3. XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning iqtisodiy ahvoli



Download 31,87 Kb.
bet1/5
Sana15.04.2023
Hajmi31,87 Kb.
#928856
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3. XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli XVI-XIX asr


Mavzu: Qoraqalpoqlarning kelib chiqishi va turkiy xalqlar bilan aloqasi

Reja:
1 Qoraqalpoqlar kelib chiqishi tarixi
2.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy ahvoli
3.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli.
4.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning iqtisodiy ahvoli
5. XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning madaniy hayoti
6.Foydalanilgan adabiyotlar

1 Qoraqalpoqlar kelib chiqishi tarixi
Qoraqalpoqlarning kelib chiqishi haqida turli ilmiy farazlar. qoraqalpoqlarning yashagan hududlari va qoraqalpoq davlatchiligi tarixi. Edigey. qoraqalpoqlarning turmushi va xo’jaligi. Xiva xonligining qoraqalpoqlar hududlariga hujumi va ularni buysundirishga bo’lgan harakatlari. qoraqalpoqlar madaniyati.
Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida saka tigraxauda (cho’qqi kigiz qalpoqli) qabilalari yashab o’tganligi haqida ma’lumot beriladi. VI-VIII asrlarda Orol dengizi atroflarida bijanak va o’g’uz etnik guruhlari shakllandi. Ana shu bijanaklar qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati deb atalgan.1221 yilda CHingizxon qo’shinlari Urganchni egallab, Amudaryo to’g’onini buzib tashladi. Endi Amudaryo Kerder viloyati tomon emas, g’arb tarafga oqa boshlagan: ekin yerlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir bo’lagi Volga va YOyiq daryolari bo’ylariga, Qora dengiz qirg’oqlari, Sirdaryo yoqalari sari kuchayib ketganlar.XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar «cherniye klobuki», sharq manbalarida «qora bo’rkli» tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar Volga va YOyiq daryolari oralig’ida tashkil topgan No’g’oy (Mang’it) xonligi tarkibida bo’lganlar. No’g’oy xoni Idigu (Edigey) 1419 yilda o’ldirilgach, taxt talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi.Bu harakat oldidan Oydo’stbiy xondan yordam so’ragan. Xiva xoni yordamida Oydo’stbiy Oqyoqish bo’yida (Hozirda Taxtako’prik tumanida) ulkan qo’rg’on qurdirgan.Qo’zg’olon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yig’ish uchun Gadoyniyoz mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshlig’i Bekpo’latbiydan qo’zg’olon tayyorlanayotgani to’g’risida eshitadi. SHundan keyin mahram qo’ng’irot qabilasi boshlig’i CHo’nqorabiyning o’g’li Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyida qolib, odamlarini Xivaga jo’natadi. 1827 yil 25 iyul kuni xon Oydo’stbiy boshchiligidagi tayyorlanayotgan qo’zg’olon haqida eshitadi. Xon Oydo’stbiy qo’zg’olonchilarini yo’qotish uchun mahsus qo’shin to’plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo’mondon tayinlaydi va Xo’jayli shahriga jo’natadi. SHahar atrofida askarlar o’rnashadi.Oydo’stbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni to’plab, Orol dengizi bo’yida Sori atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yig’ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo’natib, shunday buyruq beradi: «Hamma bola-chaqasi bilan qo’zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi». Natijada barcha qoraqalpoqlar to’planib qulay yerda xandak qazib, shoh-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to’sig’i qurishgan. 29 iyulda Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani 300 botirga bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi. O’shanda Qo’ng’irot hokimi Muhammad YA’kub Mushrif qo’rg’on mudofaasini uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydo’stbiy askarlarining bir qanchasi nobud bo’lgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To’ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar-da, yengilganlar.
Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Hususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov o’zining « Darbadar el» nomli dostonini yaratgan edi.Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim o’g’li (1799-1830 yy) edi.Uning butun umri Muhtojlikda o’tgan. SHoirning «O’roqchilar», «Oq qamish», «CHo’ponlar» kabi she’rlari diqqatga sazovordir.
Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq halqining atoqli shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning « Bo’zatov» dostonida qorqalpoq halqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta mahorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi. SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari «Qiz Mengash bilan aytishuv» asari edi.Qoraqalpoq halqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashhurdir.Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida halq orasida tanildi. Uning she’rlarida halqning hayotida aks ettirilgan.Berdaq tarixiy mavzularida ham qalam tebratgan. Uning «Avlodlar», «Omongeldi», «Oydosbiy», «Ernazarbiy» kabi asarlarida halq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi.
Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo¬g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqal¬poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qi pchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga-Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan. XVII asrning boshlarida no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tor¬mor etiladi. No’g’aylar Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar. Ularning Olti ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lganlar. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar. Buning natijasi 1714¬-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqirt ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladilar. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo’linib ketdilar, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi-Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdilar. Shu tariqa qoraqalpaqlar shartli ravishda "yuqori qoraqalpoqlar", "quyi qoraqalpoqlar"ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga ham o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar. Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlar o’rnatishga harakat qilgan. Bunday yaqinlashishga bir qator omillar sabab bo’lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung’or¬larning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo’ldi. 1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini jo’natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o’z elchisi M. Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo’natadi. Muzokaralar natijasida ham Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz xonligiga yasoq to’lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi-ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og’ir yillarda Amu va Sirdaryo oralig’idagi bo’sh yotgan yerlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo’ylariga ko’chib kelib yashardilar. Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi. Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o’ta mashaqqatli mehnati evaziga o’zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga-bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho berganlar. Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo’yi o’zbeklari (qo’ng’i¬rotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan. Orollik o’zbeklar Xiva xonligi markaziy hokimiyati bilan muxolifatda edilar. Markaziy hokimiyat qoraqalpoqlarni bo’ysundirmasdan turib orollik o’zbeklarni itoat ettira olmasligini yaxshi tushungan. Bun¬gacha ham Xiva xonligi Orolbo’yi o’zbeklari bilan qo’shni yasha¬yotgan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga bir necha bor uringan edi. Chunonchi, 1715-yilda Sherg’ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o’z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar. Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabila¬lari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o’ta boshlaganlar. Bunga-qabila biylarining o’z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo’l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo’lgan edi. 1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysundirildi. 1810-1811-¬yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, qoraqalpoqlarning Xorazm vohasidagi bo’sh yerlarga o’rnashish jarayoni ham nihoyasiga yetdi. ijtimoiy hayotida urug’¬chilik, qabilachilik munosabatlari, aholi¬ning tabaqalarga bo’linishi ancha kuchli edi. Har bir urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo’jalarning o’rni ham katta edi. Ovul boshlang’ich ma’muriy bo’g’in bo’lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan. Biylik lavozimiga ilgarilari urug’ yig’inlarida saylangan bo’lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo’ysungan. Amudaryoning so’l tomonidagi Qo’ng’irot, o’ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylanadi. Aholi orasida mulkiy tabaqalanish ham kuchayib bordi. Yerga jamoa bo’lib egalik qilish asta-sekin barham topib, katta yer egalari tabaqasi vujudga keldi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo’y-echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllanadi. Juda ko’p baliq ovla¬nadigan suv havzalari ham alohida kishilar tomonidan egallanib bordi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz kambag’allar soni ko’payib bordi. Ular boylardan yerni ijaraga olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo’ldilar. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. "Qirq qiz" dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Orol bo’ylarida, Sirdaryo va Amudaryo orali-g’idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Bug’doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo’l hosil olganlar. Yangi (Jana) daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug’orish inshootlari xo’jalikda dehqonchilik tarmog’ining yetakchi o’rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko’l, Kegayli, XIX asr o’rtalarida Chimboy, Qo’ng’irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o’roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o’rin tutgan. Poda-poda qoramol, qo’y, echki, ot, tuyalar boqilgan. Chorvadorlar ho’kiz va tuya qo’shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero’t yaylovlarga ko’chib yurganlar. Qishlov uchun pichan, xashak tayyorlangan. Ayniqsa, qamishzorlar chorva mollari uchun to’yimli ozuqa bo’lib xizmat qilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik ham rivojlangan. Orol bo’ylari, daryolarning havzalari baliqchilikning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratgan. Baliqchilik, ovchilik aholi uchun qo’shimcha tirikchilik manbayi hisoblanardi. Qoraqalpoqlar hayotida temirchilik, durad¬gorlik, kigiz bosuvchilik, to’quvchilik, bo’¬yoqchilik, kulolchilik, zargarlik kabi hunar¬mandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Hunarmandlar uy-ro’zg’or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog’ochdan o’tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va tom qismini o’rab, turar joylar yasaganlar. Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan. Yog’ochdan omoch, mola, arava, kema va qayiqlar yasaganlar. Asosiy transport vositasi bo’lgan otlar uchun yugan, egar-jabduq buyumlari tayyorlangan. Jun va terini qayta ishlab, turli xil kiyim va boshqa buyumlar tayyorlangan. Qoraqalpoqlar amaliy san’atida o’tovlar uchun o’ymakor eshiklar, kashtachilik, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan. Savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Shaharlarda do’konlar, karvonsaroylar qurildi. Dehqon va chorvadorlar shaharlarda g’alla, chorva mollari, baliq sotardi. Hunarmandlardan uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim, gilam, zargarlik buyumlari sotib olinardi. Xo’jayli, Qo’ng’irot, Mang’it, Chimboy shaharlari yirik savdo markazlariga aylanadi. Bozorlarda qoraqalpoq savdo ahli Sharq va G’arb mamlakatlari savdogarlari bilan muloqotda bo’lardilar. Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlar tayyorlagan tuzlangan baliq mahsulotlari xaridorgir edi. Dehqonlardan salg’ut (yer) solig’i, chorvadorlardan zakot solig’i, aholidan ruhoniylar uchun usur solig’i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig’i butun qabila yoki urug’ga bir yo’la solinardi. Oqibatda soliqning ko’p qismi kambag’allar bo’yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go’yo o’z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo’shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan "qozon" (xo’jalik) solig’i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi. Soliqlardan tashqari kambag’allar kanal va ariqlar qazish, sug’orish inshootlarini tozalash va boshqa ishlarga majburiy safaibar etilardi. 1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonga qoraqalpoqlar biyi Oydo’stbiy boshchilik qiladi. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo’stbiy boshliq qo’zg’olonchilarni bartaraf etish uchun maxsus qo’shin to’plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo’mondon etib tayinlaydi va Xo’jayli shahriga jo’natadi. Askarlar shahar atrofiga kelib o’rnashadilar.
Oydo’stbiy qoraqalpoq biylarini to’plab, Orol dengizi bo’yida maslahat uyushtiradi. Yig’ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo’natilib, shunday buyruq beriladi: "Hamma bola-chaqasi bilan qo’zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa-u dushman hisoblanadi". Qoraqalpoqlar yig’ilib, qulay yerda xandaq qazib, shox-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to’sig’i qurishgan. 29-iyulda Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani 300 botirga bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi. Qo’ng’irot hokimi Muhammad Yaqub mushrif qo’rg’on mudofaa¬sini uyushtiradi. Urush peshingacha davom etgan. Oydo’stbiy askarlarining bir qanchasi urushda nobud bo’lgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To’ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar ham yengiladilar. Oydo’stbiy Qo’ng’irotda odamlarining yengilganini eshitib, o’ziga yaqin odamlari bilan Sori o’tovni tashlab ketishga majbur bo’ladi va Qo’qon tarafga qarab yo’l oladi. Muhammad Nazar inoq undan xabar topib, Oydo’stbiyning odamlari ketidan sara qo’shin jo’natadi. Qo’shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeyida Oydo’stbiyning odamlarini qurshab oladilar. Xon askarlari hujumga o’tib, qo’zg’olonchilarni tor-mor qilib, Oydo’stbiyning boshini olib, Xiva xoni huzuriga keltirganlar. Bu ishda faol ishtirok etganlar xon tomonidan taqdirlanganlar. Xiva tarixchisi va shoiri Munis Oydo’stbiy o’limiga bag’ishlab marsiya yozgan. XIX asrning 50-yillarida Qo’ng’irotda ikki marta qo’zg’olon ko’tarildi. Qo’zg’olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi nafrati kuchayib bordi


Download 31,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish