Bitiruv malakaviy ish mavzu: Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 265 Kb.
bet3/7
Sana10.09.2017
Hajmi265 Kb.
#21525
1   2   3   4   5   6   7

Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75%dan ko'p bo'lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2 m masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog'langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni to'liq egallagan bolaning o'zida mavjud bo'lgan so'z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bo'ladi. Bunda bola so'z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (ko'pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqqa ega bo'lmasa, bunday anglash imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq nutqiy rivojlanishi turli darajada bo'lgan) zaif eshituvchi bolalar niftq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holati birinchi bo'lim o'quvchilariga qaraganda II bo'lim o'quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Paramonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birinchi bo'limida ham 78% dan ko'proq yuqori sinf o'quvchilari 4 dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg'aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bo'lim o'quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi.

II bo'lim zaif eshituvchi o'quvchilari uchun aynan sirg'aluvchi va shovqinli tovushlarni idrok qilish birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari, toza akustik xususiyatlar, bu tovushlar talaffuzida nisbatan kech farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta'siri kuzatiladi.

Demak, nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasining holati zaif eshituvchilarda, birinchi bo'lim singari II bo'lim xususiyatiga ko'ra shunday u, bolalarning tovush talaffuzini mukammal o'zlashtirishini (keyinchalik yozuvni ham) ta'minlay olmaydi.

Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzining shakllanishi nutq eshituv analizatorining mukammal emasligi tufayli normaga qaraganda ma'lum miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi. Nutq eshituv analizatori nutq-harakat analizatoriga nisbatan o'zining "yetakchi roli"ni kerakli darajada amalga oshirolmaydi. U yoki bu nutq tovushini eshitib idrok qilish yoki uni o'xshash tovushlardan farqlab olish imkoniyatining yo'qligi tufayli. Bola mustaqil, bu tovushlarning to'g'ri artikulatsiyasini ham egallay olmaydi. Bundan tashqari, zaif eshituvchi bolalarda nutq harakat analizatori qurilishi va faoliyatida buzilishlar bo'lishi mumkin va bu tovush talaffuzidagi kamchiliklarga asos bo'ladi.

Tovush talaffuzi buzilishi, ayniqsa II bo'lim zaif eshituvchi o'quvchilarida ko'p uchraydi. Buning ustiga nafaqat undosh tovushlar, balki unlilar ham buziladi. Biroq, L.G. Paramonovaning ma'lumotiga ko'ra, zaif eshituvchilar maktabi birinchi bo'limida, hatto yuqori sinflarida tovush talaffuzi kamchiliklari mavjud. II bo'lim zaif eshituvc'nilari singari bu yerda ham tovush talaffuzining polimorf buzilishlari holati ko'proq. Bunday buzilish tovushlarning ko'pgina fonetik guruhini qamrab oladi (har bir o'quvchiga 11 tadan noto'g'ri talaffuz qiluvchi tovush to'g'ri keladi). Birinchi bo'lim eshituvchilarida nafaqat artikulatsiya jihatdan murakkab tovushlar, balki, nisbatan artikulatsiya jihatdan oddiy undoshlar talaffuzi ham buziladi (lab-lab, lab-tish, til oldi tovushlari ya'ni t, d, n va boshqalar). Birinchi bo'limda II bo'limga qaraganda unli tovushlar talaffuzida kamchiliklar kamroq kuzatiladi. Uning asosida faqat nutq — eshituv analizatori emas, balki bir vaqtning o'zida nutq -harakat analizatori ishining mukammal emasligi yotadi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzi buzilishining uchta asosiy shaklini ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Nutq apparati sensor bo'limining yetishmovchiligida, ya'ni eshituv analizatorining to'liqsiz faoliyatida bir nutq tovushini boshqasi bilan almashtirish xarakterli, ("gilos" o'rniga "giloz", "soat" o'miga "shoat"). Tovushlarni almashtirishga qaraganda ularni buzib talaffuz qilish birmuncha kam kuzatiladi. Bu ularni boshqa tovushlardan aniq eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi yoki mos keluvchi tovush chastotalarining parsial tushishi tufayli, ularni eshitib idrok qilish imkoniyatining butunlay yo'qligi bilan bog'liq. Tovush talaffuzi buzilishining sensor shaklida, nutq apparati motor bo'limining tuzilishi yoki ishlashida normadan chetga chiqish odatda kuzatilmaydi. Bolaning og'zaki nutqida mavjud tovush almashtirishlar, odatda yozuvda ham mos keluvchi harflarni almashtirish ko'rinishida aks etadi.

Zaif eshituvchilar maktabining quyi sinflarida tovush talaffuzi buzilishining bunday shakllari odatda birinchi o'rinda turadi.

2. Nutq apparati motor bo'limining yetishmovchiligi oqibatida, ya'ni artikulatsiya organlar tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklar. Buzilish odatda tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish bilan ifodalanadi (tisharo "s" va boshqalar).

3. Bir vaqtning o'zida ham sensor, ham motor yetishmovchilikka asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir bolaning o'zida ayrim tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar o'xshash fonemalarni (s-z) eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulatsion apparat tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklarga bog'liq bo'ladi (masalan, "r" tovushini buzilib talaffuz etish til yuganchasining kaltaligi sababli yoki tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning o'zida aynan bir tovushlarni buzib talaffuz etish, bir vaqtning o'zida ham motor, ham sensor kechadi. Bunda ma'lum tovushni talaffuz qilish uchun muhim bo'lgan artikulatsion harakatlarni bajarish imkoniyatining yo'qligi, uni akustik jihatdan yaqin tovushlardan eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan qo'shilib keladi.

Zaif eshituvchi bolalarda tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli ko'p uchraydi.

Demak, zaif eshituvchilarda fonetik-fonematik buzilishlar, ko'pgina nutq tovushlarini eshitib farqlashdagi yaqqol ifodalangan qiyinchiliklar va ko'p hollarda murakkab sensomotor buzilishiga asoslangan tovush talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bo'ladi.

1.2.2. Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalar nutqining lug'at va grammatik tizimini buzilishi.

Eshitishning erta pasayishi va kuchli ifodalanishida, bolalarda lug'at rivojlanishi normadan shu darajada orqada qoladiki, ularning ko'pchiligi maktabga faqat bir nechtagina chuqurlovchi so'z bilan keladilar. Biroq, eshitishning yengil pasayishida ham zaif eshituvchilarda nutqning lug'at tomoni odatda buzilgan bo'ladi. Lug'at boyligining rivojlanmaganligi asosida jaranglashi bo'yicha yaqin so'zlarni eshitib-farqlab idrok qilish imkoniyatining yo'qligi va so'zning urg'usiz kismlarini noaniq idrok qilish yotadi. Buning natijasida zaif eshituvchi bola ko'pincha so'zning urg'uli qisminigina ozmi-ko'pmi aniq eshitib idrok qilish qobiliyatiga ega. Bu nutqning lug'at tomonini shakllanishi uchun to'laqonli asos bo'lib xizmat qila oladigan, eshituv obrazlarining "kesikligiga", noaniqligiga va yetarli turg'un emasligiga olib keladi.

R.M. Boskis, A.G. Zikeyeva, K.G. Korovina va boshqalar tadqiqotiga muvofiq, zaif eshituvchilar uchun lug'at boyligining nihoyatda chegaralanganligi xarakterlidir. R.M. Boskis bo'yicha, kundalik predmet va harakatlarni nomlashda 27,7 % zaif eshituvchi o'quvchilargina 80% to'g'ri javobni beradilar. Zaif eshituvchilar predmet belgilari nomini ham qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar. Chalg'ituvchi ahamiyatga ega va kasbiy so'zlarni o'zlashtirish zaif eshituvchi bolalar uchun alohida qiyinchilik tug'diradi. Ko'pincha bu so'zlar bir undosh tovushdan tuziladi, shu sababli bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi.

Zaif eshituvchida, mavjud lug'at boyligining chegaralanganliti so'zlarni noaniq qo'llashga, olib keladi. Xususan, zaif eshituvchi bola nutqidagi stol so'zi uning lug'atida yagona "stol" so'zi bo'lsa ham, ham stul, ham kursi, ham o'rindik, ham o'tirishni belgilashi mumkin.

Ko'rsatib o'tilgan so'zlarni noaniq qo'llash ko'pincha bir so'zni boshqalari bilan almashtirishda ifodalanadi. Xususan, R.M. Boskis quyida, zaif eshituvchilar uchun birmuncha xarakterli bo'lgan so'zlarni ma'no jihatdan almashtirish guruhlarini ko'rsatib o'tadi:

  1. Butun predmet o'miga xarakterli belgini qo'llash. ("buva" o'rniga "soqol").

  2. Ma'lum predmet bilan vaziyatli bog'lanuvchi boshqa predmetni nomlash ("mo'yqalam" o'rniga "bo'yoq").

  3. Predmet o'rniga umumiy vaziyatni nomlash ("termometr" o'rniga "og'riyapti", "dorixona", "kasalman").

  4. Vazifasi bo'yicha o'xshash predmetni nomlash ("ilgak" o'rniga "qulf" yoki "kalit").

  5. Ma'lum predmetga tashqi ko'rinishi bo'yicha o'xshash predmetni nomlash ("qo'lbola supurgi" o'rniga "mo'yqalam").

  6. Ma'lum predmet bilan bog'liq harakatni nomlash ("stul" o'rniga "o'tirish").

  7. Predmetni belgilash uchun iboralarni qo'llash ("ilgak" o'rniga "eshik yopildi"). Keltirilgan barcha holatlar uchun so'zning semantik birligiga asoslangan, so'zning lug'aviy ahamiyatini butunlay almashtirish xarakterlidir.

Shu bilan bir qatorda K.G. Korovin, bunday bolalarda so'zning o'zak qismi saqlangani holda affikslarni aralashtirishni kuzatadi. Bu nafaqat semantik, balki so'zlarning fonetik o'xshashligi bilan tushuntiriladi. Masalan:

1. Old qo'shimchalarni almashtirish (Nodir yer topdi (chopdi).

2. Tushirib qoldirilgan old ko'makchilar (Muzeyda baho (bebaho) asarni ko'rdik).

3. Ortiqcha ko'makchilar.

Shubhasiz, bir so'zni boshqasi bilan majburiy almashtirishning bunday turlari, eng avvalo, zaif eshituvchi bolada u yoki bu vaziyatda unga kerakli bo'lgan birmuncha to'g'ri so'zning yo'qligi bilan tushuntiriladi, ya'ni lug'atning kambag'alligi, shuningdek, so'zning grammatik ahamiyatini yetarli tushunmaslikdandir. Zaif eshituvchi bolalar uchun so'zning tovush bo'g'in tuzilishini qo'pol buzish xarakterlidir. Bu eshituv idrokihing differensiatsiyalashmaganligi bilan izohlanadi. Bu buzilishlar kichik sinf o'quvchilari uchun xarakterli va eng avvalo so'zning urg'usiz qismlariga tegishlidir. Bu qismda ayrim tovushlar tushib qoladi (ayniqsa, ketma-ket keluvchi undoshlar), ortiqcha tovushlar qo'shiladi yoki ular aralashadi. Ayniqsa, so'z oxiri tez-tez tushib qoladi, ko'pincha bu deyarli so'zning urg'uli qismigina qoladi ("maktab" o'rniga "tab"). Zaif eshituvchilar lug'atining xususiyatlari shunga guvohlik beradiki, lug'at ularning bog'langan nutqi uchun to'laqonli "qurilish materiali" bo'lib xizmat qila olmaydi va oldindan ibora tuzilishining kamchiligini belgilaydi.

Zaif eshituvchilarda nutq rivojlanmaganligining muhim ko'rinishlaridan biri, agrammatizmlarda ifodalanuvchi nutqning grammatik qurilishini shakllanmaganligi hisoblanadi. So'zning to'g'ri grammatik shaklini o'zlashtirishga eshituv idrokining noaniqligi to'sqinlik qiladi. Bunda so'z tugallanmalari zaif eshituvchilar tomonidan noaniq idrok qiiinadi. Bu esa so'z orasidagi aloqani ifodalovchi asosiy vositalardan biridir va bunday aloqalarni ifodalovchi ko'pgina qo'shimcha, ko'makchilarni eshitib idrok qilish imkoniyatining yo'qligi ham asosiy to'siqlardan biri hisoblanadi. Ko'pgina zaif eshituvchilar uzoq vaqtgacha iborali nutqni egallay olmaydilar, ular nutqi o'zaro bog'lanmagan so'zlardan tashkil topadi.

Zaif eshituvchilarda ko'pincha so'zlarning noto'g'ri moslashuvi, kelishik qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash, ko'makchilarni tushirib qoldirish, ortiqcha ko'makchilarni qo'llash va boshqa xatolar kuzatiladi. Har xil turdagi agramatizmlar, hatto yuqori sinf o'quvchilari qiyinchilik bilan o'zlashtiruvchi murakkab gaplarni qo'llaganda yanada ko'proq kuzatiladi.

Zaif eshituvchilarning yozma nutqi ko'p hollarda og'zaki nutq kamchiliklarini aks ettiradi. Uning buzilishini shartli ravishda ikkita asosiy guruhga bo'lamiz:

  1. qo'pol agrammatizm, ko'makchilarni noto'g'ri moslash va qo'llashda, gapning birinchi va ikkinchi darajali bo'laklarini tushirib qoldirishda ifodalanadi va hokazo;

  2. zaif eshituvchilarda mavjud bo'lgan qo'pol fonetik-fonematik rivojlanmaganligi bilan bog'liq disgrafiya shakllarining borligi (akustik va artikulator-akustik disgrafiya).

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish