Birinchi qism o‘tmishimdan saboqlar


XULLAS, O‘N YETTINCHI QOIDA



Download 94,89 Kb.
bet31/31
Sana29.12.2021
Hajmi94,89 Kb.
#77188
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
og mandino dunyoning eng buyuk sav

XULLAS, O‘N YETTINCHI QOIDA:

Baxtimiz o‘zimizda zohir ekanligini hamisha yodda tuting. Farovonlik, shod-xurramlik va ruhiy xotirjamlikni atrofdan qidirib ovora bo‘lmang. Oladigan emas, beradigan odamgina baxtli bo‘lishini unutmang. Atrofingizdagilarga yordam qo‘lini cho‘zing. O‘rtoqlashing. Quvoning. Quchoqlashing. Baxt — bu shunday malhamki, uni o‘zingizning ustingizga bir necha tomchi oqizmasdan boshqalarga bera olmaysiz.



XOTIMA

Ko‘rishguncha xayr. Sizsiz menga qiyin bo‘ladi, ammo do‘stligimiz hech qachon tugamaydi deb umid qilaman. Agar istasangiz, men bilan umr bo‘yi birga qolishingiz mumkin. Buning uchun «yaxshi yashash sirlari»ni o‘rganib, amalda qo‘llasangiz kifoya. Men buni juda ham istayman.


Men bilan bo‘lgan uchrashuvdan xursandsiz deb o‘ylayman. Shaxsan men sizni bu yerda, o‘z xonamda ko‘rishdan boshim osmonga yetdi. Har qanday xayrlashuv kutilmagan bo‘lishi kerak, deb yozgan edi Bayron. Balki u haqdir. Biroq, gap shundaki, men chindan ham sizning bu xonadan so‘nggi bor chiqishingizni ko‘rishni istamayapman. Biz siz bilan ko‘p ishlar qildik... tabiiyki, hali yana ko‘p ishlar qilamiz.
Uzoq umrim davomida juda ko‘p yaqin do‘stlarim bilan ayriliq azobini boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan. O‘g‘illarim — avval Den, keyin esa Mett ota-ona bag‘rini tark etishganidan so‘ng buning og‘rig‘i qolishi uchun menga ko‘p oylar kerak bo‘lgan.
Men ko‘raverib ko‘nikib qolgan jonsiz narsalardan ayrilishdan ham shunday ko‘p azob cheksam kerak.
Men hozir birorta ham fotolaboratoriya ishlov bermaydigan uch o‘lchovli slaydlarni suratga tushiradigan eski «Stereo-Realist» kamerasini, yog‘och dastakli golf chavgonlarini, eski rusumdagi enli bo‘yinbog‘larni va 1974 yil chiqqan usti olinadigan oq «Kadillak-eldorado» avtomobilini hamon saqlab kelaman.
Shunday qilib, men xuddi oq-qora tasvirli kinofilmdagi singari perronda turib, sizni olib ketayotgan poezd ortidan qo‘l silkiyapman va siz bilan yana o‘rtoqlashishim mumkin bo‘lgan ko‘p narsalar haqida o‘ylayapman.
Biroq, shunga qaramay, kelajagingiz faqat o‘zingizga bog‘liq ekanligini men o‘z tajribamdan juda yaxshi bilaman. Toki siz o‘zingiz vaqt, harakat, qurbonlar va azob-uqubatlar bilan talab qilingan narxni to‘lashga jazm etmas ekansiz, biron-bir kitob, ma’ruza yoki seminar, biron-bir muallim, ustoz, murabbiy yoki ruhoniy sizning turmush tarzingizni o‘zgartira olmaydi.
O‘tgan ish o‘tdi, bo‘yog‘i sindi. Siz kechagi kun, o‘tgan oy va burungi yillarda uchragan muvaffaqiyatsizliklaringizni o‘zgartira olmaysiz. Biroq siz ertangi va qolgan boshqa kunlaringiz o‘zingiz istaganingizdek bo‘lishi uchun ko‘p ishlar qilishingiz mumkin.
Agar siz o‘yin qoidalariga amal qilsangiz, unda siz uchun hali hammasi oldinda. Endi, siz mening o‘tmishim haqida hamma narsani bilganingizdan keyin, garov o‘ynashim mumkinki, hozir: «Agar bu Og Mandinoning qo‘lidan kelgan bo‘lsa, unda istalgan birov shunday qila oladi. Mening qo‘limdan kelishi-ku, aniq», deb o‘ylayapsiz. Hech qanaqangi rad etish va o‘zini oqlashlar ketmaydi, xo‘pmi?
Darhaqiqat, yaxshi yashash mumkin. Zotan, endi siz yaxshi sirlaridan xabardorsiz. Undan foydalaning. Meni uyaltirib qo‘ymang, ammo eng muhimi — o‘zingizning oldingizda uyalib qolmang!
Ko‘rishguncha xayr, aziz do‘stim. Yanagi uchrashuvimizgacha Tangri meni ham, sizni ham o‘z panohida asrasin.
Tinchlik-omonlik sizga yor bo‘lsin!
Download 94,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish