Birinchi jahon urishidan keyin Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Reja. I. Kirish II. Asosiy qism


hamkorlik» bitimi imzolanadi, hamda yana ikki yildan so’ng, ya'ni 1982- yilning 29-noyabridan esa «Ishonch memorandumi»



Download 40,49 Kb.
bet2/5
Sana24.06.2022
Hajmi40,49 Kb.
#700419
1   2   3   4   5
Bog'liq
Birinchi jahon urishidan keyin turkiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

hamkorlik» bitimi imzolanadi, hamda yana ikki yildan so’ng, ya'ni 1982-
yilning 29-noyabridan esa «Ishonch memorandumi» bitimi imzolanib,
hozirgi kungacha ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorliklar mana shu
bitimga amal qilinib kelinmoqda.
 1960-yilda mamlakatda davlat to'ntarilishi bo'ldi va mamlakatning yangi
Konstitusiyasi e'lon qilindi. 1980-yilning 12-sentabrida armiyaning oliy rahbariyati harbiy to'ntarishi natijasida tuzilgan Milliy xavfsizlik kengashi butun xokimiyatni 1983 yilgacha o'z qo'liga oldi. 1982-yilning 7-noyabrida esa umumxalq muhokamasidan keyin mamlakatning yangi qomusi, ya'ni konstitusiyasi kuchga kirdi. Ushbu hukumat mamlakat byudjetidan 20%gacha bo'lgan qismini harbiy harajatlar uchun sarf etadi. Buning oqibatida mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar vujudga keladi, ya'ni sanoat tarmoqlarida va qishloq xo'jaligida turg'unlik bo'lishiga, ishsizlarning ko'payib ketishiga, valyuta-moliyaning keskin yomonlashuviga olib keldi. 1983-yilda parlament saylovlaridan keyin xukumat boshqaruvi fuqarolar qo'liga o'tadi. Mamlakat rahbariyati Turkiyani Yevropa Ittifoqi Xamkorligiga a'zo qilish va shu asrning oxiriga borib mamlakat o'z taraqqiyotida G'arbiy Yevropa mamalkatlariga yetib olishga erishish niyatida ekanligini e'lon qildi. Turkiya qisqa vaqt ichida iqtisodi, sanoati va madaniyati jihatidan jahondagi nisbatan rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin oldi.
1. Urushdan keying yillarda turkiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
Turkiya 1932 yilda Millatlar Ligasiga a`zo bo`ldi. Bu esa uni G`arb davlatlari bilan yaqinlashtirdi. 1934 yil iyunda VNST (1920 yilda Turkiyada eng oliy qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi Buyuk Millat Yig`imi) familiyalarni joriy etish to`g`risida qonun qabul qildi. Ilgarilari turklar faqat ismlarga ega edilar. Bu qonun shuningdek, eski yorliqlar va munosabatlarni, ya`ni podshoh, boy, afandi kabilarni ham muomaladan olib tashlashganligini rasmiylashtirdi. 1934 yil 24 noyabrda Mustafo Kamol poshsho VNSTdan Otaturk (familiyasini) sharifini oldi. 1934 yil 17 dekabr qonuniga ko`ra Mustafo Kamol poshshodan tashqari hech kim bu familiyani qabul qilishi mumkin emas edi. 26 noyabrda Kamol otaturk Ismat poshshoga Inyonyu familiyasini berdi, bu Ismat poshshoning greklar ustidan g`alaba qozongan joy nomidan olingan edi. Familiyalarning joriy etilishi fuqarolar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi. 1934 yil dekabrdan boshlab majlis xotin-qizlarga Majlisga saylov va saylanish xuquqini berdi. Xuddi shuningdek, turk ayollarining huquqlari rasmiy jihatdan erkaklar bilan tenglashtirildi. Mana shu o`zgarishlarning natijasi sifatida 1935 yilgi saylovlarda Buyuk Millat Majlisiga 399 deputatdan 17 tasi xotin-kizlardan saylandi.1
1935 yil mayda Anqarada Xalq Respublika partiyasining I s`yezdi bo`lib o`tdi. S`yezd yangi programmasi tasdiqladi, unga ko`ra milliy burjuaziya diktaturasi mustahkamlandi. S`yezd qaroriga ko`ra partiya davlat boshqaruvi bilan birlashtirildi. Shunday qilib, XRPsining bosh sekretari ichki ishlar vaziri, viloyat partiya tashkilotlarining rahbarlari, viloyatlarning gubernatorlari bo`ldi.
Xuddi shu vaqtda Buyuk Majlis orqali xokimiyatni yanada markazlashtirish va joylarda nazoratni kuchaytirish to`g`risida bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1934 yil dekabrida 1926 yil qonunlariga o`zgartirishlar kiritildi, endi xar bir viloyatda bosh ma`muriy yig`im saylanadigan bo`ldi.
1936 yil yanvarda uukumat Sharqiy Anatoliyada 5 ta yangi viloyatga asos soldi.: Chorux, Xakkyari, Bitlis, Bingyol, Gunjeli. Bu viloyatlarning asosiy auolisi kurdlar edi. Ammo shunga qaramay yana mamlakatda kurd muamosi avj oldi,majlis bir qator qonunlar qabul qildi. Turk uukumati bu safar Dereimda yashovchi kurdlarni butunlay buysundirishga uarakat qildi, chunki bu uudud auolisi uzlarining ichki uayotlariga oid muammolarini uzlari mustaqil ual qilar edilar. Ular Tuijeli, Elyazig, Bingyolga kurd vatanparvari Said rizo boshchiligidagi buysunmas kurd qabilalariga karshi turk qushinlari yubordilar. Turk qushinlarining Dersini egallash uchun olib borgan uarakati 1938 yil kuzigacha davom etdi.Kurdlarning Said Rizo boshchiligidagi raubarlari qulga olindi, sud qilinib qatl etildi. Bir qancha ma`lumotlarga qaraganda Dersim voqealari jarayonida asosan ayollar, bolalar va qariyalardan iborat 70 000 kishi uldirildi.
1937 yil yanvarda Turkiyaning boshkarv apparatida katta uzgarishlar bulib utdi .Xokimiyat tepasiga Jalol Bayor xukumat tepasiga keldi .
1938 yil Buyuk millat majlisi ,Jamoat birlashmalari tugrisida konunlar kabul kildi .1938 yilda xukumat matbuot tugrisida konun kabul kildi .
1938 yilda jinoyat kodeksiga uzgartirishlar kiritildi.
Turk respublikasi tashkil etilganligining 15 yilligi munosobati bilan 150- kora ruyxatga (milliy ozodlik harakatiga qarshi kurashganlar kiritilgan) kirganlarga amnistiya berish to`g`risidagi konunni kabul kilishga erishdilar.Bu reaksion konunni kabul kilinishida Mustafo Kamol Otaturk yuk edi.1939-yilda Ismat Inyonning tarafdorlari Rafik Saydam bosh vazir kilib tayinlandi.1939 yilning martida gi saylovda prezident kilib Ismat Inonyu saylandi,bosh vazir lavozimiga esa Rafik Saydam saylandi.
Shunday kilib garchi sanoat rivojlangan bulsada kishlok xujaligi ancha orkada edi.1939 yilda Germaniya Turkiya bilan yakinlashish yulini tutdi .Turkiyaga juda katta mikdordagi zayomlar berdi .(87.mln.lira,48%.)Shunday kilib Germaniya uzining ideologiyasiniTurkiyaga kiritmokchi buldi.Ammo,Angliya ,Fransiya,AKSH kabi davlatlar xam Turkiyaga uz ta`sirini utkaza boshladi.
Ularning maksadi Turkiyani uz ta`siriga utkazmokchi buldi.1939 yil19 oktabrda Ankarada Angliya va Fransiya bilan shartnoma imzoladi .Bunga kura agar biror mamlakat Turkiya bilan xamkorlik kilmokchi bulsa, avval Germaniya va Angliya bilan maslaxat kilishi kerak edi .Turkiya ingliz-fransuz blokiga kirdi.2
1941 yil baxorida deyarli butun Garbiy Yevropa va Janubiy – Sharqiy Yevropa mamlakatlarini bosib olishiga karamasdan passiv urush olib borayotgan edi. Shu bilan birga Turkiya 1941 yil 18 iyunda Germaniya bilan 10 yillik 4 dustlik va betaraflik to`g`risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning imzolanishi Turkiyaning tashqi siyosatida muhim o`zgarishlar bo`lganligining ko`rsatar edi. Germaniya o`zini janubdan xavfsizlantirib 1941 yil 22 iyunda sobiq SSSR ga xujum boshladi. 25 iyunda esa turk hukumati o`zining betarafligi e`lon qildi. Bu «betaraflik» Turkiyaga butun II jaxon urushi davrida o`zining Germaniya manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosatini amalga oshirish imkonini berdi. Reaksion tashqi siyosat turklarning ekspluatatorlariga boylik olib kelgan bo`lsa, mexnatkash xalq ommasini tobora qashshoqlanishiga olib keldi. 1940 yil 18 yanvarda Buyuk Millat Majlisi «Milliy mudofaa to`g`risida» qonun qabul qildi. Qonun turk hukumatining butun urush davomidagi harakat dasturiga aylandi. Bu qonun natijasida urush davri munosabati bilan bir qancha viloyatlarda xujaliy va siyosiy ahamiyatga ega bo`lganligi uchun nazorat kuchaytirildi. Shu qonunga asosan hukumat umumiy mexnat majburiyati e`lon qildi, tashkilotlarda ish soatlari uzaytirildi, bolalar mexnatidan shaxtalar va zavodlarning kechki smenalarida foydalanishga ruxsat berildi. Bir qancha tashkilotlar uch smenadan faoliyat ko`rsatdilar. Garchi Turkiya urushda ishtirok etmasa ham juda katta armiya saqlardi. 1939 yilda turk armiyasiga 207 000 kishi xizmat qilgan bo`lsa, 1940 yilda u 700 000 kishiga, 1942 yilda esa I mln kishiga yetdi. Shunday qilib turk armiyasi urush arafasidagiga nisbatan 5 barobar oshdi. Butun urush davomida turk armiyasi harbiy tayyorgarlik maromida turdi. Mamlakatning militaristik siyosati dastlab juda katta miqdordagi harbiy xarajatlarda o`z aksini topdi. Rasmiy ma`lumotlarga qaraganda, 1938-39 yillarda to`g`ridan-to`g`ri xarbiy xarajatlarga 94,4 mln lirani, 1939-40 yillarda 169,9 mln lirani 1944-45 yillarda 554,2 mln lirani tashkil kildi. Turkiyaning urushdagi xarbiy xarajatlarga Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSH tomonidan berilgan summasi 4 mlrd liraga yetdi. Armiyani ta`minlash uchun iqtisodning hamma sohasi bo`ysundirildi. Bu mamlakat xujalik xayotini yanada izdan chiqishiga olib keldi. Ekin maydonlarining qisqarishi va donli ekinlarning miqdori ya`ni hosil chuguning pastligi mamlakatda keskin ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligiga olib keldi. 1942 yilda rasmiy ma`lumotlarga qaraganda 500 000 tonna don olish o`rniga 250 000 tonna don olindi.
Bozorda nonning narxi oshib ketishiga qarshi 1941 yil oxiri 1942 yil boshlarida dastlab Istambul va Anqaradan so`ng boshqa shaharlarda kartochka sistemasi joriy etildi. Mamlakatda birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan hamma maxsulotlarning narxi juda tez ko`tarilib ketdi. nArxlarning ko`tarilib ketishi muomalada pul massasining oshishiga olib keldi. Armiyaga qilinayotgan xarajatlarning ko`payishi, narxlarning keskin ko`tarilib ketishi, inflyasiyaning o`sishi natijasida turk hukumati alohidan soliqlar yig`ishni ko`paytirdi. 1942 yil noyabrda Buyuk Millat Majlisi «Daromaddan soliq olish to`g`risidagi qonuni» tasdiqladi. 1942 yil hukumat dehqonlarning non extiyojlarini tortib olish maqsadida, hosilning 20-50 %ini davlatga eng past narxlarda berishga majbur qildi. Bularning hammasi axolining qashshoqlashuviga va mamlakatda umumiy norozilikka olib keldi. 1940 yil aprel oyining oxirlarida Buyuk Millat Majlisi «Bosma to`g`risidagi qonun»ga o`zgarishlar kiritdi. Maxalliy hukumat organlari turk xukumatini fosh kilgan har kanday nashrni yopib kuyish hukukini oldi. Xuddi shu yilning may oyida hamma nashrlar ustidan yagona nazorat o`rnatildi. 1940 yil noyabrda turk hukumati butun urush davomida Istambul, Edirna, Qirqlaroli, Tekirdag, Chanakkam, Kodjali kabi viloyatlarda xarbiy favqulotda xolat deb e`lon qildi. Maxalliy xokimiyat organlariga xukumatga karshi xar kanday norozilik xarakatini cheklamagan vakolatdan foydalanib bostirish xukuki berildi. Polisiya apparatidagi chinovniklar Germaniyada stajirovka utab, Gestopanin urgangan metodlarini Turkiyada qo`lladilar. Turk xukumati kommunizmga karshi repressiyalar uyushtirib, sud prosesslarini amalga oshirdilar. 1940 yilda Izmirdagi lisey o`quvchilari «kommunistik yacheyka» tuzishda ayblanib qamoqqa olindilar. 1941-42 yilda mamlakatning Zandulak va boshqa shaharlaridagina triistlar kommunizm tashviqot qilganda ayblanib, jazolandilar.3
40 yillar boshlanishida turk xukumatida o`zgarishlar bo`lib o`tdi. Bu mamlakatda reaksiyaning kuchayishiga olib keldi. 1942 yilda xukumatga SH.Sarajoglu raxbarlik kildi. U Rafik Saydamning o`rniga keldi. SH.Sarajoglu 1942 yil 5 avgustda o`z programmasida Turkiya o`z siyosatini davom ettirishni, u Angliya bilan ham Germaniya bilan xam dustlik alokalarini davom ettirishini aytdi. Saylovga arafasida SH. Sarajoglu tashvikotni kengaytirish maksadida maorif sistemasini rivojlantirishni o`z oldiga maksad kilib kuyganligini aytdi. Shunga karamasdan urush oxiriga kelib Turkiyaning 82% axolisi savodsiz edi.
1943 yil fevralda Buyuk Millatlar Majlisiga saylovlar bo`lib o`tdi. Majlisga yuristlar, xarbiylar, yer egalari, savdogarlar, moliyachilar, turli chinovkalar kirdi. Biror bir ishchi yoki dexkon deputat bulmadi. Turkiya Respublikasi Prezidenti qilib yana Ismat Inyokyu saylandi. Bosh vazir esa Shyukryu Sarajoglu bo`ldi. O`z dasturida u oldingi xukumatning ishlarini davom ettirishini e`lon kildi.
Turkiyada Angliya va AQSH o`zlarining rejalarini amalga oshirishga xarakat kilib, 1943 yil oxirida Kairda Ruzvelt va Chorchillning Ismat Inyokyu bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bunda Turkiyaning Bolkon urushlarida katnashishi muhokama kilindi. Ingliz – amerikanlarning g`oyasiga asosan Turkiya Bolkonda reaksion rejimlarning himoyachisi va milliy-ozodlik harakatini bostiruvchi kuch sifatida urushga kirishi kerak edi. Ammo bu reja amalga oshmadi. 1944 yil kuzida Bolkon mamlakatlari qizil armiya tomonidan ozod qilindi. Amerika – ingliz qo`shinlari faqat reaksiya rejimini Gresiyada saqlab qolishga erishdilar.
II jaxon urushidan so`ng butun xalkaro vaziyatda tubdan o`zgarishlar bulib o`tdi. Jaxon miqyosida yangi sosialistik tuzum mustaxkamlandi, kapitalistik mamlakatlarda sinfiy kurashlar avj oldi. Mustamlakachilik imperializmi yemirila borib, milliy ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. 
1945 yil 11 iyunda Buyuk Millat Majlisi «Yer isloxoti to`g`risida qonun» qabul qildi. Unga ko`ra dehqonlarga davlat fondidan va pomeshchiklarning 2 oylik pulini to`lab, yer sotib olish hukukini berdi. 1946 yilda ishchilarning sosial straxovaniyasi konun kabul kildi, mexnat birjasi tuzishga, hunarmandlar jamiyatini tuzishga, mexnat vazirligini ta`sis etishga, qaysiki u ishchilar va tadbirkorlar o`rtasidagi muammolarni hal etishi kerak edi, ruxsat berdi. Buyuk Millat Majlisi «Kasaba uyushmalari to`g`risida qonun» qabul qildi va u 1963 yil iyun oyigacha amal qildi.
Progressiv doiralar demokratik gazetalarni nashr qilishni («Gyun», «Yeni dyunya», «Geryugiler», «Merhum - pasha») boshladilar. Demokratik nashrlar chiqishini to`xtatish maqsadida 1945 yil dekabrda xukumat talaba yoshlar ichidan reaksion guruhlarni namoyish o`tkazishini tashkil qildilar, natijada ular demokratik nashrlar chop etiladigan binoni ёqib yubordilar. Tipografik mashinalarni buzib tashladilar, shuningdek, namoyishchilar sovet adabiyoti sotiladigan kitob magazinlarini ham ёqib yubordilar. 1946 yildan boshlab yana demokratik gazeta va jurnallar («Ses», «Norlu») chop etila boshlandi.4
Bu demokratik nashrlar mamlakatda yakka partiyaviylikni tanqid ostiga oldilar. Shu bilan birga XRPsining o`zida ham turli guruhlar vujudga kela boshladi. Mamlakatda reaksiyaga qarshi, mamlakatda keyingi yillardagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xayotidan norozi bo`lgan kishilar to`dasi vujudga kela boshladi. Mana shunday sharoitda hukumat siyosiy partiyalar tuzishga ruxsat berdi. Ammo bundan ilgarirok 1945 yil 18 iyulda yangi Milliy Tiklanish Partiyasi vujudga keldi. Bu partiyaning bosh rahbari tadbirkor Nuri Demirag edi. Bu partiya boyib ketgan milliy burjuaziya, milliy musulmon elementlarining qarashlarini uzida ifoda etgan edi. Bu partiya mamlakat iqtisodiy xayotini mustaxkamlashga va`da berdi.
Mamlakatda bu davrda yangi burjua pomeshchik partiyalar, diniy va milliy partiyalar vujudga kela boshladi. Liberal Demokratik Partiya aprelda – Fermer va dexkonlar partiyasi, iyunda Vatan uchun partiyasi, Ergenekonning ishchi dexkon partiyasi, Poklanish va himoya diniy partiyasi, iyulda-Islomni himoya qilish partiyasi, avgustda-Vatanparvarlar partiyasi, 1947 yil iyulda Islom turk konservativ partiyasi, 1948 yil avgustda-Demokratlar partiyasi, Ozodlik demokratik partiyasi vujudga keldi. Shuningdek, sul partiyalar ham vujudga keldi. 1946 yil fevralda – Ijtimoiy adolat partiyasi, aprelda Turkiyaning sosialistik va ishchi partiyasi, iyunda – Turk ishchi dexkon partiyasi, Turkiya sosialistik ishchi dexkon partiyasi vujudga keldi.
1946 yil yanvarda XRP si Jalol Bayor boshchiligida Demokratik partiyaga asos soldi. Bu partiya tez orada mamlaktaning siyosiy hayotida kuzga kurinarli partiyalarning biriga aylandi. Bu partiyaga boyib ketgan bankirlar, yirik savdogarlar, sanoatchilar va pomeshchiklar kirgan. DP uz programmasida demokratik erkinliklarni ta`minlanishini, ishchilar uchun partiyalar va kasaba uyushmalari tashkil qilishni, sanoatchilar va qishloq xujaligi ishchilari uchun xam shunday imkoniyatlar berilishini talab qildilar. Bu partiya a`zolarining fikricha mamlakatda xususiy kapitalning erkin harakat qilishiga katta imkoniyatlar yaratib berish kerak, shu asosda chet el kapitalining suqilib kirishini oldini olish kerak edi. Umuman olganda DP yirik burjuaziya va pomeshchiklarning manfaatlarini ifodalar edi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatning siyosiy xayotining qaytadan jonlanishi, yangi siyosiy partiyalarning vujudga kelishida faollashuvi sharoitlarida 1946 yil iyulda Buyuk Millat Majlisiga saylovlar bo`lib, qaysiki, u birinchi marta teng xukuklilik asosida amalga oshirildi. Bu saylovlarning farqli jihati shundaki, birinchi marta epozision partiya ishtirok etdi. Saylovlar natijasida XRP – 396 o`rin, DP – 61 o`rin, «Mustaqilliklar» -7 o`rin egalladi. Ma`lumotlar shuni ko`rsatdiki, Istambul okrugida DP g`alaba qozondi, 18 ta o`rinni egalladi, XRP 5 ta o`rinni egalladi. Demak, DP XRPning xavfli raqibiga aylandi.5

2. Turkiya iqtisodiyoti va rivojlanishning asosiy sabablari.


Turkiya mamlakati 20-asr so'ngida rivojlanayotgan mamlakatlarning eng
yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishi va 80-yillarning oxirida Yangi industrial mamlakatlar qatoriga kirishiga asosiy sabablar quyidagichadir:
Turkiyaning iqtisodiy-geografik qulayligi.
Turkiya o'zining iqtisodida sanoatning rivojlanishiga katta e'tibor berishi.
Qishloq xo'jaligining rivojlanishi (g'arb mamlakatlarini g'alla bilan
ta'minlashi). Turkiya xukumatining Germaniya mamlakati bilan iqtisodiy hamkorligi. 50-70 yillar mobaynida AQSH tomonidan katta iqtisodiy yordam berilishi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinishi.
80-yillarda mamlakat iqtisodida «turk modeli» nomi ostida iqtisodiy
islohotni olib borilishi. Turk xalqining ishbilarmonligi va mehnatsevarligi (Hozirgi kunda taxminan ikki yarim milliondan ortiq turklar xorijda ishlashadi. Bularning asosiy qismi Germaniyada faoliyat ko'rsatishadi.)
Mamlakatning qazilma resurslariga boyligi - Mamlakatda ko'plab tabiiy
resurslarning yirik zahiralari mavjud.6
Jumladan, surma (jahon bo'yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon
bo'yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo'yicha xrom
zahirasining 8%i-taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo'yicha
zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo'yicha uran rudasi zahirasining
5,5%i), mis (jahon bo'yicha zahiraning 4,5%i) aynan Turkiyaga to'g'ri
keladi. Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir:
toshko'mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo'rg'oshin, har xil rangli metallar
va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo'yicha jahon
mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan. Qazilma boyliklarni qazish
va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi. Anqara,
Ko'niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada
gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish
chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy
sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.
Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.
Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni
dengiz bilan o'ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati
dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o'ziga
chorlaydi.

Download 40,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish