Xayol — mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarning
yaratilishidan iboratdir, psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U
ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi»1. «Xayol yoki
fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib,
kishining o‘ziga xos ijobiy harakatlariga ega bo'lgan faoliyatlarida
namoyon bo'ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay
turib, ishga kirishib bo'lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan
natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv
faoliyatidan tub farqidir» — deb ta ’kidlangan darslikda.
Xayolning
psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki,
u mehnatni boshlashdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkonini beradi. Xayol faol va passiv bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy va
ixtiyorsiz tarzda amalga oshishi, yuzaga kelishi mumkin. Qayta
tiklovchi, ijodiy xayollar ham bor. Xayolni yuksak, xohlagan turi
orzudir. Nuqsonli bolalarda xayol, ayniqsa, yosh bolalarda o'ziga
xos xususiyat, ko'rinishga ega. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalardagi xayolning o'ziga xosligi ulardagi og'zaki nutq va m antiqiy
tafakkurining kechikib shakllanishi bilan uzviy bog'liq. Ko'rish
tasavvurlari har doim ham kerakli darajada tahlil etilmaydi
Xayol shaxsning intilishi, talablari bilan ham belgilanadi.
Ko'rgan, eshitgan, bilgan narsalar obrazlari xotiramizda saqlanadi.
Kerak vaqtda bularni tiklashimiz mumkin. Bu jarayon xotira obrazlari sifatida jonlanadi. Yoki, tasavvurlar shaklida ko‘z oldimizga
keladi. Xayol obrazlari tasavvur obrazlaridan o‘ziga xos tomonlari
bilan ajralib turadi. Tafakkur va xayol oralig‘ida uzviy, mantiqiy
birlik, bog'liqlik bor. Ammo, o‘ziga xos farqlari ham bor. Bularni ajrata olish darkor. Inson biror murakkab muammomi yechishi
talab etilganda tafakkurga mirojaat etadi. Bunday natijalarga erishish yo'llari mavjud bo‘lsa, tafakkur orqali biz tafakkurdan ko‘ra
xayol kuchiga tayanamiz. Xayolning rivojlanishi konkret ko‘rgazma
obrazlardan mavhum tushunchalar orqali yangi xayol obrazlari ijod
qilish tarzida amalga oshirib boriladi
Ma’lumki, nutq mavhum tafakkur rivojida alohida, muhim o‘rin
egallaydi. A.S.Vigotskiy ma’lum otlariga ko‘ra, nutqi zararlangan
bolalarda xayol jarayonlari ham izdan chiqar ekan. Bu toifa bolalar
ko‘chma ma’nodagi so‘zlarni ham qiyinchilik bilan o ‘zlashtiradilar,
kamchiliklar bilan egallashlari suhbatda, ular xayollari ham me’yoriy
shakllanishdan chetga chiqar ekan. Ixtiyorsiz xayolga m a’lumki,
tush ko‘rish va turli gallutsinatsiyalar misol bo‘la oladi.
Inson ongida ilgari eshitish, ko'rish, sezish orqali idrok qilingan obyektlar to'g'risidagina emas, balki idrok qilinm agan obyektlar
(narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va h.k.) to'g'risida ham tasavvurlar bor. Xayol (tasavvur) boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi.
Tasavvur qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: borliqni tasavvurlarda ko'rish va turli hayotiy m uam m olarni yechishda
ulardan foydalanish imkoniyatini ta ’minlaydi; hissiy munosabatlarni boshqaradi; bilish jarayonlari va inson holatini ixtiyoriy boshqaradi; insonni ichki jihatdan shakllantiradi; faoliyatni rejalashtiradi
va dasturlashtiradi.
Tasavvur qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: borliqni tasavvurlarda ko'rish va turli hayoti muammolarni yechishda ulardan foydalanish imkoniyatini ta ’minlaydi; hissiy munosabatlarni boshqaradi; bilish jarayonlari va inson holatini ixtiyoriy boshqaradi; insonni ichki jihatdan shakllantiradi; faoliyatni rejalashtiradi
va dasturlashtiradi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda
tasavvur xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan
eksperimental kuzatuvlar natijasida tekshirildi va tadqiq etildi.
Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini o'rganishda ko'proq
«Berilgan geometrik shakl bo'yicha rasm yaratish», Rorshax testi,
«Boshi bor rasmni tugallash» metodlari qo'llanadi. Bunda eksperiment individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperimentning borishida bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti,
ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili o'tkazildi.
THANK YOU
Do'stlaringiz bilan baham: |