XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning iqtisodiy ahvol
Qoraqalpoqlar dehqonchilik qilgan mintaqa asosan Sirdaryoning quyi oqimlarida bo’lib, uning eng quyi qismi hamda Quvondaryo va Janadaryo vohalari bo’lgan. Qoraqalpoqlar bug’doy ham yetishtirganlar ular bug’doy mahsuloti bilan nafaqat o’z ehtiyojlarini qondirganlar, balki sotish uchun ham tayyorlanganlar, birinchi navbatda ular bug’doyni qozoqlar bilan mol (chorva) ga ham almashtirganlar qozoq xonlariga to’lov (soliq)ini bug’doy bilan ham qoplaganlar. Ular xo’jaligida bog’dorchilik ham ma’lum o’ringa ega bo’lgan. Qoraqalpoq xalqi uchun qozoqlar bilan amalga oshiriladigan natural savdo ham muhim rol o’ynagan. Qoraqalpoqlar qozoqlarning Buxoro bilan savdosida vositachilik rolini o’ynaganlar, ular Orolbo’yi o’zbeklari bilan ham katta savdo qilganlar. Ular Buxoro va Xivaga o’zlarining chorva mollari va ovchilik mahsulotlarini sotganlar. Qoraqalpoq savdogarlari Rossiya shaharlarigacha ham borganlar.XVIII asrning I choragida savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qoraqalpoqlarning Buxoro va Xiva bilan aloqalari kuchaydi, boshqirdlar bilan yaqin aloqada bo’lganliklari ularni Rossiyaga yaqinlashtiradi. Rossiya imperiyasi ham qoraqalpoqlar bilan aloqa ham qoraqalpoqlar bilan aloqa o’rnatishdan manfaatdor edi. Rossiyadan chiqqan savdo karvonlari O’rta Osiyoga qoraqalpoqlar yurtidan o’tar edi. Rossiyaning hukmdor doiralari uchun savdo karvonlarining xavfsizligi darkor (zarur) edi. Rossiya savdogarlari, shuningdek qozoq Dashti va Sirdaryo orti rayonlaridan ham o’tar edi. Qoraqalpoqlar Xiva xoni tobeligiga o’tgach u natural majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, natura shaklidagi majburiyat qoraqalpoqlar egallagan maydonga qarab belgilangan, qoraqolpoqlar bu erlarni o’zlashtirganlarmi yoki yo’qmi, ub bilan xonning ishi bo’lmagan, soliqning boshqa bir shakli, “solg’ut kesma” deb atalib, doimiy 20 ming tillo hajmida bo’lib, bu soliq 20 ming xonadon (qora uy) hisobidan undirilgan. Ana shunday og’ir yuk mehnatkashlar gardanida bo’lgan. Mehnatkash xalq yelkasidagi eng og’ir majburiyatlardan biri, xonning ikki ming kishilik qo’shinini boqish edi, zarur bo’lganda qoraqalpoqlar ikki ming kishilik armiya tuzib berishlari kerak bo’lgan. Bundan tashqari xalq butun sug’orish tizimini vaqt-vaqti bilan tozalab turishlari kerak, bunga mehnatkash (ishchi)larni topish va boshqa hamma xarajatlar kiradiQoraqalpoqlarda yashashning qo’shimcha manbalaridan biri ovchilik bo’lib, kuz va qish kunlarida, mehnat kamaygan paytlarda bu qizqarli ish bilan shug’ullnganlar. Ularda hunarmandchilik ham o’ziga xos bo’lgan, temirchilik, yog’ochkorlikning va zargarlik ishlari ham bo’lgan, hunarmandlar asoan ichki ehtiyojni qondirish maqsadida, ichki bozor uchun turmush jihoz va asboblari, kiyimbosh ishlab chiqarganlar. Temirchilar ketmon, belkurak, bolta, o’roq baliqchilik qarmoqlar, qaychi, mol qaychi (qilliq) , zangi (o’zangi), taqa, mis (arava uchun, gumix), qonqan, mis qozon va boshqa asbob-anjomlar va uy-ro’zg’or jihozlarini yasaganlar.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy ahvoli ogʻir boʻlgan. Ular chorvachilik dehqonchilik va baliqchilik hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Ular savdo sotiq ham qilgan chetga tuzlangan baliq hunarmandchilik buyumlarini chiqargan. Xiva xonligiga tobe boʻlib qolgandan soʻng juda og‘ir soliq va majburiyatlarni bajarishga majbur boʻladi.Xiva xoni yurishlarida askar yetkazib berish majburiyati ham boʻlgan.Eng ogʻir majburiyatlardan biri kanal va ariqlarni tozalash boʻlgan
Do'stlaringiz bilan baham: |