modeli”deb olgan rivojlanish yo’limizning asosiy prinsiplari, umummilliy shiorga
aylanib ketgan “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “O’zbek xalqi hech
qachon hech kimga qaram bo’lmaydi”, “Bizdan ozod va obod vatan qolsin”
kabi mashhur iboralar sokin kabinetlarda emas, ana shunday shiddatli kurashlar,
tinimsiz bahs va munozaralar, achchiq hayotiy tartiblar asosida vujudga kelgan.
O’sha onlardan yurtboshimiz “Biz faqat o’z kuchimiz, o’z salohiyatimizga
tayanib ish ko’rishimiz kerak”, “O’zimiz harakat qilmasak, chetdan kelib
birov bizga yordam bermaydi”degan da’vatkor so’zlarni aytadi. Yana bir
diqqatga sazovor tomoni shundaki, sho’ro mafkurasi chuqur ildiz otgan o’sha
siyosiy muhitda ham Yurtboshimizning har bir so’zida, har bir chiqishida o’z
13
O'zbekiston kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 -yil 19-avgustdagi XVI plenumida so’zlagan
nutqida.
34
xalqining tarixi va madaniyatiga, o’z ona zaminiga, milliy qadriyatlarga ulkan
muhabbat tuyg’usi sezilib turardi. Yurtboshimiz “Xalq vakili xalqining posboni,
xalq rahbari bo’lib, xalqning issiq-sovug’idan xabardor bo’lguvchi sirdoshiga
aylanishi shart” degan so’zlarni aytib o’tadi.
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odati va an’analarini
asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida ta`qiqlab qo’yilgan
Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini nishonlash, dinga hurmat
bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy,
Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan
tarixiy sadoqatni tiklash haqidagi fikr-mulohazalari, qaror va farmonlari shular
jumlasidandir.
Xalqimiz, vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan o’sha unutilmas
kunlarga nazar tashlar ekanmiz, ayni o’sha paytda yosh, mustaqil O’zbekiston
davlati rahbari tomonidan mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab juda muhim hujjatlar qabul
qilinganini ko’ramiz. Mamlakatimiz mustqilligining e’lon qilinishi, turgan gapki,
sobiq markazdagi imperiyaparast kuchlar va ularning yurtimizdagi tarafdorlari
tomonidan ichki norozilik bilan kutib olindi. Ular O’zbekistonning istiqlol yo’lidagi
qat’iy harakatlarini qanday qilib bo’lmasin yo’qqa chiqarish uchun qulay fursat
poylab yurishar edi. Mamlakatimiz mustaqilligidan so’ng bir oy o’tar-o’tmas bu
alamzada kuchlar ochiqchasiga bosh ko’tarib, o’zlarining yovuz maqsadlarini
amalga oshirishga harakat qilishdi.
Avvaldan puxta tayyorlanib ayni mana shu buzg’unchi kuchlarning
nomidan ish ko’rgan bir guruh deputatlar 1991-yilning 30-sentabr kuni o’n ikkinchi
chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasida
Prezident Islom Karimovga zimdan uyushtirilgan qabih fitnani amalga oshirish
niyatida siyosiy janjal qo’zg’ashdi. Agar o’sha paytda hali yangi Konstitutsiyamiz
va tegishli qonunlarimiz qabul qilinmagani, mustaqil davlatimizning harbiy va
fuqorolik tuzilmalari to’la shakllanib ulgurmaganligini hisobga oladigan bo’lsak,
35
bu fitnachilar Vatanimiz istiqlolining asosiy tashabbuskori, mamlakatimiz
mustaqilligi va suverentetining fidoiysi va kafolati bo’lgan insonni rahbarlikdan
chetlatish, uning qanotini qayirish orqali xalqimiz endigina erishgan tinch-osuda,
ozod va erkin hayotga, farzandlarimizning kelajagini tushunish qiyin emas,
albatta. Shu ma’noda, prezidentimizning ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz-bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu
totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviy illat yetkazgan
ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”deb
ta`kidlagan.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mana shu 25 yil davomida
misli ko’rilmagan darajada davlatni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqdi,
bundan tashqari jahon siyosat olamida hamisha ilg’or fikrlarni ilgari suradigan,
tashabbuskor, o’z nuqtayi nazarini qat’iy himoya qilib, oldiga qo`yilgan maqsadga
erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. Yurtboshimiz sobitqadamlik bilan tinchlik
va hamjihatlik siyosatini yuritib keldi va yuksak xalqaro uchrashuvlarda
birinchilardan bo’lib XXI asr vabosi hisoblanmish terrorchilik va u bilan
chambarchas bog’liq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatlikda kurashish
zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo
mintaqasida “Xavfsizlik kamari”ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimini yaratish kerakligini ta’kidlab kelgan.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining serqirra siyosiy
faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida
o’chmas iz qoldirdi. Yurtboshimiz nafaqat O’zbekistonda, balki jahon miqyosida
katta hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs va arbob sifatida
tanildi va ko’p millatli O’zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan buyuk
so’nmas xotirasini abadiylashtirish bo’yicha 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov
nomidagi xayriya jamoat fondi tuzuldi. Toshkent shahar, Yashnaobod tumanidagi
Farg’ona yo’li ko’chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi”deb
nom berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “Buyuk
davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
36
Abdug’aniyevich Karimovning siymosi tasvirlangan haykal yaratish bo’yicha
xalqaro ijodiy tanlov”tashkil etildi. Hamda bunga binoan Toshkent shahrining
oqsaroy majmuasi oldiga hamda Samarqandning Registon maydonining oldiga va
Qashqadaryo viloyatiga o’rnatish bo’yicha qaror qabul qilindi. Toshkent davlat
texnika universitetiga, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Farg’ona shahridagi
San’at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko’chalarga Islom Karimov nomi
berildi.
Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Biz o’tgan davrda
amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, “Kecha kim edik-u bugun kim
bo’ldik?”degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur
tasavvur etamiz. Ayni vaqtda “Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni
egallashimiz kerak?”degan savol ustida o’ylashimiz, nafaqat o’ylashimiz, balki
amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim”degan so’zlari doimo biz
yoshlarga azmu-shior bo’lib qoladi. Yurtboshimiz har doim O’zbekistondagi
barcha yosh avlod bu mening farzandlarimdir, ularning kelajakdagi har bitta
yutug’i bu mening ham yutug’imdir degan so’zlarni qayta-qayta ta’kidlab o’tgan.
Shunday ekan biz yosh avlod Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimov bizga yaratib bergan beqiyos imkoniyatlarga to’la
hayotni u kishi istagandek davom ettirish bizning ulkan vazifalarimizdan biridir.
Biz yosh avlod kelajakda yuqori marralarni zabt etgan holda
O’zbekistonimizning bayrog’ini yana bir bor ko’klarga ko’targan holda kimning
farzandi ekanligimizni butun jahonga namoyon qilishimiz kerak. O’zbek xalqining
yana bir marotaba kim ekanligini, uning qanchalik buyuk va qudratli davlat
ekanligini butun jahonga namoyish qilishimiz kerak. Negaki biz Islom Karimov
farzandlarimiz.
Islom Karimov dadil, dovyurak, islohotchi, amaliyotchi, bashoratchi edilar.
Siyosiy munozaralarda ham buyuk Yurtboshimiz qat’iyatlik bilan millatning,
davlatning manfaatlarini himoya qilganlar. Buyuk komil inson sifatida
37
mamlakatimiz rahbari o’zining malakasi, bilimi va tajribasi yuksak darajada
ekanligi bilan muloqot ishtirokchilaridan ustun turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |