Ma’lumki, qandli diabetning 2 turi mavjud bo’lib (QD I, QD II), birinchi turi kam uchraydi (ko’pincha bolalar va balog’at yoshidagi bolalarda uchraydi), QD II turi kasallikning 85 % tashkil qiladi. Bu endokrin patologiyasi eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, jahon mamlakatlari bo’ylab 3% tashkil qiladi. Diabet kelib chiqishida ko’pincha irsiy va tashqi omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari, QD I chi turida insulin hosil bo’lishi jarayonida S-oqsilning ahamiyati beqiyosdir [14,29].
Insulinga bog’liq qandli diabet insulin hosil qiluvchi hujayralar (β- hujayralar)ning autoimmun shikastlanishidan, bu hujayralarning distrofiyasi, orolchaning bujmayib qolishidan, insulinning umuman hosil bo’lishi to’xtashidan kelib chiqadi. Glyukozaning hujayralarga bormasdan, qonda ko’payib ketishi, organizmda oqsillar parchalanishi va sintezi buzilishiga olib keladi [8,15].
Yog’ depolarida yog’larning parchalanishi tezlashadi va ularning mahsuloti qonda ko’payib ketadi (lipemiya), yog’lar parchalanishi natijasida yog’ kislotalari hosil bo’lib, qon bilan jigarga o’tadi va yog’larning to’liq bo’lmagan
parchalanishida ishtirok etadi – keton tanalari hosil bo’lib, ular ham o’z navbatida
– qonga o’tadi , organizm ichki muhitini zaharlaydi – asidoz holati kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar oldida turgan muammolardan biri qandli diabet kasalligida qon tomirlarning (yirik va mayda) shikastlanishi asosan natijasida mikro-, makroangiopatiya holati xavfli hisoblanadi. Qandli diabet kasalligida insulin yetishmovchiligi lipidlar almashinuvining buzilishi, atroskleroz holatlarining kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda[4,6,17].
Shu bilan birga, allokson natijasida kalamushlarda keltirib chiqarilgan qandli diabetda qon zardobida lipoproteidlar spektrining kuchli o’zgarganini ko’rsatgan (T.S.Soatov, Saipov T.D,, 1979 y.). β-lipoproteidlarning ko’payishi va β- fraksiyalarning kamayishi kuzatilgan. β-lipoproTeidlarning qandli diabetda ko’payishi qonda xoLesterin va trigliSeridlarning ko’payishini belgilaydi [2,6,11].
IBQDda lipidlar perkisli oksidlanishining mahsulotlari kon’yugirlangan diyenlarning va malon dialdegidining ko’payishi erkin yog’ kislotatalarining miqdoriga bog’liq bo’lgan (Nikiforov O.N., Sazonova O.V. va boshqalar, 1997 y.). Qandli odiabetda hammaga ma’lumki, organ va to’qimalar shikastlanishi yuz Beradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ko’pgina mualliflar qandli diabet kasalligida miokard infarkti, nefropatiya holatlari va o’pka mikroangiopatiyasi, yirik va mayda tomirlar, makro va mikroangiopatiyalari, ko’z kasalliklari o’rganilgan. Lekin immun tizimidagi asosiy ahamiyatga ega bo’lgan organlar tizimi timus, suyak iligi va taloqdagi moddalar almashinuvi xususiyatlari kam tadqiq qilingan. Bu organlarda immun tizim hujayralarining hosil bo’lishi proliferasiyasi va differensirovkasi o’tadi. O’rtacha olinganda inson 35 yosh arafasida timus atrofiyasi boshlanadi. Qolgan immun tizim organlari normal holatda saqlanadi. Qandli odiabetga uchragan insonlarda bu tizim a’zolari qanday saqlanishi va funksional faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Bu organlar tizimida juda ko’p fosfolipidlar turi uchraydi va ularning almashinuvini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Qandli odiabetga uchragan insonlar immuntizim a’zolarida fosfolipidlar va glikolipidlar almashinuvini o’rganish ishning asosiy maqsadini
tashkil etadi. Ishning maqsadini hisobga olgan holda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim [3,7,9,21,25] .
Do'stlaringiz bilan baham: |