Bitiruv malakaviy ish mavzu: Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 265 Kb.
bet4/7
Sana10.09.2017
Hajmi265 Kb.
#21525
1   2   3   4   5   6   7

Disgrafiyaning bu shakllari 1-P sinf o'quvchilarida, ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi. Bu shakllarda: tovushlarni eshitish yoki eshituv-talaffuz differensiatsiyasining buzilishi yozuvda "surat"dek aks etadi. Ko'pgina bolalarda tovushlarni eshituv-talaffuz differensiatsiyasining buzilishi saqlanganida ham yozuvda mos keluvchi harflarni almashtirish bo'lmaydi. Bu konpensator usullar tufayli ko'pincha so'zlarning ko'ruv obrazlarini beixtiyor eslab kolish tufayli sodir bo'ladi. Demak, agar bola j va sh tovushlarini eshitib farqlay olmasa, "soat" so'zini ko'p marotaba o'qigan va yozgan boisa , u holda "shoat" yozuvi optik jihatdan odatdagidek idrok qilinmaydi, bu esa uni xatolardan saqlaydi. Biroq kompensatsiyaning bunday yuli bolaga optik obrazi yaxshi tanish bo'lgan so'zlardagina mumkindir. Birinchi uchragan yoki kam tanish so'zni yozishda zaif eshituvchi, tabiiyki, xatolardan butunlay holi bo'lmaydi. Bunday turdagi kompensatsiya eshitilishi bo'yicha farqlanmaydigan tovushning optik jihatdan o'xshash harf bilan belgilanishida ham murakkablashadi.

Ко'rib chiqilgan disgrafiyalardan tashqari, fonematik analiz va sintez buzilishida ham disgrafiya kuzatiladi. Bunday disgrafiya uchun so'zlarda harflarni tashlab ketish va o'rnini almashtirish, ortiqcha harf qo'shish va boshqalar hisobiga so'zning tovush-bo'g'in tuzilishining buzish xarakterlidir.

Zaif eshituvchilar uchun bir nechta disgrafiya ko'rinishlarining uyg'unlashuvi xosdir.

Zaif eshituvchilarda disleksiya muammosi hozirgi vaqtga qadar o'rganilmay kelinmokda. Ular orasida fonetik-fonematik rivojlanmaganlikka asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarqalgan.

Zaif eshituvchi bolalarni logopedik tekshirish nutq buzilishining alomatlari va kechishini har tomonlama va to'liq aniqlashga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu, korreksion ta'sirning differensiatsiyalashgan va etiopatogenetik asoslangan usullarini qo'llash imkonini beruvchi differensiyalashgan diagnoz qo'yishni maqsad qilib qo'yadi. Zaif eshituvchi bolalarni tekshirish jarayonida ko'pincha sensor alaliyani zaif eshitishdan farqlab olish ehtiyoji tug'iladi.

Zaif eshituvchilarning impressiv nutqini tekshirish singari, ekspressiv nutqini har tomonlama tekshirish muhimdir. Agar nutq rivojlanmaganligidan tashqari eshitish funksiyasi holati bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, nutqning qandaydir boshqa buzilishlari mavjud bo'lsa (masalan, duduqlanish, rinolaliya va boshqalar), u holda tekshirish nomlangan kamchiliklar alomatlarining ketishi bilan to'ldiriladi.

Barcha bunday hollarda zaif eshituvchilarni logopedik tekshirish normal eshituvchi bolalarni tekshirishdan tubdan farq qilmaydi. Asosiy o'ziga xoslik, bola eshitish funksiyasining nuqsonliligini hisobga olish muhimligi bilan o'tkazish xarakteriga bog'liq. Xususan, tekshirish davomida, bolaning o'ziga taklif qilingan nutqiy materialni qanchalik eshitayotganligiga doimo e'tiborni qaratib turishga to'g'ri keladi. Aks holda ayrim vazifalar ularga tushunarsiz bo'lib qolishi mumkin, bu noto'g'ri tashxisga olib keladi.

Yaxshi eshitishni ta'minlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: ovoz balandligini kuchaytirish; gapiruvchi bilan bolaning quloq suprasi orasidagi masofani qisqartirish; tovush kuchaytiruvchi asboblar (ko'pincha, indi­vidual foydalanish uchun eshitish apparati).

Eshitishning kuchli pasayishida vositalar kombinatsiyalangan bo'lishi mumkin (masalan, bir vaqtning o'zida ovozni balandlatib, bola qulog'igacha bo'lgan masofani qisqartirish).

Yaqqol ifodalangan nutq rivojlanganligiga ega zaif eshituvchilar uchun tovushlarning eshituv differensiatsiyasi buzilishini tekshirish birmuncha muhimdir. Bolalarda tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holatini baholashda yo'l qo'yiladigan xatolarni oldini olish maqsadida, tekshirish jarayonida ko'ruv idrokining imkonini chegaralash maqsadida logoped yuzini ekran bilan to'sishi kerak. Bu shartga rioya qilinmasa, bola artikulatsion xususiyati bo'yicha tovushni farqlashi mumkin. Bu logoped tomonidan nomlangan "sim" "shim" kabi sjo'zlarni xatosiz takrorlashga yordam beradi. Tabiiyki, bundam noto'g'ri tushuncha hosil bo'ladi, bu esa xato xulosaga olib keladi.

Og'zaki diktantlarni o'tkazishda ham ko'ruv idrokini chegaralash lozim, biroq bunda ham zaif eshituvchilar yozuv jarayonida o'zlarida mavjud so'z obrazlariga tayanishlari mumkin.

Bolaning eshitish funksiyasi holati bilan bevosita bog'liq bo'lmagan nutq buzilishlarini zaif eshituvchilarda bartaraf etish, logopediyada qabul qilingan odatdagi usullar yordamida olib boriladi. O'ziga xos xususiyat, mavjud eshitish kamchiligini hisobga olish va individual yondoshuvni ta'minlashdan kelib chiqadi.

Lug'atni boyitish va mustahkamlash va nutqning grammatik qurilishini shakllantirish bo'yicha ish tizimi A.G. Zikeyeva, K.G. Korovina va boshqa muallifiar ishlarida yoritilgan. Zaif eshituvchi bolani yangi so'z bilan tanishtirishda, uni to'liq idrok qilishni ta'minlash lozim. Bunga so'zni yetarlicha baland va aniq talaffuz qilish hisobiga erishiladi. Xususan so'zning bir vaqtning o'zida (urg'usiz qismlari bilan bir xil) talaffuz qilish va bola diqqatini gapiruvchining artikulatsiyasiga qaratish va hokazolar ham shular jumlasidandir. Zaif eshituvchi o'quvchilarni yangi grammatik shakllar bilan tanishtirishda ham shunday qoidalarga rioya qilinishi lozim.

Yuqorida tilga olingan disgrafiya shakllari va tovush talaffuzi buzilishining sensor shakllarini bartaraf etish uchun muhim shart-sharoit hisoblangan nutq tovushlarining eshituv differensiatsiyasi, zaif eshituvchi bolalarga qiyinchilik bilan beriladi. Ularda kuzatiluvchi tovush talaffuzi va yozuv buzilishlari, odatda, normal eshituvchi bolalardagi bir turli buzilishlarga qaraganda birmuncha turg'unligi bilan farq qiladi. Xususan zaif eshituvchi bola tomonidan ilgari almashtirilayotgan tovushning to'g'ri artikulatsiyasi o'zlashtirilgandan so'ng ham, uning nutqida bu tovushni almashgan tovush bilan aralashtirish uzoq vaqtgacha saqlanadi. Bu tovush talaffuzi buzilishining sensor shakllarini bartaraf etishda, tovush talaffuzi kamchiliklarini korreksiyalash bo'yicha olib boriladigan ishning so'nggi bosqichini aralashuvchi tovushlarni farqlash bosqichini o'tkazishga katta e'tiborni qaratishni vazifa qilib qo'yadi.

Zaif eshituvchilarda u yoki bu tovushning (juft tovushlarni) eshitish differensiatsiyasini tarbiyalashning ko'pincha butunlay imkoni boimaydi. Og'zaki nutqda tovush almashtirishlarni va yozuvda mos keluvchi harf almashuvlarini bartaraf etish, bunday hollarda, konpensator usullarni qo'llash hisobigagina erishish mumkin. Xususan og'zaki farqlanmaydigan s va sh tovushlarini bolaning tovush talaffuzida to'g'ri tarbiyalashda tovush artikulatsiyasining ko'ruv tasavvuri va artikulatsion organlar holatini sezish, ya'ni kinestetik sezgiga tayaniladi.

Aynan shu tovush haqidagi ko'ruv kinestetik tasavvurlar, yozuvdagi mavjud harf almashtirishlarni bartaraf etish bo'yicha olib boriladigan ishlarga ham asos bo'lishi mumkin. Biroq, konpensatsiyaning bunday yo'li bolaga tanish so'znigina to'g'ri yozishni ta'minlaydi, u holda notanish so'zlarni yozishda avvalgidek xatolar uchraydi.

Bola tomonidan farqlanilmaydigan tovushlar ustiga-ustak harf belgisi bo'yicha ham o'xshash bo'lsa, yuqorida ta'riflangan kompensatsiya usullari deyarli natijasiz bo'ladi.

Shunga o'xshash hollarda yozuvdagi xatolarni to'g'rilash uchun aylanma usullardan foydalaniladi.

Nutqi rivojlanmagan zaif eshituvchi bolalar bilan barcha buzilgan nutq komponentlari tovush talaffuzi, leksik-grammatik tizim, yozuv, ekspressiv va impressiv nutq korreksiyasi ustida ishlash muhimdir.

Kombinatsiyalashgan nuqsonlar sonining o'sishi, ularni differensial-tashxislashni mukammallashtirish va nafaqat o'qitishning o'ziga xos usullarini, balki logopedik ta'sirni qo'llashni talab etadi.

1.3.Ko'zi ojiz bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari

Ko'rish analizatorining faoliyati buzilganligi sababli ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu nutqda o'z aksini topadi (exolaliya, "formalizm", so'z turkumining buzilishi va boshqalar).

Logopediyadagi mavjud izlanishlar asosan ko'rishida chuqur nuqsoni bor bolalarning talaffuzidagi nuqsonlariga bag'ishlangan (M.Ye.Xvatsev, S.L.Shapiro, А.E.Shipilo, S.V.Yaxontova). Faqat 60-70-yiIlarda logopediyada nutq kamchiliklarini sistemali ravishda o'rganishning rivojlanishi bilan (R.Ye. Levina, V.K. Orfinskaya) ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar nutqining nafaqat tovushlar talaffuzidagi, balki nutqning rivojlanishidagi kamchiliklarni aniqlashga doir izlanishlar paydo bo'ldi.

Bu ona tilini o'qitish metodikasi bo'yicha mutaxassislar va logopedlar ishlaridir (O.L. Jiltsova, S.L. Korobko, N.S. Kostyuchek, N.A. Krilova, T.P. Sviridyuk). Masalan, S.L. Korobko nutqi to'liq rivojlanmagan zaif ko'ruvchi bolalarning kattagina guruhini ajratdi.

Hozirgi vaqtda ko'r va zaif ko'ruvchi bolalardagi nutq kamchiligi murakkab nuqson ekanligi hamda nutq va ko'rish faoliyatining sustligining o'zaro bog'liqligi nazariy va amaliy izlanishlarda isbotlangan.

Ko'rishida nuqsoni mavjud bo'lgan bolalarning nutq kamchiliklari turlichadir. Ular strukturasi va darajasi sifatidan murakkab bo'lib, nutqni R.Ye.Levina ta'kidlaganidek, yagona sistemadek qamrab oladi va bunda nutq kamchiliklari, nutq kamchiliklarining yagona yadrosi bo'lib qolmaydi. Bunday bolalarda nutqning rivojlanishi murakkab sharoitda kechadi. Ular orasida ko'rish anomaliyalarining tug'ma shakllari uchrab turadi va bu holat nutqning paydo bo'lishiga doir boshqa funksiyalarning ham buzilishiga sabab bo'ladi.

Statistika materiallari shuni ko'rsatadiki, nutq kamchiliklari ko'ruvchi bolalarga nisbatan ko'rishida chuqur kamchiliklari bor bolalarda ko'proq uchraydi.

Olib borilgan izlanishlar shu kategoriyadagi bolalarning nutqini shakllanganligini to'rt darajaga ajratishga imkon beradi.



Birinchi daraja. Talaffuzidagi ayrim kamchiliklarning bo'lishi bilan ifodalanadi.

Ikkinchi daraja. Faol lug'at cheklangan. So'z va predmet obrazini solishtirishda, umumlashtiruvchi tushunchalarasosida hikoyalartuzishda xatolarga yo'l qo'yiladi.

Talaffuzdagi kamchiliklar sigmatizmning turli ko'rinishlarida lambdatsizm, parasigmatizm, pararotatsizm, paralambdatsizmda namoyon bo'ladi. Tovushlar talaffuzi va fonematik tasavvurlar eshitish differtsiatsiyasining rivojlanishida kamchiliklar kuzatiladi. Fonematik tahlil shakllanmagan bo'ladi.



Uchinchi daraja. Ekspressiv nutq lug'at boyligining sustligi bilan aj'ralib turadi. Umumlashtiruvchi tushunchalarni bilish, so'z va predmet obrazini solishtirish darajasi past bo'ladi. Mustaqil nutqning grammatik tomoni buzilgan, u faqat predmetlarni nomlash va bir ikki so'zli gaplardan iborat bo'ladi. Murakkab hikoyalarni bayon etish rivojlanmagan, talaffuz qilish va eshitish differensiatsiyasi sust shakllangan bo'ladi.

To'rtinchi daraja. Ekspressiv nutq juda cheklangan, umumlashtiruvchi tushunchalar va so'z-predmet obrazini solishtirishda jiddiy kamchiliklar bo'ladi. Bog'langan nutq ayrim so'zlardan iborat, exolaliyalar kuzatiladi. Nutqning grammatik tuzumini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar va eshitish difierensiatsiyasiga oid topshiriqlarni bajara olmaydilar. Fonematik tahlil va sintezning umuman rivojlanmaganligi kuzatiladi.

Ko'rishida nuqsoni bor bolalar nutqining rivojlanishining tahlili shuni ko'rsatadiki ularning ko'pchiligida sistemali nuqsonlar kuzatiladi va nutqning yetarli komponentlari buzilgan bo'ladi (fonetika, leksika, grammatika). Normal ko'ruvchi va ko'rishda nuqsoni bor bolalarning nutqidagi nuqsonlarning solishtiradigan bo'lsak ularning o'xshashligini kuzatamiz. Shu bilan bir qatorda nutq kamchiliklarining darajasi va shakllanishi omillari jihatidan katta farqqa ham ega. Predmetli obrazlarning kamchiligi (yetishmasligi) natijasida nutqiy xotirada murakkab gaplar va gaplarning grammatik jihatdan to'g'ri tuzishdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Anamnezdagi ilk natal va postnatal patologik o'zgarishlar natijasida umumiy va xususiy omillar aniqlangan bo'lib, ular ko'rishida kamchiliklari mavjudligi bolalarning nutqini rivojlanmaganligiga sabab bo'ladi va nutqining shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi qator funksiyalarning rivojlanishini ancha orqaga tortadi (praksis, gnozis, koordinatsiya, chamalash). Demak, ilk postnatal davrida tug'ma yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nonutqiy funksiyalarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi birlamchi nuqson bo'lib qoladi. Ko'rishda nuqsoni bor bolalarda harakat faolligini cheklab turuvchi va atrofdagi olam bilan aloqani o'rnata olmaslikka sabab bo'ladigan kamchiliklar ko'plab uchraydi. Psixik jarayonlarning (shu qatorda nutqning ham) rivojlanishida nutqiy muloqotning sifati, mikroijtimoiy muhit juda katta ta'sirga ega.

Shunday qilib, u yoki bu nutq komponentlarini qamrab oluvchi sistemali nutq buzilishlariga sabab bo'luvchi omillarning polimorfligi yanada murakkab nuqson paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Tug'ma yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nutqning rivojlanmasligiga asosiy sabab bo'lib, boshqa patologik omillarning mavjudligiga qarab ta'siri kuchayishi yoki kuchini yo'qotishi mumkin.

Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning nutqidagi kamchiliklarini o'rganish nafaqat nutqning barcha komponentlari, balki ko'pgina nonutqiy funksiya­larni hisobga olish va tahlil qilishni talab qiladi. Bu kompleks logopedik tekshirish metodikasini tashkil qiladi.

Kompleks tekshirish metodikasining o'ziga xosligi shundaki, bu bolalardagi nutq kamchiliklari va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganish ko'rish qobiliyati, qabul qilish usullari va bundan kelib chiqqan holda materiallarni uzatish usullarini hisobga olgan holda olib boriladi. Bunday ko'rishda chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning ko'pchiligida o'yin faoliyatining malakasi yo'qligini va predmetlar dunyosi haqidagi bilimlari cheklanganligini inobatga olish kerak bo'ladi. Shu sababli tekshirish davomida topshiriqlarni bajarishdan avval bolaga o'ziga xos instruksiyalar, ko'rsatib berish, birgalikda bajarish namflnalari beriladi.

Asosiy diqqat ekspressiv nutq holatiga qaratilishi kerak.

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish