Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

Foydalangan adabiyotlar: 
1. 
I.A.Karimov. 
O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: 
“O’zbekiston”, 2014, 5-6-b, 15-16-b. 
2. 
Leonind 
Levitan. 
O’zbekiston tarixiy burulish pallasida.-T.: 
“O’zbekiston”,2001, 10-11-b. 
3. Xalq so’zi gazetasi 2017-yil.28-noyabr 239(6933) 
4. WWW.ziyonet .uz. 
ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOV ASARLARIDA BARKAMOL 
AVLODNI TARBIYALASH KONSEPSIYASI 
Fayzullayev X., 
SamDCHTI talabasi
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. 
Ammo dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. Bunday 
orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning 
donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning 
orasida 
O’zbekiston 
deb 
atalmish 
muazzam 
zaminimizda 
yashagan 
bobolarimizning o’z o’rni hamda hurmati bor desak aslo adashmagan bo’lamiz. 
Mamlakatimiz hududida azaldan ilm-fan, ma’daniyat yuksak darajada rivoj 
topganligini bizning zaminimizdan yetishib chiqqan Beruniy, Xorazmiy, ibn Sino, 
Mirzo Ulug’bek kabi buyuk allomalarimizning aql-u zakovatidan butun dunyo 
bugungi kungacha lol qolib kelayotgani isbotlaydi.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng, ta’lim-tarbiya 
jarayonini izchil rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan keng 
ko’lamli ishlar xalqimizning buyuk o’g’loni, ma’rifatparvar siymo hisoblangan 
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov boshchiligida olib borildi. 
Hatto Islom Karimov o’zining dastlabki faoliyati davomida ham yosh avlodning 
tarbiyasiga hamda uning savodxonligiga juda katta e’tibor qaratganligi, ta’lim 
tizimini isloh qilish haqidagi fikrni birinchilardan bo’lib taklif etganligini 1988-yili 


38 
Qashqadaryo viloyatida ishlagan chog’ida aytib o’tgan quyidagi so’zlaridan ham 
bilib olishimiz mumkin.
“Kishilarning umumta’lim va professional darajasini oshirish, yangi talablar 
asosida kishilarning savodxonligini o’stirish, uzluksiz ta’lim sestemasini joriy etish 
– eng muhim masala. Har kim chuqur va mustahkam bilimsiz oldimizda turgan 
vazifalarni bajarish mumkin emasligini aniq tushunmog’i lozim”
[4]
. Birinchi 
Prezidentimiz buyuk va porloq kelajakni barpo etadigan bo’lsak, sog’lom va 
barkamol avlodni voyaga yetkazish kerakligini mustaqillikka erishmasimizdan ham 
ilgariroq anglab yetganligi albatta, tahsinga sazovordir. 
Mustaqillik yillarida yurtimizda har tamonlama komil yosh avlodni voyaga 
yetkazish yo’lida amalga oshirilgan ulkan, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz bugungi 
kunda mamlakatimizni jadal taraqqiy toptirish, boshqalar havas qilayotgan yuksak 
marralarga erishishda hal qiluvchi omilga aylanmoqda.
[1:243]
. Bugungi kunda 
mamlakatda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar milliy mustaqillik g‘oyasi, 
yangi mafkurani shakllantirish hamda o’z Vatanining taqdiri, uning buguni va 
kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan 
yosh avlodni tarbiyalash bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilayotgani zamirida 
Islom Karimovning o’rni beqiyosdir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” 
asarida “Ta’lim - tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda, ong darajasi va uning 
rivojini 
ham 
belgilaydigan 
omildir. 
Binobarin, 
ta’lim-tarbiya tizimini 
o’zgartirmasdan ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan 
turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib 
bo’lmaydi” 
[2:3]
, deb aytgan fikrlari qanchalar muhim va to’g’ri ekanligiga biz 
bugungi kunda yana bir bor amin bo’lmoqdamiz. 
Vatanimiz rivojlanishi yangi pag’onaga ko’tarilgan kundan , mustaqillikdan,
so’ng yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining muhim ustuvor 
yo’nalishlaridan biri sifatida qaralib, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan zamonaviy mutaxassislarni yetishtirish 
hamda jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi mustahkam, bilimli, vatanparvar, 


39 
ma’naviyati yuksak, milliy g’oyani o’zida mujassam etgan shaxsni shakllantirishga 
e’tibor berila boshlandi. Barkamol avlodni tarbiyalash konsepsiyasining bugungi 
kunda rivoji va uni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish 
mamlakatimizning rivojlanish strategiyasida ustuvor darajaga ko’tarildi. 1997-yil 
29 - avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” , 2008-yil “Yoshlar yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”
deb e’lon qilinishi va shu yillar uchun davlat dasturlarining qabul qilinishi va 
amaliy ishlar olib borilishi Islom Karimovning barkamol avlod tarbiyasiga bo’lgan 
yuksak e’tiborning isboti bo’la oladi. 
Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish 

mamlakatimiz 
taraqqiyotining asosiy mezonidir” nomli asarida ta’kidlaganidek, barkamol avlod 
deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati 
yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi.
[3:13]
Iymon e’tiqodi butun, ma’naviyati yuksak avlodni tarbiyalash uchun ta’lim 
tarbiya jarayonini bir - biridan ajratmagan holda olib borish kerakligi Birinchi 
Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham quyidagi 
fikrlar bilan asoslangan. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib 
bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”. 
[3:39] 
Uning bu 
fikrlari va keyinchalik shu xususda amalga oshirgan islohotlari yuksak bilimli va 
ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o’ziga xos muhim omil bo’lib xizmat 
qilayotganini bugungi kunda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlarda o’z aksini 
topmoqda. 
O’zining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish 
- eng oliy saodatdir” nomli asarida Birinchi Prezidentimiz yoshlarning ta’lim-
tarbiyasi bilan bog’liq bu kabi ishlarni davom ettirishimiz kerakligini ta’kidlab 
shunday fikrlarni bildirib o’tadi. “Eng to’g’ri yo’l – ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
rivojlantirish, yanada mustahkamlash yo’lidir. Biz bu yo’ldan hech qachon 
qaytmaymiz. Yangi –yangi maktablar qurish, zamonaviy o’quv laboratoriyalarni 


40 
tashkil etish, kollejlarni bitirib chiqayotgan bolalarimizni to’liq ish bilan ta’minlash 
masalalari doimo e’tiborimiz markazida turadi.”
[1:31] 
Xulosa 
o’rnida aytish mumkinki, Birinchi Prezidentimiz Islom 
Abdug’abiyevich Karimovning ulkan jasorat va donishmandlik bilan kelajakni 
oldindan ko’rib, amalga oshirgan ulug’vor ishlarini yozgan kitoblarining 
mohiyatini yanada tushunib borganimiz sari, uning bebaho qirralarini yana bir bor 
kashf etaveramiz. Demak, buyuk tafakkur g’oyalari nafaqat bugungi kunimizga, 
balki istiqbolga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning 23 jilddan 
iborat asarlari, risola, kitoblari abadiyotga daxldor merosdir. Ayniqsa mazkur 
asarlarda barkamol kelajak avlodni tarbiyalash konsepsiyasi va uning mazmun-
mohiyati, tamoyillari turli qarashlar, yondashuvlar vositasida yaqqol tushuntirib 
berilganligi u olib borgan siyosatning asosiy mohiyati mamlakatimizning porloq 
kelajagini barpo eta oladigan yoshlarni tarbiyalash ekanligini ko’rsatadi. Bu uning 
naqadar ma’rifatparvar davlat rahbari bo’lganligidan dalolat beradi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimov 
tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori barcha yurtdoshlarimiz 
qatori biz- yoshlarni ham g’oyat xursand qildi. Zero, bu ulug’ inson xotirasi doimo 
barhayotdir. Bir so’z bilan aytganda, biz - yoshlar xalqimizning buyuk siymosi 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovdan uning yoshlarga qaratgan cheksiz 
e’tibori uchun doimo minnatdormiz !!! 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish