Bu shoirlar xalqning chinakam mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lish uchun ijodkorning estetik ideali yuksak bo‘lishini, o‘zlari xalq hayotining ichiga kirishi zaruratini juda teran angladilar. Shu bois, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bir she’rida: Men jilg‘aman, Daryo bo‘lib to‘lgim keladi. Ona yurtim, Senga o‘g‘lon bo‘lgim keladi. Bugun senga Faqatgina she’rim bag‘ishladim. Kerak bo‘lsa, Jonni fido qilgim keladi – deb umuman ijodkorga xos konsepsiyani g‘oyatda muxtasar tarzda ifoda qildi. Tabiiyki, shoir zoti inson ko‘nglining tarjimoni sifatida qalam tebratadi. Ayniqsa, uning “men”ida milliy, umuminsoniy ezgu tuyg‘ular tajassum topishi lozim. Shu ma’noda: “Ijodkor umuminsoniy dardni shaxsiy darddek qabul qilishi yoki shaxsiy dardini umuminsoniy dard darajasiga ko‘tarishi lozim”, – deb yozadi Abdulla Oripov Bu adabiy avlod zimmasidagi mahobatli missiya zamirida “mayda gaplarni ko‘tarmagay she’r” degan aqida, umuminsoniy g‘oyalarni, o‘zbekning milliy o‘zligini anglashdek, xalqni erkinlikka, qolaversa, istiqboldagi istiqlol kunlariga hozirlashdek ulkan fikrlar mujassam edi. Erkin Vohidov fenomeni ana shunday adabiy muhitda tabiiy zarurat, “ehtiyoj farzandi” sifatida maydonga keldi. Bu adabiy avlod zimmasidagi mahobatli missiya zamirida “mayda gaplarni ko‘tarmagay she’r” degan aqida, umuminsoniy g‘oyalarni, o‘zbekning milliy o‘zligini anglashdek, xalqni erkinlikka, qolaversa, istiqboldagi istiqlol kunlariga hozirlashdek ulkan fikrlar mujassam edi. Erkin Vohidov fenomeni ana shunday adabiy muhitda tabiiy zarurat, “ehtiyoj farzandi” sifatida maydonga keldi. Erkin Vohidov adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan she’riyatning noyob darg‘alarida ijod qilgani bilan ajralib turuvchi shoirdir. U ijodiy faoliyati davomida o‘tkir, mulohazali, fikrni lo‘nda va sermazmunlik bilan ifodalay oladigan, mumtoz adabiyotimizning go‘zal janri bo‘lmish g‘azalni qayta jonlantira olgan ijodkordir. Dastlab Erkin Vohidov ijodiy maydonga oshiq misol o‘zining sevgi-muhabbat mavzuyidagi she’rlari bilan kirib keladi. Keyinchalik u donishmand, qisqa so‘zda pur ma’no ifodalashi bilan ham o‘z ijodiy namunalari bilan ajralib turdi. Shu sababdan bo‘lsa kerak u o‘zining rango-rang she’rlari bilan barchaning qalbidan chuqur joy egalladi. Inson hayoti davomida ulkan so‘qmoqlar, katta dovonlardan oshib, toblanib umr atalmish ummonda suzar ekan, bunda unga hayot katta ustozlik qiladi. Goh kuldiradi, goh yig‘latadi. Bu ustoz ta’lim berar ekan, mavzu haqida tushuntirish bermaydi, balki shundan bo‘lsa kerak inson yillar davomida toblanib, charxlanib boradi. Erkin Vohidovda ham shunday bo‘lgan, u buyuk shoir bo‘lishida shu ustoz imtihonlaridan qayta-qayta o‘tgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ana shu sabab shoir she’rlarida ham insoniylikning go‘zal jihatlari o‘zining aksini topadi. Shoirning ijod maydoniga kurib kelishi ham o‘z o‘zidan bo‘lmagan u o‘z-o‘zidan shoirlik maqomiga ega bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |