Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati : 
1. Karimov. I. A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat 
qilish - eng oliy saodatdir. -T: O’zbekiston.2015. 
2. Karimov. I. A. Barkamol avlod orzusi. - T: Sharq. 1998. 
3. Karimov.I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish - mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T: 
O`zbekiston. 2011.13-bet. 
4. “Qashqadaryo haqiqati” . 1988-yil 24-may. 
 


41 
ISLOM KARIMOV PREZIDENTLIGINING DASTLABKI DAVRLARIDA 
ILM-FANGA MUNOSABAT 
Tojiyev A. 
SamDU magistranti
Ilm-fanga qiziqishi yo’q millatning kelajagi ham bo’lmaydi. 
I.A. Karimov 
O’zbek xalqining atoqli davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz me’mori, 
mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimov 
O’zbekistonda va jahonda nafaqat buyuk siyosat va davlat arbobi sifatida, balki 
ma’rifatparvar prezident, dunyoga mashhur universitet va akademiyalarning 
akademigi va faxriy fan doktorligiga saylangan buyuk olim, mashhur shaxs edi. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning huquqiy 
asoslarini yaratishga, uning poydevorini qurishga harakat qilindi. Xususan, 1991-
yil 18-noyabrda “Ta’lim to’g’risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to’g’risida”gi, “Maktab ta’limini rivojlantirish to’g’risida”gi, keyingi yillarda esa 
Fanlar akademiyasining faoliyatini yaxshilash, moliyalashtirish va samaradorligini 
oshirishga qaratilgan bir qator qaror va farmonlar e’lon qilindi. 
E’tiborli jihati shundaki, birinchi prezidentimiz mustaqillik e’lon qilingan 
dastlabki yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining har yilgi kengashlarida 
ishtirok etardi. Bu uchrashuvlar mobaynida marhum prezidentimiz Fanlar 
akademiyasining faoliyatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, fanning jamiyat 
va ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash borasida o’zining qimmatli 
maslahatlarini bildirar, Fanlar akademiyasi o’z oldiga qo’yishi lozim bo’lgan aniq 
maqsad va vazifalarni aytib o’tar edilar. Chunonchi, 1993-yilda Fanlar akademiyasi 
tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yig’ilishda birinchi 
prezidentimiz Islom Karimov quyidagi fikrlarni ilgari surgan edi: “...Yuqorida aytib 
o’tilgan xato va kamchiliklarni inobatga olgan holda, quyidagi takliflarni kiritib 
o’tmoqchiman: 


42 
1. Bizning endigi vazifamiz – ma’naviy hayotimizni, ilm-fanimiz faoliyatini 
izlanishlarimizni mana shu eski mafkura qoliplaridan xalos etish, kerak bo’lsa, 
tafakkurimizni mutelik iskanjasidan forig’ qilishimiz zarur. 
2. Shunday ekan, ilm-u fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz 
va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg’or mezonlar bilan o’lchanishi lozim 
Olimlarimizning ertangi hayotga tatbiq etiladigan fikr-takliflari jahonning 
ilg’or tajribalarini o’zida mujassam etgan tavsiyalar bo’lmog’i kerak. 
3. Biz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishni maqsad qilar 
ekanmiz, avvalambor, olimlarimiz, ularning ilmi, obro’si olamda mashhur bo’lishi, 
jahon ilm-fanining yuksak mezonlariga mos bo’lishi darkor. Bugun biz olib 
borayotgan barcha izlanishlar dunyodagi eng nufuzli ilm dargohlari bilan 
hamkorlikda amalga oshirilishi, ularning ko’magi, tajribalari bilan boyitilishi kerak. 
4. Ilmu fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada 
xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro’si haqida g’amxo’rlik qilishimiz, 
ularning hayotimizga qo’shadigan hissasiga qarab e’tibor berishimiz shart. 
O’zining kelajagini o’ylaydigan jamiyat, davlat, avvalambor, o’z olimlarini, ilm-
ziyo ahlini hurmat qilishi kerak, ularni yuksak darajaga ko’tarishi lozim.” 
Yuqoridagi fikrlar va o’rtaga tashlangan g’oyalar birinchi prezidentimizning 
ilm-fanga, ta’lim-tarbiyaga qanchalik e’tiborli bo’lganliklaridan dalolat beradi. 
Shuning bilan birgalikda, Fanlar akademiyasining oldiga qo’yilgan yuqoridagi 
maqsad va vazifalardan kelib chiqib dunyoning yirik ilmiy salohiyatga ega 
davlatlari, xususan, Italiya, Yaponiya, Fransiya, Hindiston, Rossiya, Germaniya, 
Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa qator davlatlari bilan ilmiy aloqalar yo’lga 
qo’yildi. Xususan, Fransiya arxeologlari bilan hamkorlikda mustaqilligimiz 
boshlaridanoq O’zbekistonning qadimiy manzilgohlarida qazishma ishlari olib 
borildi.
1997-yil mamlakatimiz ilm-fanida, ta’lim sohasida burilish yili bo’ldi, desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Shu yilning avgust oyi oxirida chaqirilgan Oliy Majliss 
sessiyasida Islom Karimov tashabbusi bilan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlar va 


43 
ularning asosida qabul qilingan bir necha qaror va farmonlar bu sohaning 
takomilida muhim ahamiyat kasb etdi. Natijada ta’lim-tarbiya, ilm-fanga 
munosabat keskin o’zgardi, milliylik, o’ziga xoslik ustuvor ahamiyatga ega bo’la 
boshladi. 
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni 
bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Xalqi 
ma’rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor mamlakatning ravnaqiga 
ravnaq qo’shilaveradi. Shu bois mustaqillikdan keyingi yillarda bevosita Islom 
Karimov rahnamoligida joylarda ilm-fanni, birinchi navbatda universal oliy 
ta’limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rildi. Shubhasiz, bu tadbirlar 
mazkur tizimda keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni yuksak malakali 
bilimdon mutaxassislar bilan ta’minlash imkonini berdi. 
Shu bilan birgalikda, b irinchi prezidentimiz tashabbusi bilan har yili 
respublikada umumiy ta’lim maktablarining test sinovlaridan o’tgan 50 dan ziyod 
o’quvchisi AKSELS yo’li bilan AQShga yuboriladigan bo’ldi. 
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni iloji boricha 
o’stirish, mavjud yirik muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek 
yangi samarador texnikalarni yaratish va amalga tatbiq etish masalasi g’oyat 
dolzarblik kasb etadi. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imkoniyatlar 
yaratib berdi. Jumladan, akademik fan o’z tizimi va shaklini o’zi belgilay boshladi. 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning 
haqiqiy a’zosi bo’lgan marhum prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 
fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash akademiya jamg’armasi tuzildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, birinchi prezidentimiz Islom Karimov ilm-
fan va ta’lim mustaqil davlatning haqiqiy ishonchi va tayanchi bo’lishini, 
zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan yoshlar mustaqil O’zbekistonning 
kelajagi bo’lishi lozimligini anglab yetgandi va bu borada chuqur o’ylangan siyosat 
yuritdilar. Ilm-fan kishilari bilan o’tkazilgan uchrashuv va suhbatlar, tashkil etilgan 
tadbirlardagi nutqlarida marhum prezidentimiz bu sohani rivojlantirishning zarurati, 
uning oldida turgan vazifalar, kelajakdagi maqsadlari qanday bo’lishi kerakligi, 


44 
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o’zlashtirish zarurati va bularning O’zbekiston 
taraqqiyotida tutgan o’rni qanchalik beqiyos ekanligini tavsiflab bergan edilar. Shu 
o’rinda birinchi prezidentimiz quyidagi so’zlarini keltirib o’tish joiz: “Men XXI 
asr- ma’naviyat asri, ma’rifat asri, ilm-fan, madaniyat va axborot asri bo’lishiga 
aminman.” Bu fikrlar yangraganiga 20 yildan oshgan bo’lsa-da, u hamma 
zamonlarda ham o’z kuchi va qudratini yo’qotmaydi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish