Ikkala muallif ham normadagiga nisbatan, o'qish jarayonida yo'l qo'yiladigan xatolar ko'pligini e'tirof etadilar.
1-2-sinf o'quvchilarining aqli zaif o'quvchilari orasida ko'pchilik bolalar, o'qish jarayonida takrorlanaveradigan xatolarga moyilligi kuzatiladi. R.I. Lalayeva, K. Averino-Jakke ma'lumotlariga ko'ra, aqli zaif 1-sinf o'quvchilarining 65-70% ida disleksiya aniqlanadi.
Aqli zaif o'quvchilardagi disleksiya simptomatikasi o'zining turli ko'rinishlari bilan, o'qishdagi xatolar turg'unligi bilan xarakterlanadi. Bu bolalarda o'qishdagi xatolarni quyidagi ko'rinishlarda keltirish mumkin: 1)harflarni o'zlashtirmaslik; 2)harflab o'qish; 3)so'zning tovush va bo'g'in strukturasini buzish; 4)o'qilganni tushunishdagi buzilishlar; 5)o'qish jarayonidagi agrammatizmlar (grammatik savodsizlik).
Aqli zaif bolalarda harflarni o'zlashtira olmaslik turli darajada namoyon bo'ladi: bir necha harflardan 20-25 harfgacha o'zlashtira olmaslik aniqlanadi. Keyingi holatda faqatgina unli tovushlarni anglatuvchi (a,o,o`) va cho'ziq undoshlar (sh,s,x) o'zlashtiriladi.
Ba'zi bir hollarda harflar umuman aytib berila olinmaydi, yana ba'zi birlarida esa boshqalari bilan almashtiriladi. Ko'proq almashtiriladiganlari quyidagilar: d-l, x-k, j-z, g-t, g-x, j-sh, d-t, r-l.
Almashtirilib yuboriladigan g-k, j-z, d-t, r-l kabi tovushlarni fonetik jihatdan o'xshash bo'lganliklari bilan tushuntirish mumkin. G-t, t-g, k-l kabi almashtirishlarni esa grafik belgilariga ko'ra o'xshash bo'lganliklari bilan tushuntirish mumkin. D-l, h-k larning almashtirilishi sabab bo'lib, bir necha belgilarning o'xshashligi hisoblanadi. D va L harflari nafaqat grafik jihatdan, balki, artikulatsiyasiga ko'ra ham o'xshash tovushlardir. Grafik jihatdan o'xshash bo'lgan X va К tovushlari o'zining ohangi va grafik artikulatsiyasi bilan o'xshashdir.
Yordamchi maktablarning 1-sinflarida o'qishdagi buzilishlar bilan 51%, 2-sinfda esa 6,6% o'quvchi aniqlanadi.
Harflab o'qishning turli variantlari aniqlanadi. Ba'zi bir hollarda bolalar bo'g'inlab o'qiy olmaydi va harflarni birma-bir aytadi. Bolalarning bir qismi harflab o'qilgan matn va gaplarning mazmunini tushunib yetadi, boshqalarida esa harflab o'qilganni tushunmasligi aniqlanadi.
1-sinf o'quvchilari orasida o'qishdagi buzilishlarga ega bo'lgan o'quvchilarning 49% ida harflab o'qish kuzatiladi, 2-sinfda esa 26% bolalarda harflab o'qish aniqlanadi. Shuningdek, xarakteriga ko'ra turli bo'lgan tovush-bo'g'in strukturasidagi ko'plab buzilishlar aniqlanadi.
1-sinfda so'zlarni buzib o'qish 38% o'quvchida, 2-sinfda 10% o'quvchida aniqlandi.
Yordamchi maktablarning quyi sinflarida matnlarni tez va ravon (so'zlarni -butunligicha yoki bo'g'inlarga bo'lib) o'qiydigan o'quvchilar bor, lekin ular o'qilganni yaxshi tushunmaydilar, so'zlarni to'g'ri o'qigach, shunga taalluqli rasmlar bilan solishtira olmaydilar. Matnni o'qigach esa berilgan savollarga javob berishda qiynaladilar.
Matndagi gaplarni, so'zlarni tushunishdagi qiyinchiliklar o'qishdagi buzilishga ega bo'lgan birinchi sinf bolalarining 17%ida aniqlanadi. Disleksiyasi bo'lgan 2-sinfdagi 60% bolalar o'qilganning mazmunini tushunishga qiynaladilar. 2-sinfda o'qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar miqdori keskin ortadi, chunki ko'pchilik bolalar, o'qishning 2-yilida matnni o'qishga go'yo "texnik jihatdan" tayyorlangan bo'ladi. Bolalar umumiy sonining ortishi bilan birga, o'qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar bilan qiynalayotgan bolalar soni ham ortadi.
O'qishning sintetik usullari bosqichida, ayniqsa, yordamchi maktablarning 3-sinfidan boshlab, aqli zaif o'quvchilarda agramatizmlar kuzatila boshlaydi. Ular so'zlar morfologik strukturasining buzilishida, qo'shimchalarda va shu qo'shimchalarni o'qish jarayonidagi tushunib yetishda namoyon bo'ladi.
Aqli zaif o'quvchilarda diskleksiyaning turli ko'rinishlari - optik, fonematik, semantik, agramatik ko'rinishlari Ifuzatiladi.
Aqli zaif o'quvchilarda disleksiya asosan birinchi-ikkinchi sinflar bilan murakkab ko'rinishlar namoyon bo'ladiki, bular ko'plab funksional sistemalarning global rivojlanmaganligi, idrok qilish faoliyatining rivojlanmaganligi bilan bog'liq.
2.1.2. Aqli zaif bolalar leksikasining rivojlantirilishida logopedik ishlarning o'ziga xosligi
Logopedik-korreksion (to'g'rilash) ta'sir qilish jarayonida lug'at boyligini oshirish, so'z ma'nosini aniqlash, semantik maydon va leksik tizimni shakllantirish bo'yicha ish olib boriladi. Sifatlar, fe'llar va predikativ lug'at alohida e'tiborga molik bo'ladi.
Yordamchi maktablarning quyi sinflarda olib boriladigan ishlar o'yinlardan foydalanilgan holda, ko'proq iste'mol qilinadigan fe'llar hisobiga lug'atni boyitish bilan boshlanadi ("Kim qanday ovoz beradi", "Kim qanday ovqatlanadi" va hokazo).
Sifatlarni egallash rang, shakl, hajmni anglatuvchi so'zlardan boshlanadi. Keyinchalik balandlik, qalinlik, uzunlik, kenglik, og'irlik va mazani anglatuvchi o'zlashtirish davom ettiriladi.
Keyinroq otlardan yasalgan sifatlarni o'rganish ustida ishlar olib boriladi. Shuningdek, semantik jihatdan murakkab bo'lgan so'zlar — sifatlar o'zlashtiriladi (masalan, insoniy fazilatlarni anglatuvchi sifatlar).
Predikativ lug'atni rivojlantirish bilan bir vaqtda nominativ lug'atni boyitish bo'yicha ishlar davom ettiriladi. Umumlashtiruvchi xarakterga ega bo'lgan so'zlarni o'zlashtirish alohida ahamiyatga ega. Ular bolalarning analitik-sintetik va umumlashtirish operatsiyalarining rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi.
Lug'atni boyitish olmoshlar, son, ravish va boshqa so'z turkumlari hisobiga ham amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalarning lug'atini boyitishda sinonim so'zlarni aniqlab o'rganish ham tavsiya etiladi.
Yordamchi maktablarda so'z ma'nolarini aniqlash ustida olib boriladigan ish, atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlar bilan uzviy bog'liq. Predmetlarni tasniflash (turlarga ajratish) nutqdan tashqari bo'lgan (nutqiy bo'lmagan) reja asosida (masalan, rasmlarni ikki guruhga bo'lib ajratish), shuningdek, nutqdan foydalanilgan holda olib boriladi. Masalan, ko'rsatilgan barcha predmetlarni bir nom bilan aytish. Bolalarni turli toifadagi predmetlarni o'rganishi va o'zlashtirishlariga yordam beradigan yozma ma'lumotlar va rasmlar tavsiya etiladi.
So'z ma'nosi ustida, uning aniq ma'nosidan asta-sekinlik bilan grammatik ma'nosiga o'tish va uni o'zlashtirishga alohida o'rin ajratiladi.
2.1.4.Yordamchi maktabda yozma nutqning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlari
Aqli zaif o'quvchilarda yozma nutqdagi buzilishlarni bartaraf etishda oliy nerv faoliyatining o'ziga xos tomonlarini, aqli zaif bolalarni psixopatologik o'ziga xosliklarini ham hisobga olish zarur.
Shu munosabat bilan yordamchi maktabda o'qish va yozuv buzilishlarini korreksiyalash (to'g'rilash), idrok qilish faoliyatining, qiyoslashning, analiz va sintezning rivojlanishi bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. Masalan, fonetik jihatdan yaqin bo'lgan tovushlarni qiyoslashdan keng foydalaniladi (akustik, artikulator - akustik, disgrafiya, fonematik disleksiya), shuningdek, gap qurilishining analizi, so'zning tovush bo'g'in strukturasining analizi va ko'rish analizi — sintezidan ham keng foydalaniladi.
Yordamchi maktabda yozma nutq buzilishlarini bartaraf qilishda turli psixik funksiyalarni, eng kichik shakllaridan boshlab, rivojlantirish zaruriyati tug'iladi. Xususan, fonematik analiz va sintezning rivojlantirilishi unli tovushni boshqalari doirasida ajratib ko'rsatishdan boshlanadi. O'qish va yozuvdagi buzilishlarni bartaraf qilish, og'zaki nutq buzilishlarini sistema sifatida to'g'rilash bilan uzviy bog'liq ravishda o'tkaziladi.
Aqli zaif o'quvchilarning o'qishdagi buzilishlari 1-sinfdayoq, ya'ni yozuv jarayonining 2-sinfdagi buzilishlaridan oldin namoyon bo'ladi. Buni aqli zaif bolalarda o'qish jarayoniga qaraganda kechroq o'zlashtiriladigan yozuv jarayonining murakkabligi bilan tushuntirish mumkin. Shu sababli yordamchi maktabda logopedik ishni o'qishdagi buzilishlarni to'g'rilashdan boshlash lozim. Birvaqtningo'zida disgrafiya profilaktikasini amalga oshirib borish zarur, chunki, disgrafiya bilan dileksiya mexanizmi ko'p tomondan bir-biriga o'xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |