Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


“Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik”



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

“Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik” 
Abdulla Oripov 
Bir xabar tarqaldi, 
Yarim tun edi, 
Go’yo g’am seliga botdim, yoqoldim. 
Kimdir yo’l boshchidan ayrildik dedi, 
Men-chi aziz do’stdan ayrilib qoldim. 
Kimdir xayoliga kelmishdir axir, 
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor. 
Alam bo’g’zimizda achchiq va tahir, 
Bu g’amning na cheki-chegarasi bor. 
Ketdi nogahonda aytmay biror so’z, 
Hijron oloviga barchani tashlab. 
O’zbek osmonida so’ndi cho’ng yulduz, 
Katta-yu kichikning ko’zini yoshlab.
Biz-ojiz bandalar, anglamay turib, 
Birovning zabonini sanadik afzal. 
Shu yurt daholarini bilib va ko’rib, 
Begona zotlarga yasadik haykal. 
Bosqin tepamizda turar edi zil, 
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi. 
Asriy vayronaning o’rnida dadil, 
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi. 
Foniy bu dunyoning baland-pastiga, 
Teran nazar tashlab o’tdi bu inson. 
Millat qadri deya yashab aslida, 
Xalqning dardiga bo’loldi darmon. 
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g’urur yashar xavas qilgulik. 
Abadiyat o’sdi ko’z oldimizda, 
Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik. 


15 
Reference 
1. Shavkat Mirziyoyev`s speech at the funeral of Islam Karimov Samarkand 
2016. 
2. Abdulla Oripov “Shundoq yonimizdan o’tdi mangulik” Tashkent 2016.
BIRINCHI PREZIDENTIMIZ I.A.KARIMOV YOSHLAR RAHNAMOSI
Ochilova H.,
SamDCHTI magistranti
Ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish navqiron yosh avlodni barkamol shaxs 
bo’lib voyaga yetishini ta’minlash buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash 
yo’lidagi orzu-maqsadlarimizdan biridir. 
“Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon 
hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, 
ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir 
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”
7
, deb qayta-qayta ta’kidlab o’tadilar 
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida va so’zlagan nutqlarida. 
Bizning xalqimiz, ajdodlarimiz azaldan ma’rifatga oshno bo’lib kelishgan. 
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ona yurtimiz tuprog’ida qanchadan-qancha 
buyuk daholar, ulug’ ma’rifatparvar siymolar yetishib chiqqanligini ko’rishimiz 
mumkun. Ularning ko’p asrlik merosini o’rganishimiz natijasida bobolarimizning 
ham ilmiy, ham ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo’lganligining guvohi 
bo’lamiz. Xususan, Amir Temur davlatchiligi, Abu Nasr Forobiyning fozillar 
jamiyati, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi
Mirzo Ulug’bek koinoti, Alisher Navoiyning she’riyat gulshani kabilari fikrimiz 
dalilidir.
Demak, har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, yuksak ma’naviyatli 
barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi ezgu niyatning ma’naviy-ma’rifiy asosi 
mavjud, va u bir necha ming yillar davomida xalqimiz qoniga singib, shakillangan, 
sayqal topgan.
7
Karimov I.A Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.- Toshkent.: Ma’naviyat , 2008. 1-bet. 


16 
“Har qanday millatning ravnaqi umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei 
va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir”
8

deya aytilgan I.Karimovning purhikmat so’zlari bejiz emas. Amir Temur asos 
solgan kuchli davlatning tanazzuliga jaholat botqog’iga botgan avlodlar sababchi 
emasmi? Davlatning asosi - poydevori noto’g’ri qo’yilgani uchun emas, balki, 
mustahkam asos ustiga yaxshi pishirilmagan g’ishtlar qing’ir-qiyshiq terilganligi 
bois bino darz ketdi.
Shunday ekan, vatanimiz ravnaqi, yurtimiz kelajagi yo’lida yoshlarimizning 
zamon talablariga mos bilimlarni puxta o’zlashtirib, kelgusida malakali mutaxassis 
bo’lishlari uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilganligi zamirida farovon kelajak 
orzusi mujassam, chunki mamlakatning qudratini belgilaydigan omillardan biri bu 
– shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma’naviyatli, ham ruhan, ham jismonan 
sog’lom , har tomonlama barkamol avloddir.
Yoshlarimizning ma’nan intellektual, jismonan yetuk, o’qib izlanishlari, 
iqtidor va salohiyatlarini dunyo miqyosida namoyon etishi, o’zi istagan kasb-hunar 
egasi bo’lishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilgan islohotlar, 
birinchi Prezidentimiz rahnamoligida hayotga tatbiq etilgan maqsadli dasturlar
yoshlar masalalari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganligidan 
dalolatdir. Xususan, ta’lim sohasida maqsadli tizimning joriy etilganligi, zamon 
talablariga javob beruvchi umumta’lim maktablari bilan bir qatorda ixtisoslashgan 
maktablarning faoliyat yuritishi, yurtimizda Singapur menejmentni rivojlantirish 
instituti, Turin politexnika universiteti kabi chet el oliygohlarining filiallari 
ochilishi birinchi prezidentimizning yoshlar masalasiga naqadar yuksak e’tibor 
bilan qaraganliklarini ko’rsatadi.
“Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina 
emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil 
qilishi lozim”
9
8
Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi.-Toshkent.: Sharq, 1998. 20 bet 
9
Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga 
bag’ishlangan ma’ruza.- Toshkent.: O’zbekiston, 2011.


17 
Mamlakatimizda 
barkamol 
avlod 
tarbiyasi 
yo’lida sport sohasini 
rivojlantirishga alohida e’bor qaratib kelingan, jumladan bugungi kunga kelib 
respublikamizda 2000ga yaqin sport inshootlari barpo etildi. Ushbu inshootlarda 
millionlab yoshlar sporning ko’plab turlari bilan shug’ullanib kelmoqda. 
Respublikamizda uch bosqichli sport o’yinlarining joriy etilishi, “Bunyodkor” sport 
majmuasining foydalanishga topshirilishi yurtimizda yosh avlod sportiga 
qaratilayotgan e’tiborning yuksak namunasi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning iqtidor va istedodini qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan 
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Navoiy, Beruniy, Prezident stipendiyalari, 
“O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, “Nihol” davlat mukofoti kabi ko’plab 
rag’batlar ilg’or va tashabbuskor yoshlarga kelgusi faoliyati uchun keng yo’l ochib 
berdi. “Kelajak ovozi” ko’rik tanlovi, “Yangi avlod ” bolalar ijodiyoti festivali kabi 
tanlovlar esa ko’plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.
Yuqoridagi maqsadli ishlarning samarasi yurtimizda kamol topayotgan 
ko’plab o’g’il-qizlarning izlanishi, intilishi va muvaffaqiyatli odimlari misolida 
namoyon bo’ldi. Xususan, 2016-yil Reo de Janero shahrida bo’lib o’tgan yozgi 
olimpiya o’yinlarida yurtimiz shanini himoya qilgan sportchilarimiz olimpiya va 
paraolimpiya o’yinlarida jami 34 olimpiyada medallarini qo’lga kiritishdi. Bu 
birinchi yurtboshimiz rahnamoligida sportchi yoshlarimiz shu kungacha qo’lga 
kiritgan eng yuksak natijadir.
Mustaqil yurtimizning mustaqil farzandlari ularga qaratilgan e’tibor va 
g’amxo’rlikni chuqur his etib ildam bormoqda. Kelajak egalarining qo’lga 
kiritayotgan har bir yutuqlari zamirida shukronalik tuyg’usini his etish mumkun. 
Zero, O’zbekiston yoshlari tom ma’noda baxtiyor yoshlardir.
“Bilimga chanqoq, istedodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy insonlar 
qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”
10
– deydi birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Va u ulug’ siymoning butun hayoti va faoliyati davomida mana shu muqaddas 
vazifadan og’ishmay kelganligining guvohi bo’lamiz.
10
Karimov.I.A Barkamol avlod orzusi.- Toshkent: Sharq, 1998. 49 bet 


18 
Fikrimiz yakuni sifatida birinchi Prezidentimiz I. Karimovning yoshlarga oid 
davlat siyosatining asl mohiyatini ko’rsatib beruvchi qo’yidagi fikrlarini keltirib 
o’tishni joiz deb bildik: “Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim 
va kasb cho’qqilarini zabt etishlari uchun qanot bo’lishimiz kerak” , zero 
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lmog’i 
lozimdir”.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish