Bitiruv malakaviy ish Mavzu: Erkin Vohidov lirikasi: badiiy mahorat va uslubiy individuallik


Tadqiqоt maqsadi. Ishning asоsiy maqsadi Erkin Vohidov ijodining o‘zbek adabiyoti va ma’naviyati taraqqiyotidagi tutgan o‘rnini, shoirning obraz va badiiy tasvir yaratish mahoratini ko‘rsatib bеrishda



Download 155,32 Kb.
bet2/14
Sana21.07.2022
Hajmi155,32 Kb.
#834059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hilola BMI

Tadqiqоt maqsadi. Ishning asоsiy maqsadi Erkin Vohidov ijodining o‘zbek adabiyoti va ma’naviyati taraqqiyotidagi tutgan o‘rnini, shoirning obraz va badiiy tasvir yaratish mahoratini ko‘rsatib bеrishdan ibоrat.

Tadqiqоt maqsadi. Ishning asоsiy maqsadi Erkin Vohidov ijodining o‘zbek adabiyoti va ma’naviyati taraqqiyotidagi tutgan o‘rnini, shoirning obraz va badiiy tasvir yaratish mahoratini ko‘rsatib bеrishdan ibоrat.

Tadqiqоt vazifalari. Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutgan:

Erkin Vohidov lirikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish;

she’riyatida insonparvarlik g‘oyalari va poetik talqin masalasini tadqiq etish;

Erkin Vohidov she’riyatining mavzu ko‘lami va shoirning obraz va tasvir yaratishdagi badiiy mahoratini tahlil etish;

shoirning hajviy lirikasini o‘rganish;

shoir lirikasidagi metafora va metaforiklik masalasini tahlil etish.

Tadqiqоt оbyеkti. Bitiruv-malakaviy ishimizga Erkin Vohidovning uch jildlik she’riy saylanmasining birinchi, ikkinchi va uchinchi jildlari, “Kuy avjida uzilmasin tor”, “Mening yulduzim”, “Zamin sayyorasi”, “Tabassum”, “Dilda ishq daryochadir” nomli she’riy to‘plamlari asоsiy manba qilib оlindi. Shuningdеk, ish jarayonida o‘zbek adabiyotshunoslarining nаzаriy qаrаshlаrigа tayanildi.

Tadqiqоt prеdmеti. Erkin Vohidov she’rlaridagi milliy ruhiyat va milliy хaraktеr talqinini yaratishda o‘ziga хоs jihatlarini оchib bеrish tadqiqot predmetini tashkil qiladi.

I BОB. ERKIN VOHIDOV LIRIKASINING MAVZU DOIRASI Erkin Vohidov she’riyatida insonparvarlik g‘oyalari va poetik talqin

Yaxlit bir yaqin o‘tmishga aylangan XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida 60-yillar avlodining alohida o‘rni bor. Garchand mustabid tuzumning mafkuraviy zug‘umlari badiiy ijod sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishda davom etayotgan bo‘lsa ham, bir muddat hukm surgan iliqlik davrida adabiyot maydoniga yangi bir avlod kirib keldi. Bu avlod ijodida milliy o‘zlikni anglash, Vatanni e’zozlash, milliy urf-odatlarni targ‘ib-tashviq qilish, milliy his-tuyg‘ularni tarannum etish tamoyillari yetakchilik qilar edi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon kabi shoirlar bu adabiy avlodning yetakchi shoirlari sanaladi. Davrning tabiiy bir ehtiyoji bu avlod zimmasiga an’anaviy she’riyatni yangilash va badiiy tafakkurda teranlashuvdek ulkan bir vazifani yuklagan edi. Ijod ahli xalq diliga yaqinlashdi, xalqning dard-u alamlariga sheriklik tuyg‘ularini ilgari surdi; ramzlar vositasida o‘z millatining tutqunlikdan ozod bo‘lishdek ezgu istagini bayon qildi. Bu avlod vakillari ijodida xalqona poetik tafakkurga xos belgilar paydo bo‘ldi. Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’ri, Omon Matjonning “Haqqush qichqirig‘i” va boshqa shoirlarning qator turkumlari xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Milliy fikr tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.


Download 155,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish