minlaydi. Turistik marshrutlar, xaritalar, bo'lajak tadbirlarning afishalari, xaridlar haqida juda ko'p foydali ma'lumotlar berib boriladi. Jurnal har chorakda 10 ming nusxagacha tiraj bilan chiqariladi, shuningdek, jurnalning maxsus raqamlari har oy 3000 nusxada chop etiladi va dunyo bo'ylab elchixonalar, sayyohlik kompaniyalari, sayyohlik ko'rgazmalari va sheriklar orqali tarqatiladi.

Jurnalning bugungi kunga qadar chop etilgan nusxalarini tahlil qiladigan bo'lsak, unda o'zbek milliy taomlari, an'analari sodda tilda, xalqona uslubda yoritib beriladi. Jurnalning muvafaqqiyati, jurnalistlarning sayyohlarga qiziq bo'ladigan obektlarni to'g'ri tanlashi, sarlavhani qiziqarli yozish va sur'atni chiroyli tarzda joylashidadir. Nashrning 2020 yilda chop etilgan sonlarida "How did eating Palov once a week become a tradition for uzbeks?", "Bride's greeting" kabi milliy urf-odatlarimiz haqidagi qiziq hikoya maqolalar chop etilgan. Jurnalning har bir sonida birorta milliy taomimizning kelib chiqish tarixi, tayyorlanishi va tanovvul usullari haqida hikoya qilinadi. Mana shunday maqolalardan biri jurnalning 2020 yil 2-sonida "Came, Saw, Eaten" nomi bilan chop etilgan. Unda o'zbeklarning go'shtli taomlarni tanavvul qilishni yaxshi ko'rishi, tandirda pishirilgan go'shtning ta'mi o'zgachaligi haqida gap boradi. Maqolaning yutug'i, u qisqa va juda sodda tilda yozilgan. Satrlarda ifodalab bo'lmaydigan jarayonlar "tirik" sur'atlar yordamida aks ettirilgan. Ortiqcha bo'rtirish, ulug'lash yo'q. Hammasi juda oddiy va sodda yoritilgan.

Jurnal nafaqat, taomlarni balki xalqona urf-odatlarimiz bilan ham sayyohlarni tanishtirib boradi. "Kupkari: Discover the Uzbek Polo" maqolasida xalq orasida mashxur bo'lgan ko'pkari va uning qoidalari bayon qilingan. Maqola hikoya bilan boshlanib o'quvchini o'ziga jalb qiladi. Qisqa hikoyadan so'ng o'yin haqida qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar, faktlar taqdim etiladi.

Qolaversa, jurnalning e'tiborga molik tomonlari quyidagilar:

- jurnal 12 tilda nashr etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda esa, ingliz, nemis, rus, koreys, yapon, fransuz tillarida nashr qilinmoqda.

- jurnalning mazmuni mentalitetni qiziqishini hisobga olgan holda shakllanadi;

- jurnal turizm sanoati uchun turli xil mavzularni o'z ichiga oladi;

- jurnal eksklyuziv materiallar va yorqin rasmlarga boy;

- jurnal asosan, chet elda tarqatilishi rejalashtirilgan:

barcha yirik xorijiy tadbirlarda, samolyot va aeroportlarda, diplomatik vakolatxonalarda, O'zbekiston Respublikasi O'zR temir yo'l vokzallarida, poyezdlarda, mehmonxonalarda va boshqalarda.

Jurnalda sayyohatchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan, jurnalning har sonida o'zbek iboralarining tarjimalari taqdim etib boriladi. Har bir sonda biror mavzuga oid bo'lgan so'zlar tanlab olinadi. Masalan, jurnalning 2020 yilda chop etilgan sonida salomlashish va tanishuvga oid iboralar tarjimasi bilan keltirilgan. O'zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurgan sayyoh uchun o'zbek tilida gaplashish imkoni ham yaratilgan.

Jurnalda chop etilgan mashhur maqolalardan biri "10 Reasons to Visit Uzbekistan", ya'ni, "O'zbekistongga tashrif buyurishning 10 sababi" nomi bilan chop etilgan. Unda O'zbekistonning eng go'zal jabhalari faktlar bilan ochib berilgan. Maqola O'zbekiston yaqin yillarda jahon turizmi markazlaridan biriga aylanishga va'da berganligini eslatuvchi so'zlar bilan boshlanadi.

"Qadim zamonlardan buyon O'zbekiston Buyuk Ipak yo'lining muhim markazlaridan biri bo'lib, ulkan salohiyatga, tabiiy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ajoyib an'ana va urf-odatlarga ega. Hozirgi kunda O'zbekiston nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda, balki turizm sohasida ham yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydi".30

Sayyohlar O'zbekistonga tashrif buyurish uchun ko'p sabablarni topishlari mumkin, deydi muallif. O'zbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosi, ko'p asrlik an'analari, qadimiy shaharlarining noyob me'moriy yodgorliklari chet eldan ko'plab sayyohlarni jalb qilmoqda. O'zbekiston boy tarixiy obidalarga ega, xususan Buxoro, Xiva va Samarqand shaharlari ko'p asrlar davomida qudratli shohliklarning poytaxtlari bo'lganligini O'zbekistonga tashrif buyurishning ikkinchi sababi qilib ko'rsatilgan. Tarix va madaniyat - Samarqand, Buxoro va Xiva minoralari asrlar davomida yoritilgan maqbaralari va bezakli naqshlar bilan bezatilgan madrasaning gumbazlari hayratga soladi va bu so'zlar jurnalda suratlar bilan ham yaqqol namoyon qilingan. Juda kichik, lekin sayyohlar uchun katta bir qiziqarli detal bo'lib xizmat qiluvchi narsalarga ham maqolada alohida e'tibor qaratilgan. "Qadimgi ustalarning noyob dizayni, kompozitsiyasi va texnologik yechimlari diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladigan tomoshabinlarning hayratini uyg'otadi".

Mamlakat bo'ylab sayohat qilish har bir sayohatchini ma'naviy boyitadi. Hozirgi kunda O'zbekistonning shon-shuhratga sazovor tomoni shundaki, 15 mingga yaqin madaniy, arxeologik va me'moriy meros ob'ektlari butun mamlakat bo'ylab tarqalgan. Etnik turizm - zamonaviy mehmonxonalar ko'pincha bir-biridan ajralib turadi. Mehmonxona xonasida uyg'onish, darhol buni tushunmaydi: Kanberra yoki Bern? Shanirak ostida - ko'chmanchi uy gumbazidagi dumaloq panjara - yulduzlar ostida cho'lda uxlab qolish - umuman boshqa narsa.

Uyning dizayni ikki yarim ming yil ichida o'zgarmadi, u issiqda soviydi va sovuqda qiziydi. Etnik turizm O'zbekiston hayotiga qo'shilish uchun imkoniyat yaratadi. Bahordan kuzgacha turli etnografik, oshpazlik va hunarmandchilik yarmarkalari bo'lib, ularda dunyoning turli burchaklaridan o'n minglab tomoshabinlar o'zbek xalqining madaniy xilma-xilligi bilan tanishish uchun yig'ilishadi.



Bo'sh vaqt - hozirgi sayohatchimiz yodgorlikdan yodgorlikgacha bo'lgan ko'rsatmalarga rioya qilishdan ko'proq narsani xohlaydi. O'zbekiston bunday sayyohlarga ko'plab jozibali va qiziqarli joylarni taklif etadi: Chimgan cho'qqilari va Chorvoq suv ombori, Nurota tog'lari yoki plato bilan birga. Faol hayot tarzini sevuvchilar uchun bu yerda chinakam sayohat: tog'sayohatlari, baliq ovi va ovchilik, qishda - chang'i sporti va eng jasurlari uchun - heli Ski turlari.

Ekologik turizm - dunyoning aksariyat katta shaharlari tungi osmonini ifloslagan holda, Toshkent tog'larning yaqinligi tufayli go'zal yulduzli tun bilan ajralib turadi. Buning ajablanarli joyi yo'q: O'zbekistonda ko'plab mashhur sayyohlik marshrutlari tabiat qo'riqxonalari va milliy bog'lar yaqinida, ayiqlar yoki burgut kabi hayvonlar bilan o'ralgan, deydi muallif. Bunda O'zbekistonning toza havosi, tog'lari nazarda tutilgan bo'lib, suratda satrlarning ahamiyati yanada yaxshi ochib berilgan.

Dam olish uchun - O'zbekistonning go'zal tog'kurortlariga sayohatlari eng ommabop. O'zbekiston, shuningdek, ichimlik va terapevtik vannalar va dush uchun termal, xlorid-gidrokarbonat natriyli suvlarni taklif etadigan balneologik kurortlarga boy. Jurnalist sayyoh uchun eng avvalo salomatlik muhimligini unutmagan holda, yurtimizning shifobaxsh maskanlarini ham keltirib o'tgani maqolaning yutuqlaridan biridir.

Maqola tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmagan sayyoh uchun juda qiziq, kerakli va xayratlanarli jabhalar ochib berilgan. Jurnalni o'rganish davomida, sayyohlar uchun barcha qulayliklar, imkoniyatlar to'liq yoritib borilganini ko'rish mumkin. Masalan, turist uchun uyali a'loqa kompaniyalari va ularning maxsus tariflari haqidagi ma'lumotlar, viza olish to'g'risidagi ma'lumotlar, mehmonxona va transport haqida barcha imkoniyatlar keng yoritib boriladi.

" Uzbekistan_Travel" yurtimizdagi eng qiziqarli va so'lim go'shalarni tanlay biladi. Masalan, jurnalda e'lon qilingan "THE tashkent METRO" maqolasida yer osti yo'lining go'zal va xashamdorligi go'zal tasvirlangan. Maqola bir nechta kichik sarlavhalardan iborat: "The Tashkent metro", "Photography", "The earthquake of april 26,1966", 'Art as starting point" va "Practical". Maqolada metroning bunyod bo'lishi, unga qancha mablag' ajratilganligi, devorlarda aks etgan manzaralarning yaratilish tarixi ochib berilgan. Shuningdek, maqolada 1966 yilda bo'lib o'tkan yer silkinishi va undan talofat ko'rgan metro haqida ham bir qancha faktlar keltirilgan.

Jurnalning har bir soni muallif jumlalari bilan boshlanadi. Bu allaqachon " Uzbekistan_Travel" ning an'analaridan biriga aylangan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Jurnal bosh muharriri Dilfuza Samandarova har bir sonning kirish qismini o'zi yozib, unda jurnalning faoliyati, erishgan yutuqlari, oldiga qo'ygan maqsadi va bajarmoqchi bo'lgan rejalari haqida tahlil qilib boradi.

Rukn va sarlavhalarni bezash vaqtida juda ham o'ynoqi shriftlar va yorqin ranglardan qochish lozim. Ularni satirik janrlar va tarixiy materiallarga ishlatish mumkin. Shunda ham ular bir qarashda o'quvchi tomonidan o'qilishi lozim. Aks hollarda tushunarsiz sarlavhalar, ko'p hollarda mushtariy diqqatidan chetda qoladi va materialning e'tiborsiz qolishiga olib keladi.31

Jurnalning dizayni haqida alohida to'xtalib o'tish joiz. Jurnal xalqaro standartlarga mos ravishda dizaynlanadi. Unda ortiqcha hashamat yo'q. Shriftlarni ham iloji boricha sodda usulda tanlanadi. 50 sahifadan iborat bo'lgan jurnalning ham bir betida yangi informatsiyalar va albatta reklamalar joy olgan bo'ladi. Xalqaro tan olingan bu dizaynda ochiq joylarni ko'p ko'rish mumkin. Bunda matnni joylashdagi psixologiya yotadi. Ya'ni bugun o'quvchini katta va keng matnli maqolalar umuman qiziqtirmay qo'ygan. Shu bilan birga, muqovada zich joylangan matn, shrift, sarlavha va rasmlar o'quvchini charchatadi. O'ziga jalb etishning eng yaxshi usuli deb, qisqa va havodan iborat bo'lgan joylashtirish san'ati ma'qullanadi.

Sarlavha-iqtiboslarni mazmunga xos o'zgartirilishi: mazkur sarlavha qo'yish usulida ko'p hollarda mualliflar biror bir iqtibosni olib, o'zgartirishadi. Sarlavha-iqtibosda asosan maqola qahramonining so'zlari sarlavhaga olib chiqiladi. Sarlavha-murojaat: "doimo ezgulikka intiling", "non rizqro'zimiz, uni asrang!". Bunday ruhdagi sarlavhalar biror bir maqsadga dav'at etadi, undaydi, targ'ibot-tashviqot ishlarida qo'llaniladi. Rukn – umumlashgan sarlavhadir. XIX asr boshlarida gazetalardagi matnlar sarlavhasiz berilar edi. Har bir xabarning boshida xabar jo'natilgan shaharning nomi, tahririyatga kelgan vaqti ko'rsatilardi, xolos. Ilk marotaba xabarlarga sarlavhalar birinchi betda, ularga anons shaklida berila boshladi. Keyinchalik bu sarlavhalar umumiy tarzda muhim xabarlarning ustiga ham yozila boshlandi. Hozir barcha jurnalistik materiallar, shuningdek Internet tizimida ham hattoki fotosuratlar ham sarlavha bilan beriladi. Ko'p hollarda sarlavha ustiga rukn - umumiy sarlavha ham qo'yiladi. Ruknlar juda ham qisqa bo'lib, materialning umumiy mazmunini o'zida aks ettiradi. Xalqaro jurnalistikada rukn va sarlavhaga quyidagi talablar qo'yiladi: - material mazmuni aks etishi; - o'quvchining diqqat-e'tiborini jalb etishi; - qisqa, lo'nda va aniq bo'lishi; - sodda tilda yozilishi (albatta, bundan ilmiy matnlar mustasno).32

"Uzbekistan_Travel" jurnalida aks etgan maqolalarning barchasi talabga javob beradi. "7 wonders of Kashkadrya", "The Noble rider", "365 days of sun", "Came, Saw, Eaten" sarlavhalari ostida chiqqan maqolalar bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Shuningdek, jurnalning "Usefull adresses" deb nomlangan sahifasi bo'lib, unda sayyohlik agentliklari tomonidan taqdim etilmagan, lekin ko'rishga arzigulik manzilgohlar haqida so'z boradi.

Jamiyatni axborotlashtirishni rivojlantirish sharoitida reklama faoliyati yanada o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. U turistik korxona va istemolchi, vositachilar, turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, aloqa qiluvchi auditoriyalar, davlatlar tashkilotlari o'rtasidagi kommunikatsiyalarni o'rnatuvchi., qo'llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi marketingni noyob instrumenti bo'lib qoldi. 33Reklama faoliyati yordamida bozor bilan teskari aloqa qo'llab-quvatlanadi. Bu esa turistik xizmatlarni siljitishni nazorat qilishga, istemolchilarga turistik xizmatlarni afzal ko'rishning barqaror tizimini yaratish va mustahkamlashga, hamda sotish faoliyatiga malum tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Yangi turistik mahsulotning paydo bo'lishi to'g'risidagi malumot uning barcha foydaliligi va ahamiyati, samara berishini tashkillashtirishni talab etadi. Bunday samaraga televideniya va matbuotda reklama berish bilan erishiladi. Agar asosiy maqsad-firma nufuzini shakllantirish bo'lsa, tashqi reklamadan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir auditoriya o'zining xosligiga., qiziqishlariga ega bo'lganligi sababli, aniq istemolchilarning aniq guruhiga yo'naltirilgan reklama maqsadlariga erishish uchun mazkur o'zaro xosliklarni reklama malumotlarini keng yoyishning zaruriy vositasini tanlab olinganda boshlang'ich punkt sifatida ko'rib chiqish zarur bo'ladi.

Turizm sohasida beriladigan reklamalarni joylashtirishda ham jurnalning ahamiyati katta. Jurnalda marketing sohasi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Reklama maqolalar ham oddiy tarzda emas, o'zgacha uslubda yondashgan holda yoziladi. Chet ellik hamkorlarni izlashda yaxshi vositachi vazifasini yaratadi. "Uzbekistan Airways", NBU, WYNDHAM va yana bir qancha tashkilotlar doimiy ravishda o'z reklamalarini jurnal sahifalariga joylashtirib boradi.

Bugungi kunga qadar "Uzbekistan_Travel" jurnali turizm sohasining yuksalishiga o'zining katta hissasini qo'shib kelmoqda. Sayyohlik agentliklari bilan hamkorlikda ish olib borishi uning yutuqlaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonda ingliz tilida chop etilgan bo'lishiga qaramasdan, u o'zini oqlay oldi va juda tez tanildi. Bunda ijodiy guruh a'zolarining hissasi katta. Jurnalda 6 nafar fotograf faoliyat yuritadi va bu sur'atlarining takrorlanmasligini ta'minlaydi. Xorijiy stilda tayyorlangan nashr turistlar uchun ham qiziq va foydali bo'ladi. Turizm sohasini yorituvchi yangi va yosh ommaviy axborot vositalariga namuna qilib ko'rsatish va undagi ko'p narsani o'rgangan holda yangi nashrlarni chop etish mumkin.

Zamonaviy turizm sohasini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunki u turistik korxona to'g'risidagi malumotlarni o'z mijozlariga yetkazishning harakatdagi instrumenti bo'lib hisoblanadi. Mijozlar hatti-harakatini modifisikatsiyalashga imkon berib, taklif etilayotgan xizmatlarga ularning diqqat etiborini jalb qilish, korxona to'g'risida ijobiy nufuzni shakllantirish, uning ijtimoiy ahamiyatini namoyish etish uchun mo'ljallangan. Shuning uchun samarali reklama faoliyati butun marketing strategiyasi, jumladan kommunikatsion strategik maqsadlariga erishishning muhim vositasi hisoblanadi.

Jamiyatni axborotlashtirishni rivojlantirish sharoitida ommaviy axborot vositalari faoliyati yanada o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. U turistik korxona va istemolchi, vositachilar, turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, aloqa qiluvchi auditoriyalar, davlatlar tashkilotlari o'rtasidagi kommunikatsiyalarni o'rnatuvchi, qo'llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi, marketingni noyob instrumenti bo'lib qoldi Ommaviy axborot faoliyati yordamida bozor bilan teskari aloqa qo'llab-quvatlanadi. Bu esa turistik xizmatlarni siljitishni nazorat qilishga, istemolchilarga turistik xizmatlarni afzal ko'rishning barqaror tizimini yaratish va mustahkamlashga, hamda sotish faoliyatiga ma'lum tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Yangi turistik mahsulotning paydo bo'lishi to'g'risidagi malumot uning barcha foydaliligi va ahamiyati, samara berishini tashkillashtirishni talab etadi. Bunday samaraga televideniya va matbuotda reklama berish bilan erishiladi. Agar asosiy maqsad-firma nufuzini shakllantirish bo'lsa, tashqi reklamadan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir auditoriya o'zining xosligiga, qiziqishlariga ega bo'lganligi sababli, aniq istemolchilarning aniq guruhiga yo'naltirilgan reklama maqsadlariga erishish uchun mazkur o'zaro xosliklarni reklama malumotlari keng yoyishning zaruriy vositasini tanlab olinganda boshlang'ich punkt sifatida ko'rib chiqish zarur bo'ladi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish