Bitiruv malakaviy ish Mavzu: Erkin Vohidov lirikasi: badiiy mahorat va uslubiy individuallik


Ko‘nglingiz xush bo‘lsa ham, Xush bo‘lmasa, majlis qiling



Download 155,32 Kb.
bet10/14
Sana21.07.2022
Hajmi155,32 Kb.
#834059
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hilola BMI

Ko‘nglingiz xush bo‘lsa ham,

Xush bo‘lmasa, majlis qiling,

Ovchilar, siz otgani

Qush bo‘lmasa, majlis qiling,

Ahli bozor, sotgani

Go‘sht bo‘lmasa, majlis qiling,

Hech hisobmas, har kuni

Qo‘sh bo‘lmasa – majlis qiling.

2.2. Erkin Vohidov she’riyatida metafora va metaforiklik

2.2. Erkin Vohidov she’riyatida metafora va metaforiklik

Metafora masalasi antik davrlardan boshlab o‘rganib kelinadi. Xususan, Arastu metafora so‘zini keng ma’noda, umuman, ko‘chma ma’noli so‘z ma’nosida qo‘llagan. Ishda bu narsa Arastu “Poetika”sida metaforaga keltirilgan misollar tahlilida ko‘rsatildi. “Ritorika”da faylasuf bu fikrni aniq ifodalaydi: “Metaforaning to‘rtta turi ichida analogiyaga asoslanganlari alohida e’tiborga molik”. U metaforaning poeziyadagi o‘rniga maxsus to‘xtalmasa-da, poeziya tili haqidagi mulohazalaridan buni bilib olish qiyin emas. Arastu fikricha, poeziya tili o‘ziga xos so‘z qo‘llashni taqozo etadi, toki tanlangan so‘zlar, bir tomondan, aniqlikni, ikkinchi tomondan, kundalik nutqdan farqlanib turishini ta’min etsin. Agar umumiste’moldagi so‘zlar poeziya tilining aniqligini ta’minlasa, “glossalar, metaforalar, bezaklar... oliyjanob va ulug‘vor” etadi, kundalik nutqdan farqlaydi. Yana “metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega”, undan o‘rinli va bilib foydalanish nutqni bezaydi. Ya’ni, Arastu o‘zi aytmoqchi “noodatiy so‘zlar”ni, jumladan, metaforalarni poeziya tilining belgilovchi xususiyati deb hisoblaydi va ularga g‘oyat katta ahamiyat beradi.

Arastu metaforaning ahamiyatini tushuntirarkan, “bizga qandaydir bilim beradigan so‘zlar yoqimli” deydi, chunki metafora ikkita narsani o‘xshatish orqali “turga xos tushuncha yordamida bilim beradi va ma’lumotlar yetkazadi”. Ya’ni Arastu metaforaning badiiy tafakkur unsuri ekaniga diqqat qiladi. Biroq

Arastu fikricha, tashbeh kamroq yoqadi, chunki u uzunroq (ya’ni ko‘p so‘z bilan ifodalanadi) va “mana bu – o‘sha” deya tasdiqlamaydi; ikkita obyekt ochiq o‘xshatilganidan ko‘ra yashirin o‘xshatishning estetik samarasi kuchliroqdir.


Download 155,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish