Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

 
 
 
 
 
 
 
Maqolalardagi kamchiliklarga mualliflar javobgar 
 
© Samarqand davlat chet tillar instituti, 2018 



ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATINING 
ASOSCHISI 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM 
KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANADI! 
 
Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari 
shart. Islom Karimov 
 
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona 
qarash, sharqona hayot falsafasi. Islom Karimov 
 
Biz uchun tarixiy, madaniy, umuman ma’naviy qadriyatlar, xalqimizning 
ruhini baland saqlash, yosh avlodni tarbiyalash asosiy vazifa bo’lib qolishi 
kerak. Islom Karimov 
 
„Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, 
odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvvat, iymon-e’tiqodini butun 
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining 
mezonidir“
Islom Karimov 
 
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni va 
shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir. 
Islom Karimov 
 
 
 
 
 



BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA KAM BO’LMAYMIZ HAM! 
 
Ashurova Z., 
SamDCHTI talabasi 
“Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik, deydilar”,- deb yozadi Qodiriy bobomiz 
mashhur “O’tgan kunlar”ining debochasida…O’ylanib qolaman, tizginsiz xayollar 
allaqayoqlarga olib ketadi. Nihoyat, tushunganday bo’laman. Darhaqiqat, orqaga 
nazar tashlab, har bir kunimizni sarhisob qilsak, ulardan saboq chiqaramiz, bundan 
keyin nima qilishimiz kerakligini aniq-tiniq ko’z oldimizga keltira boshlaymiz. 
Yaxshi niyatlar bilan xalqimizning yaqin o’tmishdagi sahifalarini varaqlasam, 
ularda O’zbekistonim bo’g’ziga qonli qo’llarini qadab turgan mustabid tuzum va 
uning jirkanch, vahshiyona qiyofasini ham ko’rgandek bo’laman. Shoxlari 
osmonlarga, tomirlari yer qa’rigacha yetgan xalqimizni asrlar osha ulug’lanib, 
sayqal topib kelayotgan milliy qadriyatlaridan, urf-odat, an’analaridan ayirish 
yo’lidagi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan xatti-harakatlar – chi?! Inson biror bir 
sabab bilan moddiy boyliklaridan mosuvo bo’lishi mumkindir. Biroq uni tarixiy 
ildizlaridan ajratish va shu asnoda manqurtga aylantirishga urinish vahshiylik 
hisoblanadi. Ma’naviy tomirlari qirqilgan xalq esa misoli tomiri qurigan daraxt. U 
o’tindan boshqasiga yaramaganiday, boshi egik, yelkasi qisiq, diydasi qattiq 
manqurtlar ham xo’jasiga “labbay” deyishdan boshqasiga yaramaydi. 
Vatanim tarixi bilan bog’liq yuqoridagi singari qora sahifalarni mutolaa qilar 
ekanman, har gal ulardan to’g’ri xulosa chiqarishga, shuning barobarida o’zimni, 
o’zligimni anglashga harakat qilaman. Qalbimizni tik, boshimizni baland qilgan 
istiqlolimizga shukronalar aytaman. Shu yo’lda ne-ne mashaqqatlar chekkan buyuk 
INSONlar, eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov qarshisida tiz cho’kib ta’zim qilishga tayyorman. 
Daryolarning izlarida daryo bo’lgay, 
Daholarning avlodi ham daho bo’lgay. (I.Mirzo) 
Tarix g’ildiragini ortga qaytarish, uni istalgancha tasarruf etish aqlga 
sig’maydigan ish. Har qanday yovuzlikning ibtidosi bo’lganidek, intihosi ham 
albatta bo’ladi. Asl javohirning bahosi qanchalik yerga urilmasin tushmaydi. 



Buning isbotini Vatanimiz timsolida ham ko’ramiz. Kimlardir bizni “savodsiz”, 
“yovvoyi” deb tahqirlashib, o’zlarini osmonlarga ko’tarishdi. Biroq yolg’onning 
baribir misi chiqarkan. Bugun butun dunyo ahli kimning aslida kim ekanligini, 
nimalarga qodirligini ko’rib, ta’bir joiz bo’lsa, barmog’ini tishlab turibdi! Oqqan 
daryo oqaveradi, degan gap bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, toshqin daryoni 
to’xtatish insonning qo’lidan kelmaydi. Majoziy ma’noda esa ulug’ o’tmishga ega 
xalq orasidan qanchalik to’sqinlik bo’lmasin, barchani lol qoldiruvchi insonlar 
chiqaveradi: buyuk ajdodlar izidan xuddi shunday avlodlar dunyoga keladi. Zero, 
tinchlikni birinchi o’ringa qo’ygan shukronalik bilan yashaydigan, yoshlar ta’lim – 
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan xalq o’zi ekkan daraxtning totli mevasidan 
bahramand bo’ladi va uni kelajak avlodlariga meros qilib qoldiradi. 
Hech kimdan kam emasmiz, 
Kam bo’lmaydi, O’zbek! (I.Mirzo) 
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz hech 
kimdan kam emasmiz va kam bo’lmaymiz ham!” degan mulohazani bildirganlarida 
kun kelib ushbu fikrning xalqimiz shuurini egallashi, uni yuksak marralar sari 
chorlashi, balki, ko’pchilikning xayoliga kelmagandir… Aslida shunday bo’lib 
chiqdi. Chunki bu purma’no hikmat orqali Prezidentimiz o’zbek xalqining 
dilidagini tiliga chiqardi. Natijada o’zbekistonliklar qullik o’tmishda qolganligini
o’zlarining ham minbarlarda gerdayib o’tirishga, yig’inlarda to’rdan joy olishga 
haqlari borligini, qaysi jabhada bo’lmasin, tenglar ichra teng bo’lib yashashlari 
mumkinligini tushundilar. Ongning yangilanishi insonlar qalbida bizning hech 
kimdan kam emasligimizni isbotlash tuyg’usini uyg’otdi. Bu esa yorqin kelajak sari 
olg’a bosish yo’lidagi eng asosiy qadamdir. 
Rahmatli bobom bilan suhbatlashganimda, u kishi har gal bir gapni 
takrorlashdan charchamasdilar: “Qizim, O’zbekistonni xudo yarlaqagan ekan
I.A.Karimovday inson Prezident bo’lib, shu darajaga yetdik. Agar boshqa kishi 
bo’lganida, xudo ko’rsatmasin, kosamiz oqarmasdi!” Oq – qorani taniganimdan 
so’ng bu gaplarning mag’zini chaqdim. Haqiqatan ham, Mustaqillik me’morining 
uzoqni ko’zlab, olib borgan sa’y – harakatlari tufayli sobiq SSSR deb atalmish qizil 



imperiyadan meros qolgan “teshik tog’ora” dan xalos bo’ldik. O’zbekistonimiz 
dunyo bo’yicha eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatida oldingi o’rinlardan 
joy oldi. Bundan keyin diyorimizning kelajagi bizning qo’limizda ekanligini chuqur 
his etgan holda, o’z oldimizga buyuk maqsadlarni qo’ymog’imiz lozim. Agar har 
bir O’zbekiston fuqarosi, kim bo’lishidan qat’i nazar, Muhtaram yurtboshimiz 
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, har bir o’tgan kunidan rozi bo’lsa, demak, 
ko’zlangan marralarga erishamiz. Zero, tomchida quyosh aks etgani kabi, yakka 
shaxslarning kundalik muvaffaqiyatlaridan O’zbekistonimizning buyuk zafarli 
odimlari hosil bo’ladi. O’zbek xalqining bir bo’lagi sifatida har birimiz hamisha o’z 
oldimizga ezgu maqsadlar qo’yib yashashimiz va ularni amalga oshirishda bor 
kuch-g’ayratimizni ayamasligimiz zarur. Tinch, osuda hayotimiz esa barchamizni 
yangi - yangi marralarni egallashga chorlayveradi. 
Agar yo’limizda uchragan to’siqlarni oqilona yengib, tanlagan yo’limizdan 
og’ishmasak, baxt va omad bizga albatta yor bo’ladi. Zero, I.A.Karimov ta’biri 
bilan aytganda, “Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo’lmasdan, o’z milliy 
manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko’zlab, iqtisodiyotimizning 
barqaror sur’atlar bilan o’sishini ta’minlash, aholimizning farovonligini, xalqaro 
maydonda Vatanimizning obro’- e’tiborini munosib darajaga ko’tarishdir”. 
Hech kimni baxt o’z – o’zidan quchgan emas, 
Qush ham ko’kka mashaqqatsiz uchgan emas. 
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar, 
Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas. (I.Mirzo) 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish