XULLAS, O‘N BIRINCHI QOIDA:
Turmushdan ham, o‘zingizning ustingizdan ham kulib yashang. Zaharxanda qilib emas, yo‘q — bu kulgi azob-uqubatlaringizni yengillashtiruvchi, ruhiy tushkunlikdan xalos qiluvchi, ayni damdagi muammolaringizni kelgusida hal qilishga yordamlashuvchi malham, shifobaxsh vosita bo‘lishi lozim. Og‘ir paytlarda tanglik va g‘am-tashvishni kulgi bilan quvib haydang, aniq va tiniq fikrlab, muammoning yechimini topish uchun aqlingizga joy bo‘shating. Yechim esa doim topiladi. O‘zingizga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo‘lmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |