Foydalangan adabiyotlar
1. И.Каримов Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура –
Т., 1996. -232-234 б.
2. Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish – eng oliy saodatdir -T.: “O’zbekiston”, 2015.
3. Саидов А. Миллий давлатчилик, истиқлол мафкураси ва ҳуқуқий
маданият тўғрисида (Ўзбекистон Республикаси Президенти
И.А.Каримов асарларини ўрганувчиларга ) -Т.: Ўзбекистон
Республикаси ИИВ академияси, 1999. – 68-69 б
ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O’ZBEKISTON TARAQQIYOT
POYDEVORI ASOSCHISI
Rasulova M.,
SamDCHTI talabasi
Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini qo’lga kiritish arafasida va
undan keyin dastlabki oylarda olib borgan jo’shqin va serqirra faoliyatini muhim
siyosiy voqea, yurtimizni milliy istiqlolga eltgan mashaqqatli va sharafli kurash
tarixining o’chmas sahifasi deb atash mumkin. Mustaqillikni qo’lga kiritishda
Birinchi Prezidentimizning omma oldidagi chiqishlari to’liq berilmasdan, asosan,
xalqimizning asriy orzusi bo’lgan milliy istiqlol mavzusiga oid fikr va qarashlari
atroflicha o’z ifodasini topgan.
Mustaqillikka qadar, O’zbekiston barcha iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar
bo’yicha anchagina orqada bo’lgan. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 2 hissa past
56
bo’lgan. Mehnat unumdorligi esa atigi 40% ni tashkil etgan. Aholi o’rta hisobda
go’sht, sut va boshqa mahsulotlarni 2 barobar kam miqdorda iste’mol qilmoqda
edilar. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari bo’lgan sog’liqni saqlash, xalq ta’limi,
maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolga tushib qolgan edi. Maktab va
kasalxonalarning 60%i nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o’zi kifoya.
Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay
tabiiy- iqlim sharoitlariga ega bo’la turib, asosiy iqtisodiy hamda ijtimoiy
ko’rsatkichlar bo’yicha haqli ravishda inqiroz holatiga tushib qolgan bir paytda
bizning Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ulkan jasorat
ko’rsatdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o’z
milliy mustaqilligini baland ruh va xursandchilik bilan kutib oldi. 1990-yillarning
boshiga kelib birorta ham sho’ro respublikasi O’zbekiston singari og’ir fojiali
ahvolda emasdi. Shunday vaqtlarda Islom Karimov katta mas’uliyatni o’z bo’yniga
olib O’zbekiston Prezidenti bo’ldi
19
.
Mustaqillikka erishgan yillarda Birinchi Prezidentimizning say-harakatlari bilan
1990-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotimizning o’sishi taxminan 3,5 marta,
aholi jon boshiga hisoblaganda 2,5 barobar oshgan. Iqtisodiyotning o’sishi 8,5% ni
tashkil etgan. 2000-2011-yillarga kelib yana bir raqam – vatanimiz taraqqiyoti,
xalqimiz farovonligi va inson salomatligini asrash, unga munosib sharoit yaratish
va g’amxo’rlik ko’rsatish uzluksiz o’sib borganligi tasdig’i sifatida aholimizning
o’rtacha umr ko’rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetgani ko’p narsadan dalolat
beradi. Shuningdek, yangi-yangi binolar, maktablar, maktabgacha ta’lim
muassasalari, zavod va fabrikalar qurildi, qayta ta’mirlandi hamda zamonaviy
jihozlar bilan ta’minlandi. Erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga
asoslangan demokratik davlat asoschisi bo’ldi.
20
Hammamiz yaxshi tushunamiz: bunday natijalarga albatta bir-ikki yil
mobaynida erishib bo’lmaydi. Bunday say-harakatlarning natijasi esa O’zbekiston
19
Islom Karimov O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida’’ O’zbekiston’’ Toshkent. 2012. 6-bet
20
Islom Karimov ,,Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish
– mamlakatimiz taraqqiyotining asosiymezonidir’’ ,,O’zbekiston’’ Toshkent. 2011. 94-bet.
57
Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va mustahkamlanishida
asosiy poydevor bo’ldi. Islom Karimov oqilona olib borgan siyosat tufayli
O'zbekiston chorak asr ichida gullab-yashnadi va jahonda munosib o'rnini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |