Birinchi qism o‘tmishimdan saboqlar



Download 94,89 Kb.
bet18/31
Sana29.12.2021
Hajmi94,89 Kb.
#77188
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
og mandino dunyoning eng buyuk sav

XULLAS, O‘NINCHI QOIDA:

Bugundan boshlab hammaga — do‘stu dushmanga, tanishu notanishga — go‘yo ular yarim tunda olamdan o‘tadigandek munosabatda bo‘ling. Uchrashuvlaringiz nechog‘li qisqa bo‘lmasin, odamlarga bor mehringiz, e’tiboringiz va muhabbatingizni bering. Buni chin dildan, beg‘araz qiling. Shunda har kuningiz bayramga aylanadi.



O‘N BIRINCHI QOIDA

Yaxshi yashash uchun ...



Turmush ustidan ham, o‘zingizning ustingizdan ham kulib yashang. Zaharxanda qilib emas, yo‘q — kulgi azob-uqubatlaringizni yengillashtiruvchi, ruhiy tushkunlikdan xalos qiluvchi, ayni damdagi muammolaringizni kelgusida hal qilishga yordamlashuvchi malham, shifobaxsh vosita bo‘lishi lozim. Og‘ir paytlarda tanglik va g‘am-tashvishni kulgi bilan quvib haydang, aniq va tiniq fikrlab, muammoning yechimini topish uchun aqlingizga joy bo‘shating. Yechim esa doim topiladi. O‘zingizga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo‘lmang.
Kulgingiz biror marta ham yangramagan kunlar sizning eng ma’yus va g‘amgin kunlaringizdir. Quvnoq kulgi har bir xonadonga nur olib kiradi, har kuni, hatto g‘am-tashvishlar bilan kurashayotganingizda ham hazil-mutoyiba hissini yo‘qotmang. Har bir tabassum, samimiy kulgi umringizning qimmatli lahzalarini uzaytiradi.
Inson — kulish qobiliyatiga ega va balki, o‘z ustidan kulishga loyiq bo‘lgan yagona tirik mavjudot. Ammo «o‘z ustidan kulish uchun yetarli darajada mardlikka ega bo‘lgan kishilar hammadan yaxshiroq kuladilar. Bu ularda o‘ziga nisbatan xolis munosabatda bo‘lish qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi. Agar siz bunga qodir bo‘lsangiz, barcha g‘am-tashvishlaringiz ortga chekinadi.
To‘g‘ri, hayotning og‘ir o‘yinida ma’lum qoidalar mavjud. Biroq, bu har qalay o‘yin ekanligi va uni haddan tashqari jiddiy qabul kilmaslik kerakligini hech qachon unutmang. Agar biz butun boshli kundan hech bo‘lmasa ozgina xursandchilik ololmasak, unda yashashning nima qizig‘i bor? O‘z ustidan kula bilish, o‘ziga haddan tash-qari jiddiy munosabatda bo‘lmaslik — bu men har qadamda eslaydigan o‘yin qoidasidir. Har safar o‘zimni haddan tashqari «ishbilarmon» his etib, oliftalik qila boshlasam yoki mashhur yozuvchi roliga kirsam, Tangri boplab adabimni berib, aqlimni... keyingi galgacha joyiga tushirib qo‘yadi.
Men bir necha kun mobaynida Atlanta atrofidagi radio va televizion stantsiyalarning‘ eshigini qoqib, endi chiroyli qora limuzinda shahardan taxminan ikki soatlik yo‘ldagi yirik savdo markaziga kitobxonlar bilan uchrashgani ketib borardim. Qo‘limdagi uchrashuvlar ro‘yxatida yo‘l-yo‘lakay kichkinagina xristianlar radiostantsiyasiga kirib, «hazrat Jon» nomi bilan mashhur jentelmen bilan jonli efirda yarim soatni o‘tkazishim kerakligi ko‘rsatilgan edi.
Nihoyat, biz bo‘yog‘i ko‘chgan kichkina oq kottej oldiga kelib to‘xtadik. Haydovchi men tomon qarab, xuddi kechirim so‘ragandek:
— Mana u, ser. Radiostantsiya, — dedi. Kiraverishdagi soyabonli pillapoyadan ko‘tarilib ulgurmasimdan eshik ochilib, hazrat Jonning o‘zi chiqib keldi. Men uni darrov tanidim, chunki oq ko‘ylagining ko‘krak cho‘ntagiga «hazrat Jon» so‘zlari qizil ip bilan chiroyli qilib tikib qo‘yilgan edi.
— Stantsiyamizga xush kelibsiz, ser! — dedi u meni quchoq-
lab. — Bu biz uchun katta baxt.
Biz qachondir mehmonxona bo‘lgan, biroq endi elektron uskunalar, kasseta va yozuvli qutilar uyib tashlangan xonadan yetaklashib o‘tdik. Hazrat Jon meni uyning orqa qismidagi o‘z «studiya»siga boshlab borar ekan, qulog‘imga qaerdadir kuylanayotgan diniy qo‘shiqlar ovozi chalindi.
— Bir necha daqiqadan keyin efirga chiqamiz. Bemalol joylashib o‘tiring, — deb mulozamat ko‘rsatdi mezbon.
Hazrat Jon qo‘li bilan ishora qilgan tomonda bo‘yalmagan yog‘och stol, uning ustida esa taxtaga bir nechta mix bilan qoqilgan mikrofon qiyshayib turardi. Men qattiq yog‘och kursiga o‘tirarkanman, Beshinchi avenyudagi xos xonalardagi noshirlarim o‘z mualliflarini qayoqqa yuborayotganlari haqida biron-bir tasavvurga egamikan, deb o‘ylar edim. Keyin meni hayratga solib hazrat Jon ham yonimga kursini surib o‘tirdi. Men tuyqus bu mikrofon studiyada bitta ekanligi va uni hazrat Jon bilan baham ko‘rishimizga to‘g‘ri kelishini tushundim. Atlantadagi zamonaviy radiostantsiyalarning hashamatiga solishtirganda, bu batamom ajablanarli hol edi. Biroq men yarim soatga bundan battarrog‘iga ham chidashga tayyor edim.
O‘sha safarimda men «Masihning vakolati» kitobimni reklama qilardim. Men bilan suhbatdan oldin bu kitobni o‘qimagan aksariyat suhbatdoshlarimdan farqli o‘laroq, hazrat Jon uni faqat o‘qibgina qolmay, yon daftariga qator aqlli savollardan iborat uzun ro‘yxat ham tuzib olgan edi. Efirga chiqqanimizdan keyin u mana shu yon daftariga qarab, meni savolga tutdi.
Munozaramiz juda chiroyli o‘tayotgan edi. Biroq, suhbatning qoq yarmida qo‘shni xonada telefon jiringladi. Tabiiyki, «studiya», aksariyat zamonaviy studiyalar singari, chetdan ovoz kirmaydigan qilib jihozlanmagan edi. Shu bois ayni savolga javob berayotgan paytimda quloqni batang qilib chinqirgan qo‘ng‘iroq meni maromdan chiqardi. Men gapning uchini yo‘qotdim.
La’nati telefon esa chinqirishda davom etardi. Nihoyat, asabi buzilgan hazrat Jon yon daftariga qarab, menga ro‘yxat bo‘yicha navbatdagi savolni berdi-da, zo‘r berib qilgan imo-ishoralarimga ham qaramay, qo‘shni xonaga aftidan, qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun, chiqib ketdi. Men endi bo‘sh kursiga qarab gapirar, mikrofon esa so‘zlarimni efirga uzatardi. Kamina javobni tugatsam-u, boshlovchi ungacha qaytib kelmasa, nima qilaman, deb o‘ylab juda sekin, dona-dona qilib gapirardim.
Nihoyat, men bor gapimni aytib tugatdim. Hazrat Jondan esa hanuz darak yo‘q edi. Shunda men, aytish mumkinki, umrimda birinchi marta juda aqlli ish qildim. Qarshimda yotgan bloknotni oldim, savollar ro‘yxati ustidan barmog‘imni yurgizib, navbatdagi savolni topdim va: — hazrat Jon, fikri ojizimcha, siz kitobimning asosiy g‘oyasi qanday tug‘ilganini bilmoqchisiz? — dedim.
Shu asno men keyingi o‘n besh daqiqa davomida o‘zim bilan o‘zim suhbat qurdim!
Nihoyat, kimdir kelib yelkamga qoqdi. Boshlovchi va dastur mehmoni roliga shu qadar jiddiy kirishib ketibmanki, mezbonning qaytib kelganini ham sezmabman. U devorda osig‘liq kattakon soatga qo‘li bilan ishora qildi va mikrofonga engashib:
— Janob Mandino, studiyamizga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur. Sizga va ajoyib kitobingizga kattadan-katta muvaffaq yatlar tilayman. Safaringiz bexatar bo‘lsin. Iloyo Tangri sizni o‘z panohida asrasin! — dedi.
Shu so‘zlarni aytib u stoldagi tugmalardan birini bosdi va men peshanamdagi terni artib, nafasimni rostlab olgunimcha efirda «Siondagi Tangriga shukrona» qo‘shig‘i yangradi. Keyin men bizni o‘zimizning ustimizdan kulishga o‘rgatuvchi turmushning juda muhim bir qoidasini eslash baxtiga musharraf bo‘ldim. Hazrat Jon boshdan-adoq yozib tashlangan arxiv varaqchasini qarshimda silkitib, juda mamnun qiyofada jilmaydi.
— Janob Mandino, sizni kuttirib qo‘yganim uchun uzr. Ammo siz bu sinovdan juda ustalik bilan o‘tdingiz. San-Diegodan onam qo‘ng‘iroq qilibdilar, sakson yashar kampir. O‘tgan safar gaplashganimizda menga sabzili pirog pishirishning eski oilaviy retseptini berishni va’da qilgandilar.
Dunyo ustidan, undan ham ko‘proq o‘zingizning ustingizdan kuling. Agar kulgi yaqin dorixonada sotilganida, oilaviy do‘xtiringiz sizga uni har kuni juda ko‘p miqdorda ichishni tayinlagan bo‘lardi. Ishoning, kulgi bilan yashash kulgisiz yashashdan ko‘ra yaxshiroq.


Download 94,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish