Bitiruv malakaviy ish mavzu: Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 265 Kb.
bet2/7
Sana10.09.2017
Hajmi265 Kb.
#21525
1   2   3   4   5   6   7

Aqli zaif bolalarning passiv lug'ati faol lug'atga qaraganda ko'proq, lekin shunda ham birorso'zni qaytarish, talaffuz etish uchun yo'naltiruvchi savol talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya po'stlog'idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar shakllanishidagi o'ziga xosliklardan kelib chiqadi.

A.R. Luriya va O.S. Vinogradovalar semantik maydonlar yuzasidan o'tkazilgan tadqiqot ularni to'liq shakllanmaganligini ko'rsatdi. Normada so'zni tanlash, ularning ma'nosidan kelib chiqqan holda, ya'ni mazmuniy o'xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqlizaif bolalarda esa so'zlarni tanlash ko'proq taxminiy, ba'zan, tovush o'xshashliklariiga asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug'aviy sistemalikning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Ko'pgina so'zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi.

1.1.4.Aqli zaif bolalarda nutqni grammatik qurilishi va bog'lanishli nutqning buzilishi

Ko'pchilik mualliflarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki (V.G.Petrov, M.F.Gnezdilov, M.F.Feofanov, A.P.Fedchenko va boshqalaf) aqli zaif o'quvchilarda nutqning grammatik tomondan shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu grammatik umumlashmalarni talab qiluvchi ko`plab topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarda kuzatiladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, so'z yasalishdagi va so'z o'zgartirishdagi morfologik shakllarning to'liq rivojlanmaganligi ham buning sabablari hisoblanadi.

Kelishiklarni qo'llashda ham buzilishlar kelib chiqadi. Otlarning bosh va tushum kelishiklari nisbatan yaxshiroq shakllangan bo'ladi. Eng ko'p xatolar qaratqich va chiqish kelishiklar konstruksiyalarida uchraydi. Qaratqich kelishigi ko'proq bosh kelishik bilan almashtiriladi.

Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri qo'llash,shu konstruksiyalarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri tushunishga qaraganda ko'proq kuzatiladi. Impressiv nutqda orqa, oldi, yonida, ustida, tagida old ko'makchilarning o'rnini almashtirib qo'llash kuzatiladi. Ekspressiv nutqda -ga, -dan ko'makchilarini tushirib qoldirish, shuningdek, ustida, yonida, oldida, orqasida, o'rtasida, orqali old ко'makchilarinig yo'qligi kuzatiladi.

Ravish va otdan hosil bo'lgan birikmadagi buzilishlar, ot va sonning noto'g'ri birikishi kuzatiladi.

Bolalar otning qaratqich kelishigidagi, ko'plikdagi shaklini noto'g'ri qo'llaydilar. Ba'zi bir hollarda qaratqich kelishigi qo'shimchalari almashtir'ib yuboriladi. Sifatga oid so'zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga doir bo'lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo'l qo'yiladi.

To'liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi xatolar ham o'ziga xos tomonlarga ega.

Aqli zaif bolalarda so'z yasalishi funksiyasi, so'z o'zgarishiga qaraganda kamroq shakllangan, deb hisoblanadi. So'z yasalishining kam shakllanganligi otdan yasaluvchi sifatlar hosil bo'lishidagi qiyinchiliklarda ko'rinadi (tosh-toshli).

Quyi sinflardagi aqli zaif o'quvchilar uchun sodda yig'iq gaplar xarakterli bo'lib hisoblanadi. Tarkibida to'ldiruvchi, ba'zan o'rin holi ishtirok etgan sodda yoyiq gaplar ham ishlatiladi (Qiz gul uzyapti; Bolalar maktabga boryaptilar).

Bolalarning mustaqil nutqida ega yoki kesim, yoki ega bilan kesim tushirib qoldirilgan gaplar tez-tez uchrab turadi. Masalan, rasmga qarab hikoya tuzish: "Bola baliq tutyapti. Tashladi. Yugurdi. Qayiqda suzyapti".

Aqli zaif bolalarda so'zning morfologik tarkibi va gapdagi so'zlarning sintaktik aloqasi haqidagi tasavvurlar, morfologik umumlashmalar juda ham kambag'al. Nutqning leksik-grammatik qurilishining rivojlanmaganligi, ayniqsa bog'lanishli nutqda yaqqol namoyon bo'ladi.

Ko'pgina mualliflarning ishlarida aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning sekinlashgan holda rivojlanishi va o'ziga xos sifatlari bilan xarakterlanishi keltiriladi. Ular uzoq vaqt situativ nutqda va savol-javob bosqichida to'xtalib qoladi. Bu bolalarda mustaqil fikr bayon qilishga o'tish juda qiyin hisoblanadi. Ko'pchilik hollarda yordamchi maktablarning yuqori sinflarigacha cho'ziladi. Mustaqil fikr bayon qilishning hosil bo'lishi jarayonida aqli zaif o'quvchilar kattalarning yordamiga muhtoj boiadilar. Aytib ko'mak berish yoki savol tarzida berish zaruriyati seziladi. Ayniqsa, bu bolalar uchun kontekstli nutq shakli qiyin hisoblanadi. Situativ nutq, ya'ni ko'rgazmalilikka, aniq situatsiyaga (holatga) tayangan nutq nisbatan yengilroq amalga oshiriladi.

Mustaqil nutqning rivojlanmay qolishida dialogning to'liq shakllanmaganligi muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, dialogik nutq monologik nutqdan oldin shakllanadi va uning rivojlanishini tayyorlab beradi. Aqli zaif bolalar ko'pincha biror-bir voqeaning mazmunini aniq bayon qilishning zaruriyatini tushunib yetmaydilar, ya'ni ular suhbatdoshiga (suhbat mazmuniga ko'ra) moslasha olmaydilar.

Mustaqil fikr bayon qilishlar uzuq-yuluq bo'ladi. Hikoya qilishda mantiqiy tartib, qismlar orasidagi aloqa buziladi. Bog'lanishli matnlar ko'pincha fragmentlardan iborat bo'ladi, yagona bir butunlikni tashkil qilmaydi va bayon qilishning qisqaligi bilan xarakterlanadi. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning shakllanishidagi ortda qolish sabablaridan biri ularning nutqiy aktivligi juda zaif va tezda holdan toyishi hisoblanadi. Monoligik nutq jarayonida hikoyani konkretlashtirish va rivojlantirish bolaning o'zi tomonidan amalga oshiriladi. Ba'zi bir hollarda, xususan, bolalarda hikoyalash mavzusiga qiziqish uyg'onganda, mustaqil fikr bayon qilish xarakteri ham o'zgaradi: hikoya mazmuni kengayadi, gaplardagi so'zlar soni ham ortadi. Shunday qilib, mustaqil fikr bayon qilishda motivatsiya (sabab-sharoit) katta rol o'ynaydi.

Aqli zaif bolalarda bog'lanishli fikr bayon qilishning o'ziga xosligi topshiriqning xarakteridan, mustaqil fikr bayon shaklidan kelib chiqadi. Mustaqil hikoya qilishga qaraganda, aqli zaif bolalarda, qayta so'zlab berish yengil amalga oshiriladi. Lekin ularning qayta so'zlab berishlari ham qator o'ziga xosliklarga ega. Masalan, ular matnning ko'pgina muhim qismlarini tushirib qoldiradilar, mazmunni soddalashtirib bayon qiladilar, vaqt, makon, sabab-oqibat munosabatlarida tushunmovchiliklar namoyon bo'ladi. Ko'pincha ular matnda bo'lmagan voqea-hodisalarni, detallarni qo'shib yuboradilar.

1.1.5.Aqli zaif bolalarda yozma nutqning buzilishlari

M.Ye. Xvatsev, D.I. Orlova va V.V. Voronkovalarning ma'lumotlariga ko'ra, aqlan normal rivojlangan bolalarga nisbatan aqli zaif o'quvchilarda yozuvning buzilishi ko'proq qayd qilinadi.

Aqli zaif o'quvchilarda disgrafiyaning (grafikaning buzilishi) simptomatikasi, yozuvdagi turli xatolar sonining ko'pligi bilan xarakterlanadi (V.V.Voronkova, D.I.Orlova va boshqalar).

Ular bolalarda disgrafiya, keng tarqalgan orfografik xatolar bilan birgalikda kuzatiladi. Bu til qonuniyatlarini yuqori darajada o'zlashtirish, ko'plab qoidalardan foydalanish zaruriyatini talab etadi.

Nutq rivojlanishidagi buzilishlar, bir tomondan, yozma nutqni egallashdagi qiyinchiliklar bilan, boshqa tomondan, orfografik qoidalardan foydalanishdagi qiyinchiliklar bilan birga kuzatiladi.

Aqli zaif o'quvchilarda disgrafiya ko'proq murakkab ko'rinishda kuzatiladi.

Aqli zaif bolalarda disgrafiya simptomatikasining keng tarqalganiligi va o'ziga xosligi, idrok qilish faoliyatining rivojlanmaganligi, og'zaki nutqning buzilishi, til umumlashmalarining shakllanmaganligi, nutq-eshitish, ko'rish analizatorlari faoliyatining buzilishlari bilan bog'liq. Shuningdek, yozuv harakat strukturasining buzilishlari ham o'z aksini topadi.

Aqli zaif bolalarda analitik-sintetik faoliyatining buzilishi so'zning morfologik strukturasini, tovush va gap strukturasini analiz qilishda ham namoyon bo'ladi. So'zning tovush-bo'g'in strukturasi haqidagi noaniq tasavvurlar ko'plab harflar tushib qolishiga, o'rnining almashu^iga olib keladi. So'zning morfologik strukturasi haqida aniq tasavvurga ega bo'lmaslik ko'plab agramatizmlar, sufiks va qo'shimchalar, ayniqsa, mustaqil yozuvda xatolarga yo'l qo'yishga zamin yaratadi. Gap strukturasi analizining buzilishi, so'zlarning tushirib qoldirishda, qo'shib yozib yuborishda ko'rinadi. Ko'plab xatolarga yo'l qo'yilishi shu aqli zaif bolalarning nutq tovushlari talaffuzidagi nuqsonlari bilan bog'liq.
1.2.1.Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi

Logopedik ta'sir eshitishi qisman pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ishda samarali qo'llanishi mumkin.

F.F. Rau, L.V. Neyman va V.I. Beltyukovlarning ta'riflashicha, "zaif eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni idrok qilishda qiyinchiliklar tug'iladi, biroq maxsus yaratilgan shart sharoitlarda (ovozni kuchaytirish, gapiruvchining bevosita quloqqa yaqin kelishi, tovush kuchaytiruvchi asboblarni qo'llash va hokazo) eshitishi yordamida nutqiy muloqotga kirishish mumkin bo'ladi."3

Zaif eshituvchi bolalarni karlardan farqli ravishda zaif eshituvchilar deb nomlash qabul qilingan (karlar uchun tovush kuchaytirgich asboblar qo'llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bo'lmaydi).

Eshitishning yaqqol va turg'un pasayishi nafaqat nutqni idrok qilish, balki ekspressiv nutqning buzilishiga (yoki rivojlanmasligiga) ham olib keladi. Bu holda, har bir aniq holatda ekspressiv nutqning buzilishi (rivojlanmaganligi) darajasi eshitishning pasayishi darajasiga (daraja qanchalik og'ir bo'lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish vaqtiga, bola rivojlanishining shart-sharoitiga (nutqning rivojlanishi va saqlanishi bo'yicha maxsus choralarni qo'llash uning birmuncha yaxshi holatini ta'minlaydi) bog'liq bo'ladi.

Eshituvi pasaygan bolalar uchun bevosita eshitish kamchiligi bilan bog'liq nutq komponentlarining (tarkibiy qismlar) shakllanmaganligi xosdir. U nutqning barcha tomonlarini qamrab oladi. Biroq, zaif eshituvchilarda eshituv funksiyasi holati bilan bog'liq bo'lmagan nutqiy kamchiliklarning shakli ham kuzatiladi. Bular duduqlanish; nutq tempining buzilishi, rinolaliya, optik disgrafiya va disleksiya, dizartriya, mexanik dislaliya, ovoz buzilishi, alaliya, erta bolalar afaziyas"i. Fonctiko-fonematik buzilishlar.

Fonematik tizimning normal faoliyat ko'rsatishi barcha nutq tovushlarining bexato eshituv differensiatsiyasi imkoniyatini (akustik jihatdan yaqin tovushlarni qo'shganda ham) va»ularning to'g'ri talaffuzini ko'zda tutadi. Fonetik tizim holatini xarakterlovchi bu ikki tomon, erta paydo bo'lgan zaif eshitishda normal shakllana olmaydi.

Zaif eshituvchilarda nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasi, eng avvalo, ular tomonidan idrok qilinuvchi tovushlar chastotasi diapazonining chegaralanganligidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bolalarda nutq-eshituv analizatorining markaziy bo'limida analitik-sintetik faoliyatning ikkilamchi rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu eshituv ta'sirlovchilarining periferiyasidan kelib tushuvchi "sifatsizlik"dan kelib chiqadi (tovushlarni eshitib idrok qilishning butunlay yo'qligi yoki ularning barcha formantlarini ham idrok qilmaslik).

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish