Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini biz asosan to'rtta
davrga bo'lib o'rganamiz:
1) Inqilobgacha bo'lgan davr (ya'ni 1923-yilgacha), bu birinchi bosqich iqtisodiy
rivojlanishda ishlab chiqarishda davlat mulkining xukmronligi, ijtimoiy sohada
bir partiyali boshqaruv tizimining mavjudligi bilan xarakterlanadi;
2) Inqilobdan 1940- yilgacha bo'lgan davr, ya'ni eng asosiy islohot bu 1933-yilda
qabul qilingan 1-besh yillik rejasidir;
3) 1940-1970 yillarning oxirlarigacha;
4) 1980-yildan to hozirgi kungacha bo'lgan iqtisodiy o'sish davri.
3. Turkiya davlatining jahon iqtisodida tutgan o'rni.
Turkiya hozirda agrar-industrial mamlakatdir.
Turkiyaning tashqi savdo-sotiqdagi eng asosiy sheriklari: Germaniya, AQSH, Rossiya, Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari kiradi.Turkiya eksportining asosiy ulushi G'arbiy Yevropa mamlakatlariga to'g'ri keladi, xuddi shunday holat mamlakatning importida ham, ya'ni mamlakatning asosiy importdagi ulushining 55%i G'arbiy Yevropa mamlakatlariga to'g'ri keladi. Umumiy eksportini 40%ini to'qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi. Mamlakatning eng asosiy dengiz portlari: Izmir, Istambul, Izmit, Iskandarup, Zanguldak, Mersin, Samsol, Trabzon kabilar.7
Mamlakatda avtomobil transportining ahamiyati katta. Temir yo'l transporti boshqa transport turlariga qaraganda ancha orqada qolgan, sababi, yuqorida aytganimizdek, mamlakat xududlarining ko'plab joylari tog'-yon bag'irlari tashkil qilganligi bois, temir yo'l transporti uncha rivojlanmagan.
Valyuta zahirasi-37 mlrd.AQSH dollarini tashkil qiladi.
1998-yilda mamlakatning umumiy mahsulot ayirboshlash 77 mlrd.AQSH
dollarini tashkil qildi, shundan 49 mlrd. importni tashkil qildi.
Turizmdan tushadigan daromad deyarli 8,5 mlrd.AQSH dollarini tashkil
qiladi.
Turkiyaning hozirgi iqtisodiy-siyosiy muammolari.
1) mamlakatning ko'plab yerlari tog'lik joylarda joylashganligi sababli,
qishloq xo'jaligining ba'zi tarmoqlarida qiyinchilik tug'dirmoqda;
2) qo'shni Iroq mamlaktidagi notinchlik.
3) Inflyasiya;
Istambul - dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, Usmoniylar imperiyasining dastlabki poytaxti. Istambul o‘zining o‘rta asrlardagi qiyofasini bir muncha saqlab qolgan.
Istambul Turkiyaning asosiy sanoat va savdo-moliya markazidir. Unda mamlakat sanoat mahsulotlarining ¼ qismi ishlab chiqariladi. Bu yerda yengil (to‘qimachilik, teri-poyafzal, shisha) va oziq-ovqat (un tegirmonlari, qandolat, go‘sht-sut, tamaki), shuningdek, og‘ir sanoat (mashinasozlik, kemasozlik) tarmoqlari joylashgan.
Istambul Turkiyaning muhim madaniy markazidir. Unda universitetlar, konservatoriya, ilmiy-tekshirish korxonalari, opera va drama teatri, kinostudiyalar, arxeologik muzey joylashgan.
Istambul Turkiya flotining harbiy dengiz bazasidir. Uning savdo porti orqali import va ekasport yuklari o‘tadi.
zmir – Egey dengizi sohilboyida joylashgan qadimiy shaharlardan biridir. Izmir iqtisodiy rayonining sanoat va savdo markazidir. Sanoatda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar: un tegirmonlari, yog‘ qadoqlash, paxta tozalovchi, ip-gazlama, tamaki, shuningdek, mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari bor. Izmir porti yuk aylanmasi hajmi jihatidan Istambuldan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Lekin Istambul import yuklari uchun asosiy darvoza bo‘lsa, Izmir orqali eksport yuklarining yarmidan ko‘pi o‘tadi. Bu shaharda universitet, iqtisod va savdo Akademiyasi, konservatorita, arxeologik muzey bor.
G‘arbiy rayonda iqtisodiy va madaniy markaz – Bursa joylashgan. Shaharda to‘qimachilik, (jun, ipak, trikotaj), oziq-ovqat (go‘sht-sut, sabzavot, konserva), mashinasozlik (avtomobil ishlab chiqarish va elektr motorlar) sanoati tarmoqlari joylashgan.
Bursadan sharqda sanoat markazi – Eskishehir joylashgan. Unda ko‘plab korxonalar, harbiy (minomyot, samolyot yig‘uv, artilleruya jihozlari zavodi) va fuqaro (lokomotiv quruvchi, sement, qand zavodi, ip-gazlama fabrikasi) zavodlari bor. Shahar temir va shosse yo‘llari, shuningdek savdo markazining muhim bo‘g‘inidir.
Izmit - bu yerda qog‘oz- sellyuloza fabrikasi, avtoshina zavodi, neftni qayta ishlovchi, neft-kimyo, mineral o‘g‘itlar, avtoyig‘uv, kabel ishlab chiqaruvchi, payvandlovchi trubalar korxonalari bor.
G‘arbiy rayonning sanoat shahri Adapazarida qishloq xo‘jaligi mashinalarini yug‘uvchi, lokomotiv va vagon yig‘uvchi, shisha-keramika va yog‘och mahsulotlari yig‘uvchi korxonalarga ega.
Hech vaqt qaram bo‘lmagan buyuk Turkiya davlati(XV-XVI asrlar) XIX asr oxiriga kelib G‘arbiy Evropa davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi.
1918-23-yillardagi burjua milliy inqilobidan keyin Kamol Otaturk rahbarligida islohotlar amalga oshirildi. Bunda davlatni kapitalistik yo‘nalishga bosqichma-bosqich olib borish ko‘zda tutilgan edi. Turkiyaga II Jahon urushidan keyin AQSH va NATO mamlakatlarining ta’siri kuchaydi. 70-80-yillarda olib borilgan davlat sektoriga tayangan holda sanoatlashtirish siyosati mamlakatda sanoat tarmog‘i bazasini yaratishga olib keldi. Ya’ni, energetika, tog‘-kon, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, avtomobilsozlik va boshqalar.
80-yillarda Turkiya qiyin iqtisodiy inqirozdan chiqish yo‘llarini izlayotgan bir vaqtda, o‘z kreditlarining talabi ostida rivojlanishning yangi strategiyasiga o‘tdi:
Davlat boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqish va iqtisodiyotga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan bosqichma-bosqich voz kechish;
Iqtisodiyotni butunlay bozor munosabatlariga o‘tkazish; uning raqobat qonunlariga bo‘ysunishi;
Chet el tovarlari va mablag‘larini erkin harakatlanishi uchun mamlakatni ochib berish;
Import o‘rnini bosa oladigan eksport uchun yo‘naltirilgan sanoat turlariga o‘tish;
Biroq Turkiyaning yangi iqtisodiy modeli davlatning rejalashtirishini inkor etmaydi. So‘nggi yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sishidagi ko‘rsatkichlari kuzatilmadi, lekin jahon xo‘jaligida jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha 50-o‘rinda (jon boshiga 6800 dollar), ichki tizimda siljishlarga erishdi. 90-yillarning oxirida milliy mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 25% ni, qishloq xo‘jaligi esa 18% ni tashkil etdi.
Xulosa.
Bu yil Birinchi jahon urushi yakunlanganining 102 yilligi dunyo bo’ylab keng nishonlanmoqda. Usmoniylar imperiyasidan vujudga kelgan Turkiya urushda Germaniyaning asosiy ittifoqchisi bo’lgan, shu sabab urushning tugagani bu mamlakatda nishonlanmaydi. Turkiya urushdagi mag’lubiyati va istiloni xotirlashni istamaydi. Bugun dunyoning aksariyat yuk kemalari Istanbul orqali o’tadi. 100 yil oldin dushman harbiy kemalari imperiyaga so’nggi zarba berdi. Turkiyada o’sha payt voqealarini hech kim esga olgisi kelmaydi.
“Mamlakatimizda Birinchi jahon urushining boshlanishi ham, tugashi ham xotirlanmaydi, chunki o’sha urushdan biz katta zarar ko’rganmiz”, - deydi Qodir Xas universitetidan Serhat Guvench.
Urush nafaqat Istanbulning bosib olinishiga, balki Usmoniylar imperiyasining parchalanishiga olib keldi. Britaniya va Fransiya usmoniylardan olib qo’ygan hududlar keyinchalik zamonaviy Suriya va Iroq davlatlariga aylandi.
urkiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini 1991-yil 16-dekabrda tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 4-martda o‘rnatildi. 2001-yil fevral oyidan boshlab R.Uman Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulotda va Muhtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi 1993-yil yanvardan o‘z faoliyatini boshlagan 2002-yil fevral oyidan e’tiboran R.Isaev O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Favqulotda va Muhtor elchisidir. Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, terorizmga va giyohvand moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi kurash, huquqiy yordam, sog‘liqni saqlash, transport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda imzolangan 70dan ortiq hujjatlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |