Fotokalorimetrik gaz analizatorlari
Bu gaz analizatorlarida erigan moddaning konsentrasiyasi eritma yoki
lentaning jadal bo‘yalishiga qarab aniqlanadi. Suyuqlikli va lentali fotokalorimetrik
gaz analizatorlari gazlarning mikrokonsentrasiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu
gazlar (H2S, SO2, NH3, Cl2, NO, NO2) maxsus tanlangan reaktivlar bilan rangli
reaksiyaga kirishadi. Bu asboblarning fizikaviy asosi Buger — Lambert — Ber
qonunidir. Bo‘yalgan komponentlar (yoki reaksiyaga kirgan gaz massasi) ning
konsentrasiyasi quyidagi ifoda buyicha aniqlanadi:
bu erda Dλ — optik zichlik: ελ — yutilish koeffisienti; 1λ —kyuvetning
uzunligi. Fotokalorimetrik tahlil qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka ega. Bu usul sezgirligining yuqoriligi tahlil qilinadigan komponentni eritmada yoki
indikator lentasida yig‘ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning
tanlovchanligi yuqoriligiga tahlil qilinayotgan komponent bilan reaktiv-indikator
o‘rtasidagi reaksiya sabab bo‘ladi. 6.10-rasmda eritma yoki gaz davriy
ravishda uzatiladigan FKG turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorining
sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda ikki optik kanal: ish va taqqoslash kanallari bo‘lib, ularning ichida ish kyuveti 4 va taqqoslash kyuveti 12 joylashtirilgan.
Absorbsiyalovchi eritma bak 15 dan nasos yordamida taqqoslash kyuveti orqali
dozator 6 ga haydaladi. Dozatorda to‘kish naychasi 7 bor bo‘lib, u orqali ortiqcha
eritma bakka qaytib qo‘yiladi. Buyruq beruvchi rele belgilaydigan teng vaqt
oraliklarida elektromagnit klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 4 dagi ishlab bo‘lgan
eritmani bakka chiqarib yuboradi, bu erda eritma regenerasiyalanadi. Kyuvetlar
bo‘shatilganidan keyin klapanlar 5 va 8 ishga tushib, dozator ular yordamida eritma beruvchi quvurchadan uziladi va ayni bir vaqtda kyuvet 4 bilan birlashib, unga eritmaning o‘lchangan hajmini quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni yangi eritma bilan to‘ldirish uchun dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da eritmaning yangi berilgan porsiyasi orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan keyin rangli reaksiya sodir bo‘ladi. Ma’lum vaqt tutib turilganidan keyin buyruq relesi klapan 3 ni ochadi va navbatdagi sikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali yoritish lampasi 2 dan linza 1 orqali yorug‘lik oqimi o‘tadi. Kyuvetlarning orqasida fotoelementlar 9 va 14 joylashgan bo‘lib, ular kyuvetlardagi eritmalardan o‘tgan yorug‘lik oqimlarini qabul qiladi. Fotoelementlar elektron kuchaytirgich 10 ning chiqishiga differensial tarzda ulangan bo‘lib, u ikki fotoelementning signallari farqini kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel 11 ning boshqaruvchi chulg‘amiga keladi, dvigatel kompensasiyalovchi optik pona 13 ni kyuvet 12 ning optik kanalida har ikki fotoelement bir xildigi yoritilganlikka ega bo‘lganiga qadar kerakli yo‘nalishda siljitadi. Optik ponaning surilish kattaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan asbob ko‘rsatkichining surilish kattaligi tekshirilayotgan gazdagi aniqlanadigan component konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘ladi. Ishlab chiqarish xonalari havosidagi xlor qoldiqlarini o‘lchash diapazonidan ±20% xatolik bilan aniqlashga imkon beradigan gaz analizatorlaridan sanoat FKGZM turidagi fotokalorimetrik analizatorlarni chiqaradi. Asbobsozlik sanoati FSL turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlarini chiqaradi. Uning ishlashi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘lgan lentadagi dog‘dan qaytgan yorug‘lik oqimini etalon yorug‘lik oqimi bilan taqqoslashga asoslangan. FSL turidagi lentali gaz analizatorlarining boshqa rusumlari ishlab chiqarish xonalari va texnologik liniya havosidagi fosgen, vodorod sulfid, sianid kislotani aniqlash uchun chiqariladi. Ishlab chiqarish xonalarining havosidagi ammiak miqdorini 0—3•10-3 va 0—3• 10-2% chegarasida aniqlash uchun FSL1, 107 turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlari chiqariladi.
Lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari uchun ish eritmasi sarfining juda
kamligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori sezgirlikka erishish osonligi xarakterlidir, chunki gazlarning reaksiyaga kiruvchi miqdori bilan erigan miqdorining nisbati juda katta bo‘lishi mumkin. Biroq lentaning sirti bir jinsli bo‘lmaganligi va boshqa bir qancha omillar ta’siri tufayli lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlarining xatoligi suyuqlikli fotokalorimetrik gaz analizatorining xatoligidan yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |