Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”.-Toshkent:
2015.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”-Toshkent.
“Ma’naviyat” 2008-y.
3. Karimov I.A “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish – eng oliy saodatdir”.-Toshkent.”O’zbekiston” 2015-y.
52
4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. –Toshkent.
1997-y
5. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida”gi qonuni.-Toshkent. 1997-y
6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent. “O’zbekiston” 2016-
y.
7. O’zbekiston Respublikasi. Statistik to’plam.-Toshkent “O’zbekiston” 2011.
ISLOM KARIMOV – EZGULIKKA YO'G'RILGAN E'TIROF SOHIBI
Ismatova S.,
SamDCHTI talabasi
Bizning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz shuki, O’zbekistonning
bitta yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab, istiqlol yo’lida olg’a yurish. Biz
tanlagan yo’limizdan hech kim, hech qachon qaytarolmaydi. Zotan, Vatanga
bo’lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz
kuchni yengishga qodirdir. O’zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etdik
deya ta’kidlagan edi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimov.
Bugun biz istiqboldagi buyuk mamlakat – O’zbekistonni ertaga qanday
bo’lishi sizu bizning bugungi harakatimizga, tadbirkorligimizga, iymonu
vijdonimiz pokligiga va Vatan manfaatlarini shaxs manfaatlaridan qay darajada
ustun qo’ya olishimizga bog’liqdir
17
.
I.Karimovning sa'y-harakatlari evaziga dunyo siyosiy xaritasida yangi
davlat, yangi nom paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham
iqtisodiy sohada to'la mustaqil faoliyat olib bora boshladi va dunyo hamjamiyati
har bir sohada bu davlat bilan hisoblashadi. Endigina mustaqillikka erishgan
davlatda dastlab qonunchilik sohasida ulkan ishlar amalga oshdi. Xususan,
O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining birinchi matni ham Islom
Karimov tomonidan tavsiya etilgan nusxa bo'lib, undagi aksar moddalar hayot
17
И.Каримов. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура –Т., 1996. -217-218 б.
53
talablariga to'la javob berib, xalq muhokamasida ma'qullandi va qabul qilindi. Bu
orqali buyuk davlat rahbarining qay darajada bilim va kuchga ega bo'lganligi, hayot
talablarini chuqur anglab yetganligini ko'rishimiz mumkin. Nafaqat qonunchilik,
balki mamlakatni barcha sohada bir yo'lga solish, uni taraqqiy ettirish bo'yicha
qator tadbirlar amalga oshirildi. Birgina taraqqiyotning "o'zbek modeli"ni
aytishning o'zi kifoya.
Jahon miqyosida tan olingan bu dastur haqida ortiqcha gapirib o'tirishga hojat
yo'q, nazarimda. Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan ko'pgina loyihalar
samarasi o'laroq mamlakatimiz barcha sohada salmoqli o'sishga erisha oldi va bu
jarayon jadal davom ettirilmoqda.
I. Karimov mintaqaviy va xalqaro miqyosda ham katta hurmatga loyiq shaxs
edi. Birinchi prezidentimiz takliflari bilan qator global muammolarga qaratilgan
puxta rejalar ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilayotir. Davlatimiz rahbari 1993-
yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zlagan nutqida jahon ahliga
birdek xavf solayotgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda, avvalo,
bunday guruhlarni qurol-yarog' va moddiy jihatdan ta'minot manbalarini yo'q qilish
kerakligi xususida aytib o'tgandilar. Ana shu fikrlar bugungi kunda ham o'z
ahamiyatini yo'qotganicha yo'q.
Shuningdek, Orol fojiasi nafaqat O'zbekistonning yoki mintaqaning, balki
butun dunyo muammosi ekanligi ham birinchi marta o'sha nutqda ilgari surilgan
edi. Bundan tashqari ko'plab mintaqaviy va global masalalarda ham birinchi
prezidentimizning taklif va mulohazalari amaliyotga tatbiq etilib, o'zining ijobiy
samaralarini berib kelmoqda. Xususan, Shanxay Hamkorlik Tashkilotini shu nom
bilan atash g'oyasi ham Islom Karimov nomi bilan bog'liqdir. I. Karimov qaysi
sohada bo'lmasin, tinchlik, osoyishtalik, barqaror hayotni ta'minlashga qaratilgan
g'oyalarni ilgari surardi. Bu esa buyuk davlat liderining dunyo hamjamiyatida
o'ziga munosib mavqe, hurmat qozonishida muhim ahamiyat kasb etardi. Bir so'z
bilan aytganda, insonni, birinchi prezidentimiz insoniyatni oliy xilqat deb bilib,
uning har tomonlama taraqqiy etishi, kamol topishi va yaxshi yashashini ta'minlash
uchun mehnat qildilar.
54
Islom Abdug'aniyevich mustaqil yurtimizni chorak asrlik boshqaruvi davrida
xalqimizni har tomonlama mustaqil hayotini ta'minlay oldi, deb aytsak xato
bo'lmasa kerak. Ayniqsa, yoshlarga berilgan e'tibor samarasi o'laroq, barcha sohada
yosh avlod vakillari o'zlarining g'oya va tashabbuslari bilan nafaqat yurtimizda,
balki jahon miqyosida e'tirofga sazovor bo'lishmoqda. "Buyuk kelajakni
Do'stlaringiz bilan baham: |