Shoir she’rda lirik qahramonning inja tuyg‘ulari orqali haqiqatga tik qaraydi. Bu haqiqatning zamirida, vatanga bo‘lgan muhabbat bilan bir qatorda, uning erki, ozodligi, go‘zalligini anglash, vatanga bo‘lgan e’tiqodni his eta olish tushunchasi mujassamlashgan. Shu bilan birga, hayotning, yashashning mohiyatini anglash, tushunish falsafasi ham o‘z ifodasini topgan. Erkin Vohidov lirik qahramonidagi mavjud dard va alamlar kitobxon qalbini larzaga soladi, hayotga, tarixga teranroq nazar solishga undaydi. Shu jihatdan, shoir XX asr boshlaridagi Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitratlar boshlagan an’analarni izchillik bilan she’riyatda, ya’ni o‘z ijodida davom ettirdi. Shoir she’riyatida muhabbat, do‘stlik, do‘stga sadoqat va fidoiylik mavzulari ham alohida o‘rin tutadi. Bu mavzudagi she’rlarida shoir asl muhabbat va do‘stlikning mohiyatini ochadigan turli poetik usullar o‘ylab topadi, soxta hissiyotlardan qochadi. Erkin Vohidov lirikasining salmoqli qismini hajviy lirika tashkil qiladi. Shoirning hajviy she’rlarida shunchaki sharoitni, vaziyatni ko‘rsatish yo‘lidan borilmaydi, aksincha, poetik ritmga solingan tanqidiy psixologizm, komiklikka, ba’zan yumor va satiraga tayanilgan badiiy sintez, hayotning turli noqobil va salbiy jihatlariga qarshi subyektiv munosabat ifoda etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI - Аристотель. Риторика. Поэтика. – М.: Лабиринт, 2000.
- Болтабоев Ҳ. Сўз сеҳри. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006.
- Воҳидов Э. Сайланма. Икки жилдлик. Биринчи жилд. Муҳаббатнома. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1986.
- Воҳидов Э. Сайланма. Икки жилдлик. Иккинчи жилд. Садоқатнома. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1986.
- Воҳидов Э. Куй авжида узилмасин тор. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991.
- Воҳидов Э. Сайланма. 1-жилд. Ишқ савдоси. – Тошкент: Шарқ, 2000.
- Воҳидов Э. Сайланма. 2-жилд. Шеър дунёси. – Тошкент: Шарқ, 2001.
- Воҳидов Э. Сайланма. 3-жилд. Умрим дарёси. – Тошкент: Шарқ, 2001.
- Воҳидов Э. Tабассум. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010.
- Воҳидов Э. Замин сайёраси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2014.
- Воҳидов Э. Cўз латофати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2014.
- Воҳидов Э. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2016.
- Воҳидов Э. Эрк саодати. – Тошкент: Шарқ, 2018.
- Воҳидов Э. Менинг юлдузим. – Тошкент: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Давлат илмий нашриёти, 2018.
- Vohidov E. Dilda ishq daryochadir. – Тошкент: “Ziyo nashr”, 2019.
- Норматов У. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2007.
- Олимов М. Ҳозирги ўзбек адабиётида пафос муаммоси. – Тошкент, 1994.
- Орипов А. Эҳтиёж фарзанди. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1988.
- Орипов A. Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Тўртинчи жилд. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2001.
- Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти. – Тошкент: Фан, 2007.
- Улуғов А. Асл асарлар сеҳри. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2007.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |